Samariddin Elmirzayev: Iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati juda muhim
Download 424 Kb.
|
Samariddin Elmirzayev .1.1 rejaga
Jahon iqtisodiyotidagi ilg‘or tajribalarga ko‘ra hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 20 tasi 2016 yildan keyin tashkil etildi. Bunda umumiy erkin iqtisodiy zonalardan tashqari alohida sohalar, jumladan turizm, farmatsevtika kabi muhim sohalarda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini alohida qayd etib o‘tish zarur. Faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari faoliyatini umumiy tartibga solish nuqtai nazaridan 2020 yil 17 fevralda O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. 2016 yil 26 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-4853-sonli farmoni asosida barcha erkin iqtisodiy zonalar maqomi, imtiyozlari tenglashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 3 maydagi PF-5032-son Farmoni bilan farmatsevtikaga ixtisoslashgan va sohani rivojlantirishga qaratilgan 7 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Umuman 2016 yildan buyon erkin iqtisodiy zonalar faoliyatiga doir 10 dan farmon va qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, tumanlarni ham kompleks iqtisodiy rivojlantirish maqsadida bugungi kunga qadar 348 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilib, o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Natijada erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Kichik sanoat zonalarida esa 5 trillion so‘mlik 1 ming 497 ta loyiha ishga tushirilib, 36 mingdan ziyod kishining bandligi ta’minlangan[4]. Respublikamizdagi har bir hudud o‘ziga xos turistik imkoniyatlarga ega va bu jihat xalqaro keng jamoatchilik tomonidan ham muntazam e’tirof etilib kelinmoqda. Mavjud yuqori turizm imkoniyatlari va undan har tomonlama samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli, «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-sonli, «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-sonli, “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 9 fevraldagi PF-6165-sonli “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 6 apreldagi PF–6199-sonli Farmonlari, shuningdek «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3509-sonli, «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son qarorlari qabul qilindi. 2016 yil 2 dekabr oyida turizm sohasini har tomonlama rivojlantirishga mas’ul O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Turizm industriyasi mehmonxona biznesini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikada turizm va sport sohalarini yanada rivojlantirish, aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, infratuzilmani yaxshilash, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash orqali turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligidan kelib chiqqan holda 2021 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tashkil etildi. 2016 yildanoq mamlakatimizda turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilandi. Qabul qilingan farmon va qarorlar asosida sohadagi imkoniyatlar kengaytirildi. “Fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 86 taga yetkazildi, 53 ta davlat uchun “elektron viza” tizimi joriy etildi”[5]. Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimiz turizm salohiyatidan samarali foydalanish, milliy madaniy merosni milliy va xalqaro jamoatchilikka keng targ‘ib qilish, ziyorat turizmi, ekologik turizm, gastronomik turizmni hamda ularning infratuzilmasini rivojlantirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2021 yilda hududlar miqyosida turizm infratuzilmasi dasturi uchun ajratilgan mablag‘lar quyidagicha (2-rasm). Download 424 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling