Rossiya ijtimoiy ish xodimlari Axloq Kodeksi
I.Ijtimoiy ishchining ko’rinishi va xulq-atvori
1.1 Uslub
Ijtimoiy ish xodimi xulq-atvorining yuqori axloqiy standartlariga amal qilishi lozim. Ijtimoiy ishchi turli xil xiylalardan, birovni yanglishtirishdan, vijdonsizlik bilan qilingan harakatlardan mustasno bo’lib, kasb vakili sifatida bayonot va harakatlarni aniq farqlay olishi kerak.
1.2 Kompetentlik (chuqur bilimga egalik) va professional takomillashish.
Ijtimoiy ishchi o’z kasbiy amaliyotida va kasbiy vazifalarini bajarishida mutaxassis-ekspert bo’la olishi uchun bor kuchini qo’shishi kerak. U o’z ishini faqatgina o’zining bilimi doirasida olib borish huquqiga ega. Ijtimoiy xizmat xodimi individual tarzda olib borayotgan yoki bajarayotgan ishining sifati uchun personal javobgarlikni o’z bo’yniga olishi kerak.
1.3 Haqiqatguylik
Ijtimoiy ishchi o’zining harakatlarini professional haqiqatguylikning yuqori standartlari bilan o’lchashi kerak:
a) ijtimoiy ishchi o’z professional faoliyati yo’lida paydo bo’ladigan ta`sirlar va bosimlarga berilmasdan, professional vazifalarini odilona (xolis) bajarishi kerak;
b) ijtimoiy ishchi professional munosabatlarini shaxsiy maqsadi (manfaati) yo’lida qo’llashga haqqi yo’q;
1.4 Ta`lim va tadqiqot ishi
Ijtimoiy ish sohasida mutaxassis doimo kasbiy bilimlari va mahoratini mutassil oshirib borishga harakat qilib, ta`lim va tadqiqot ishi tizimiga qo’shilishi kerak:
- tadqiqot ishida qatnashayotgan ijtimoiy ishchi bu ishning inson va muayyan shaxs uchun oqibati qanday bo’lishini aniq anglay olishi kerak;
- tadqiqot ishida qatnashayotgan ijtimoiy ishchi tadqiqot ishtirokchilarining shaxsiy erkinligi va qadr-qimmatiga to’liq amal qilgan holda, ularni ixtiyoriylik va xabardorlik asosida birlashganligiga ishonch hosil qilishi kerak;
- tadqiqot davomida qatnashchilar to’g’risida olingan ma`lumotlarni maxfiy tarzda ko’rilishi kerak;
- eksperimentga jalb kilingan ijtimoiy ishchi ishtirokchilarni noqonuniy jismoniy va ruhiy tartibsizlikdan, xavfdan va kamsitilishdan himoya qilishi kerak;
- u yoki bu xizmat jarayonni baholash uchun taklif qilingan ijtimoiy ishchi buni professional maqsad uchun va faqatgina bu jarayonga bevosita kasbiy aloqasi bor shaxslar bilan muhokama qilishi kerak.
II.Ijtimoiy ishchining mijozlarga nisbatan belgilangan axloqiy burchlari.
Ijtimoiy ishchi mijozining mustaqilligini tan olishi va rivojlantirishi uchun maksimal kuch qo’shishi kerak. Ijtimoiy ishchining burchlari - mijoziga qaratilgan burchlari hisoblanadi:
-
“Инсон тарбиясидаги энг асосий йўл ишонтиришдир, ишонтиришга эса фақат ишонч ёрдамида эришиш мумкин”.
Do'stlaringiz bilan baham: |