Salomatlikning eng oddiy haqiqatlari
Download 30.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqDorivor oʻsimliklar
Salomatlikning eng oddiy haqiqatlariSalomatlikni asrash, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish sog‘lom va baxtli hayot kafolatidir.Shunday ekan, sog‘lig‘imizni asrab-avaylash, sog‘lom turmush tarziga, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilish shart va lozim. Bu esa har bir insonning o‘z qo‘lida. Turli kasalliklarga chalinmaslik, ularning oldini olish, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi borasida “DAMRUS VITA” salomatlik markazi valeologi, O‘zbekiston valeologlar assotsiatsiyasi a’zosi, saplimentolog, nutritsiolog Charos SAIDOVA bilan suhbatlashdik. – Avvalo, valeologiya haqida ma’lumot bersangiz. Bu tushuncha zamirida qanday ma’no-mazmun, maqsad mujassam? – Aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida O‘zbekiston tibbiyoti sohasiga “Valeologiya” fani kirib keldi. Ushbu fan sog‘lom insonning sog‘lig‘ini o‘rganuvchi, “Salomatlik to‘g‘risida”gi fan hisoblanadi. Uning 3 ta yo‘nalishi mavjud: organizm rezervi (zaxirasi), individual (alohida) holati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish. Shuningdek, insonning yashash tarzi va hayoti jarayonida shakllanishi 4 ta bosqichdan iborat bo‘lib, ular to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakat, ruhiy hamda reproduktiv holat. Valeologiya fani sog‘lom yoki kasaloldi holatdagi insonlar holatini o‘rganib, “Sog‘lomlashtirish rejasi”ni olib boradi. Ya’ni, maslahatlar, tavsiyalar berib, inson salomatligining ko‘rsatkichlarini baholaydi va “Individual – personal karta”larida qayd qilib boradi. Umuman, biz, valeologlar sog‘lom turmush tarzi tarafdori sifatida odamlarning salomatligini asrash, turli xastaliklarning oldini olish choralarini ko‘rishga harakat qilamiz. – To‘g‘ri ovqatlanish salomatlikning garovi ekanligini yaxshi bilamiz. Ammo har doim ham bunga amal qilavermaymiz. To‘g‘ri ovqatlanish tartiblari haqida to‘xtalib o‘tsangiz. – To‘g‘ri ovqatlanishning valeologiya fani nuqtai nazaridan 5 ta “oltin qoida”si mavjud. Bular 1) ovqatlar xilma-xilligi; 2) har xil ko‘katlar, meva-sabzavotlardan bir kunda 700 gramm iste’mol qilish; 3) kuniga 5 mahal ovqatlanish; 4) ertalabki nonushta kunlik ratsionning 20-30 foizini tashkil qilishi; 5) choyni ovqatlangandan yarim soat o‘tib ichish, har xil salqin ichimliklarni, fast-futlarni ko‘p iste’mol qilmaslik. Bundan tashqari, inson uzoq umr kechirib, sog‘lom yashashi uchun salomatlik konsepsiyasining 5 oltin qoidasini bilishi kerak. Bunday yashash juda oddiy: ruhiyatni nazorat qilish, to‘g‘ri suv ichish, tanamizdan keraksiz axlatlarni chiqarib tashlab, kerakli ozuqani yetkazib berish, kunlik harakat balansini ushlab turishdan iborat. Keling, ushbu qoidalarning har biriga alohida to‘xtalib o‘tsak. 1-oltin qoida – psixologiya. Ruhiyatimizni kanchalik idora etsak, muddatdan oldin kasallanayotgan, o‘layotgan hujayralarni saqlab qolamiz. Kasal bo‘lmaslik uchun stresslarga bardoshli bo‘la olishimiz, ruhiyatimizni nazorat qilishimiz kerak. Nuqtai nazarni ijobiy tomonga o‘zgartirish, qarashlarni, odatlarni o‘zgartirish lozim. Sog‘lig‘imiz uchun mas’uliyatni vrachlarga emas, avvalo, o‘zimizga olishimiz zarur. 2-oltin qoida – suv. Tongda uyg‘oniboq iliq haroratdagi 640 ml suv ichishga odatlanish lozim. Keyin kun davomida har ovqatdan 30 daqiqa oldin yana 1-2 stakan, ovqatlanganimizdan so‘ng esa 30-60 daqiqa o‘tib, yana 1-2 stakan suvni qultumlab ichamiz. 3-oltin qoida hujayraviy ozuqa, makro va mikroelementlar iste’mol qilish, tartibli, sog‘lom, 5 mahal to‘g‘ri ratsional ovqatlanish lozim. Bunda 3 mahal asosiy ovqat, 2 mahal perekus, ya’ni tushlikka qadar soat 11 larda va tushdan so‘ng soat 17 da salat, meva va sabzavotlardan iborat yengil tamaddi qilish maqsadga muvofiq. 4-oltin qoida – harakat. Organizmimizda kechayotgan hujayralar almashinuvi jarayoni sifatli bo‘lishi, sog‘lom hujayralar tug‘ilishi uchun biz har kuni 10 000 qadam yurishimiz, harakat qilishimiz juda muhim. Nihoyat, 5-oltin qoida – ekologiya, ichki organizm tozaligi. Filtr organlar, qon tomirlari va limfa tizimi tozaligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Organizmni aynan parazitlar, bakteriya, viruslar, shlaklardan yilida maqsadli, sistemali va ongli tarzda tozalov qilishimiz juda muhim. – Suv haqida aytib o‘tdingiz. Haqiqatan ham suv hayotimizda, salomatligimizda eng muhim o‘rinda turadi. Aytingchi, agar suv me’yorida, yetarlicha ichilmasa, bu sog‘lig‘imizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? – Tanamizdagi barcha moddalar almashinuvi suv ishtirokida o‘tadi. Suvning yetarlicha iste’mol qilinmasligi organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Suvsizlangan organizm esa organlarni zararli moddalardan to‘liq tozalay olmaydi, ular qonga kelib tushadi va bu so‘zsiz terining holatida o‘z aksini topadi. Teri rangpar, dag‘al tus olib, unda husnbuzarlar paydo bo‘ladi, son va dumba sohalarida esa sellyulit paydo bo‘lib, tovon va tirsaklar terisining qurishi kuzatiladi. Shuningdek, suv kam ichilsa, organizmda zaharli moddalar to‘planadi, tuz va tosh kasalliklarining kelib chiqish ehtimoli ko‘payadi. Moddalar almashinuvi susayadi va vazn oshadi. Yuqorida aytib o‘tilganlarning oldini olish uchun esa tozalangan va gazsiz suv ichish lozim. Tongni 640 ml. iliq suv bilan boshlab, kun davomida 2 litrdan kam ichmaslik kerak. Bunda kofe, choy, sharbat va boshqa ichimliklar suv o‘rnida hisoblanmaydi. Shu o‘rinda yana bir tavsiya: muzdek suv yoki muzdek ichimliklar bilan ovqat tanovul qilib bo‘lmaydi. Umuman, suv organizmdagi barcha jarayonlar va hamma hujayra, to‘qima va a’zolarning asosini tashkil qiladi. Suv organizmimizdagi barcha funksiyalarda tana haroratini boshqaradi, undagi chiqindi va shlaklarni bartaraf etadi. Hujayralarga ozuqaviy moddalar va kislorod yetkazib beradi. Teri va boshqa to‘qimalarga tabiiy namlikni yetkazadi, mushaklar mustahkamligi va suyaklarning elastikligini boshqaradi, hazm qilishni yaxshilaydi. – Ba’zi insonlar tabiatan suvni ko‘p ichadigan, ayrimlar esa kam iste’mol qiladigan bo‘ladi. Hatto chanqaganini ham sezishmaydi. Aslida suv iste’molida me’yorni tana vaznidan kelib chiqqan holda tanlash kerakmi? – Suvni tana vazniga qarab 30 ml.ga ko‘paytiramiz. Masalan, 70 kg. vazn uchun 2 litr 100 milligram suv me’yor hisoblanadi. Suv iliq bo‘lishi juda muhim. Agar suvni faqat chanqaganda ichish kerak deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Chanqoq holatini kutsangiz, organizmni suvsizlantirayotgan bo‘lasiz va yarim yoki bir litr suv yo‘qotasiz. Shuning uchun chanqoqni kutmay, ho‘plab-ho‘plab suv ichish zarur. – Suv kam iste’mol qilinayotgan bo‘lsa, bu qanday belgilarda namoyon bo‘ladi? – Suv kam iste’mol qilinsa, albatta, tana o‘z belgilarini ko‘rsata boshlaydi. Masalan, quruq lablar, ko‘ngil aynishi, siydikning rangi o‘zgarishi, kam siyish, ich qotishi, nafas olishning qiyinlashuvi kabilar tana suvsizlanayotganidan darak beradi. Shuning uchun muntazam suv ichib turish tavsiya etiladi. Agar sizni bosh og‘rig‘i tez-tez bezovta qilib tursa, 1 stakan suv doridan yaxshiroq yordam beradi. Organizmni suv ichishga o‘rgatib olsangiz, bunday og‘riqlarning oldini olasiz. Iliq suv qon aylanishini yaxshilaydi, shuning uchun sport bilan shug‘ullanishdan oldin ham suv ichish tavsiya etiladi. Iliq suv muntazam ichib turilganda terining holati yaxshilanadi. Bu esa yaqin vaqt ichida yuzdagi husnbuzarlarning yo‘qolishiga olib keladi. Suv miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, stressni kamaytiradi, xotirani mustahkamlaydi. Ertalabdan suv ichishga odatlangan inson bir hafta o‘tib, o‘zida yaxshigina o‘zgarish sezadi. Bir so‘z bilan aytganda, suv umrni uzaytiradi, xotirani mustahkamlaydi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, kayfiyatni nazorat qiladi, buyraklar faoliyatini yaxshilaydi. – Yuqorida suvdan boshqa suyuqliklar suv o‘rnini bosmasligini ta’kidladingiz. Ayrim insonlar suv o‘rnida ham choy yoki qaynatilgan suv ichishadi. Umuman, salomatligimiz uchun qanday suv ichgan foydali? – Salomatlikda, sog‘lom turmush tarzida ichayotgan suvimizning holati ham juda muhim. Ya’ni, albatta, qaynamagan, gazlanmagan, ranglanmagan, minerallashgan, strukturali, tirik suv ichish lozim. Qaynatilgan suv xavfsiz, ammo qaynatish suvni zararlantiradi. Quvurdan keladigan (vodoprovod) suvida xlor ko‘p bo‘ladi. Hozirda bunday suvni ichish yaroqsiz hisoblanadi. Uni qaynatganda esa suvdagi xlor xavfli bo‘lgan xloroformga aylanadi. Yaxshiyamki, baxtimizga xloroform oz miqdorda... Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, doimiy ravishda qaynatilgan suv iste’mol qilish salomatlik yomonlashuviga olib keladi. Chunki suv qaynaganda undagi hamma foydali minerallar o‘ladi va u o‘lik suvga aylanadi. Bizning hujayralarimizga esa faqat tirik suv kerak! Dorivor oʻsimliklar Download 30.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling