Salbiy tomonlari Ijobiy tomonlari


Download 108.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.01.2023
Hajmi108.24 Kb.
#1083174


Ikkinchi jahon urushidan keyingi O'zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy hayotidagi ziddiyatlar 
 
Salbiy tomonlari
 
Ijobiy tomonlari
 
O‘zbekiston urushdan keyingi yillarda o‘z xalqining 
arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz 
ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib 
bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir 
tomonlama, Markaz manfaatiga bo‘ysundirilgan 
Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga 
yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani 
bajarishda o‘zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli 
va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi. 
Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida 
chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 
yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, 
xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. 
so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish 
ishlari jumhuriyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi 
paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Elektr quvvati 
ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik 
va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 
000 kv. soat kuchga ega bo‘lgan Farhod suv elektr 
stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda 
uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan 
bo‘ldi. Qisqa davr oralig‘ida, 20-30 yillardagi “sotsializm 
qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon urush davri 
qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan 
O‘zbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo‘lida 
ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat 
mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu 
urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. 
Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 47,7 foizni tashkil 
qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 
elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari 
ishga tushirildi. O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti 
rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, 
aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol 
hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni 
o‘lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga 
qaratildi. Sanoat, xalq xo‘jaligining deyarli barcha 
tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi. 
Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O‘zbekistonda 
paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari 
to‘g‘risidagi qarori O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini 
kuchaytirish uchun asos bo‘ldi. Iqtisodiyotni tiklash 
ishlari qishloq xo‘jaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik 
bilan o‘tdi. O‘zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish 
to‘g‘risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul 
qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga 
oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni 
bermadi. 
Urushda hech qachon yutish bo’lmaydi biroq kuchli tomon 
qo’li ustun keladi. Bu ustunlikni isbotlash uchun kuchli tomon 
balkim kuchsiz tomonga nisbatan ko’roq yo’qotish qilgan 
bo’lishi ham mumkin. Shundan fikr qiladigan bo’lsak 
O’zbekistonning xalqi ham urush davrida o’ta achinarli davrni 
yani yaqinlarini yo’qotish, ochlik, zo’rovonlik, adolatsizlik va 
shu kabi kechilmalarni boshdan kechirgan. 
Urushdan keyin aytishga arzigulik hech qanday ijobiy 
o’zgarish bo’lmagan. Faqatgina xalqimiz o’zlari kutganidan 
ortiq azob-uqubatlar qurboni bo’ldi xolos. 
 

Download 108.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling