Salomova Shaxzoda Asqar qizi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filali 1-kurs talabasi Annotatsiya


-yilda respublikamizda yrtishtirilgan mahsulotlar ko’rsatgichi


Download 42.14 Kb.
bet2/3
Sana02.05.2023
Hajmi42.14 Kb.
#1421260
1   2   3
Bog'liq
Salomova Shaxzoda Asqar qizi

2021-yilda respublikamizda yrtishtirilgan mahsulotlar ko’rsatgichi



O‘zbekiston hukumati tadbirkorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri $130 mln ajratadi

Yil boshidan oziq-ovqat sanoatida pasayish kuzatilayotgan bir paytda O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun 6,2 trln so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Birinchi marta tadbirkorlar 130 mln dollarni banklar vositachiligisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi, dedi president O‘zbekistonda 2023 yilda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun yangicha mexanizm asosida 6,2 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.


Xususan, bog‘dorchilik subyektlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi hisobidan 700 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Aholiga ajratilgan yer maydonlariga ko‘chat, urug‘lik, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun 500 mlrd so‘m ajratiladi.
«Qishloq xo‘jaligi vazirligi ixtiyoridagi 130 mln dollar mablag‘ birinchi marta banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Ya’ni bunda bank ustamasi bo‘lmaydi va tadbirkorga bozorga qaraganda ancha kredit olish imkoniyati yaratiladi», — dedi davlat rahbari. Ushbu mablag‘lar so‘mda 10 yilgacha muddatga beriladi. «Oldin biz bermagan edik», — deya ta’kidladi u.
Shu bilan birga, intensiv bog‘, tokzorlar, logistika obyektlarini tayyor holatda quribb, tadbirkorlarga lizing asosida berish tizimi ham yaratiladi.Tadbirkorlar 20 foizni oldindan to‘laydi va qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi.
Bunda tadbirkorlar o‘z loyihalarini vazirlik shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi moliyalashtiradi.
2022 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish fizik hajmda 6,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 1,8 foizga pasayish kuzatildi (yanvar oyida ob-havoning anomal sovuqligi hamda elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar fonida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 8 foizga pasayish kuzatildi).

Xulosa qilib aytganda, so’nggi yillarda oziq-ovqat sanoatini rivojlanirishga ijobiy ta‘sir etgan omillar quyidagilardir:


– sifat menejmentining xalqaro andozalari asosida jahon oziq -ovqat
mahsulotlari bozorida milliy bozor ulushini oshirish;
– zamonaviy agrotexnologiyalarni jalb qilish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish borasida xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlik qilishni rivojlantirish;
– meva-sabzavot ekinlari va uzum hosildorligini oshirish, infratuzilma va logistika tizimlarini takomillashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yuqori texnologiyali uskunalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirishga oid zarur qo’shimcha choralar ko’rish va boshqalar.
O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi hamda nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqildi.
1. O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi barqarorligini ta‘minlash uchun, birinchi navbatda, agrar sohada samarali va oqilona islohotlar davomiyligi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va doimiy uning nazorati ostida bo‘lishi lozim. Bu sohadagi islohotlar oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan g‘allachilikda olib borilishi undan yuqori hosil olinishini ta‘minlaydi va aholida iste‘mol uchun qolayotgan don hajmini yildan -yilga ko‘payishiga olib keladi.
2. Kam ta‘minlangan va past daromadli aholi qatlamlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlashning quyidagi mexanizmlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir:
- qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va dotasiyalar ajratish (mavjud daromadlariga qo‘shimcha sifatida); Kichik biznesning rivojlanishini qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish, aholi bandligiga va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga ko‘maklashish; iste‘mol talabini oshirishni rag‘batlantirish;
- imtiyozli narxlarda oziq-ovqat mahsulotlarini markazlashgan holda taqsimlash;
- qishloqlarda mustahkam baza, infratuzilma va kommunikasiyalarni yaratish;
O’zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini, chunonchi, qishloq xo’jaligini tubdan isloh etish va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hisobidan ta‘minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni quyidagi yo’nalishlarda izchil davom ettirish maqsadga muvofiqdir:
– oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozori talablari darajasida tayyorlash uchun korxonalarga zamonaviy texnologiyalar, sifatni boshqarishning yangi standartlarni joriy etish;
– savdo logistika markazlari tashkil etish;
– yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, idishlar, qadoqlash materiallari ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar tashkil etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini vakuum usulida halqaro talablar darajasidagi shisha
idishlarda qadoqlash usulini kengaytirish va boshqalar.
Bu, o’z navbatida, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning uzviy qismi sifatida oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega agrosanoat kompleksini jadal rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish va shu tariqa mamlakatimiz farovonligi hamda barqarorligining kafolati bo’lib xizmat qiladi


Download 42.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling