Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Volume 4
Samarkand branch of Tashkent State
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonning-sug-oriladigan-maydonlarida-g-uza-va-hamkor-ekin-o-stirish-istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan materiallar va usullar.
- Olingan natijalar va ularning ma’nosi.
Samarkand branch of Tashkent State
Agrarian University Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari 21 May 12-13 https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference O„zbekiston Respublikasining ma‟muriy chegarasidagi umumiy maydoni 2022 yil 1 yanvar holatiga ko„ra jami 44 million 892 ming 400 gektarni, sug„oriladigan yerlar esa 4 million 331 ming 700 gektarni tashkil qiladi. Shundan 1,1 million gektarga yaqin maydonda paxta ekinlari yetishtiriladi [1]. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda qishloq xo„jaligning ishlab chiqarishdagi ulushini oshirishda hamkor ekinlar yetishtirish tizimini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo„lib qolmoqda. Foydalanilgan materiallar va usullar. Bugungi kunda Respublikamizda 1,1 million gektarga yaqin maydonda paxta ekinlari yetishtirilayotganini inobatga olib g„o„za qator oralariga hamkor ekin sifatida paxta + loviya, paxta + no„xat, paxta + mosh, paxta + yasmiq, paxta + kungaboqar, paxta + piyoz kabi ekinlar yetishtirish qishloq xo„jaligida asosiy ekinlar hosildorligiga salbiy ta‟sir etmagan holda qo„shimcha mahsulot yetishtirish, dehqon va fermer xo„jaliklarida qo„shimcha daromad olish, tuproq sifatini yaxshilash (hamkor ekin sifatida dukkakli ekinlar yetishtirilganda), iqlimiy xavflarni kamaytiradi va hosil yetishmasligi ehtimoli, biologik xilma-xillikni oshiradi hamda mavjud resurslardan samarali foydalanishni ta‟minlaydi [3, 5]. Olingan natijalar va ularning ma’nosi. Hamkor ekin yetishtirish bir vaqtning o„zida kamida ikki yoki undan ko„p hosilni bir qismga qo„shish uchun keng imkoniyatlarni beradi. Mavjud yerlardan optimal foydalanish orqali yer birligidan unumdorlikni oshirishga qaratilgan yer resurslaridir. Ekinlarni tanlash, ekish geometriyasi va optimal sxemada va ekinlarning yaxshi rivojlanishida muhim ahamiyatga ega oraliq ekish tizimining muvaffaqiyatiga ta‟sir etuvchi omillardir. Paxta keng tarqalgan ekin bo„lib rivojlanishining erta bosqichda o„rtacha o„sish sur„atiga ega bo„lishi uchun mos keladi hamda oraliq ekinlarni ekish imkoniyatini beradi. Oldingi tadqiqotlar shuni ko„rsatdiki, paxta oraliq ekinlari tizimida resurslardan unumli foydalanish natijasida nafaqat maydon birligidan, qolaversa yuqori hosildorlikka ham erishish imkonini beradi. Ekinlarning rivojlanish fazalari bo„yicha tanlashda hamkor ekin yetishtirishni amalga oshirishda ekinlarni rivojlanish muddatlari asosiy omillardan biri bo„lib hisoblanadi. Aksariyat hollarda tavsiya etiladi hamkor ekin o„sishning har xil davriga ega bo„lishi kerak, aks holda bu komponentli ekinlar mavjud resurslar uchun o„zaro raqobatlashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling