Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 1
ISSN 2181-1784
247
w
www.oriens.uz
2021
February
qamrovli foydalanib, ularga bo'lgan ehtiyoj ham yildan yilga ortib bormoqda.
Bunday iqtidodiy o'sishda qayta tiklanmaydigan tabiiy resurlarning yo'qolib
ketish
havf hatari kun sayin ortib, insoniyat katta va hal etib bolmas ekologik muommolarga
duch kelish ehtimoli judayam kuchaydi. Ehtimoliy tabiiy resurs taqchilligining oldini
olish va salbiy holatlarni yumshatish uchun soliqlardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Tabiiy resurs soliqlarini yanada takomillashtirish orqali xo'jalik
yurituvchi subektlarni tabiiy resurslardan tejamkorona va samarali foydalanishga
undash mumkin bo'ladi. Ko'plab rivojlangan davlatlar
soliqlardan atrof muhitni
himoyalash va qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan samarali foydalanishga
erishishmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
O'rganilgan ko'plab ilmiy manbalarda tabiiy resurs soliqlarining mohiyatini
ochib berishda ularning xususiyatlari tadqiq etilgan.
Tabiiy resurs soliqlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega.
Ushbu
xususiyatlar tabiiy resurs soliqlarining har birida o’ziga xos tarzda mujassamlashgan.
T.Jo’rayevning qayd etishicha, “Soliqlarning boshqa turlaridan farqli o’laroq,
resurs soliqlari o’ziga xos xususiyatlarga ega: o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra
ular renta to’lovidir. Boshqacha aytganda, bu qayta tiklanmaydigan tabiiy, yer va suv
zaxiralaridan foydalanganlik uchun o’ziga xos to’lov bo’lib, u xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatining natijalari bilan bog’liq emas”
S.Bard va L.Pavlovalarning fikriga ko’ra, “Renta to’lovlarining
xususiyati
shundan iboratki, ularni joriy qilish tabiiy resurslardan daromad olishni ko’zlamasdan,
balki, tabiatdan foydalanuvchilar umumxalq mulki ob’ektlaridan oqilona
foydalanishlari zarur”
Ushbu ilmiy tadqiqotimizda chuqur ilmiy mushohada, statistik guruhlash, tizimli
yondashuv,
taqqoslash, ilmiy abstraksiyalash, ekspert baholash,
qiyosiy tahlil va
omilli tahlil usullaridan foydalangan holda, moliya tashkilotlarining rasmiy statistik
ma’lumotlari
tahlil etilib, yakuniy ilmiy-nazariy va amaliy xulosalar va takliflar
ishlab chiqildi.
MUHOKAMA
Tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashda mamlakat
soliq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ko’plab mamlakatlar tajribasi
o’zining muayyan ekologik samaradorligini ko’rsatayotganligini hisobga olgan holda,
tabiiy resurs soliqlari bajaradigan vazifalar borasida ham
turli fikrlar mavjudligini
e’tirof etish lozim. Xususan, tabiiy resurs soliqlari amal qilish jarayonida ikki
vazifani: