Samarkand davlat universiteti
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich – 1994 yilning ikkinchi yarmidan 2001 yilgacha bo’lgan davr
- Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar
Birinchi bosqich – 1991 yil 31 avgustdan 1992 yil 8 dekabrgacha
Bu davrda ijtimoiy ta`minotni amalga oshirish sohasidagi davlat organlari, ular kundalik faoliyatining huquqiy asoslari shakllantirilish davri; Ikkinchi bosqich – 1992 yil 8 dekabrdan 1994 yil o’rtalari Bu davrda yangi konstitutsiyaviy asoslarga tayanilgan holda davlat va huquq tizimlarini qaytadan shakllantirila boshlanganligi, pensiya ta`minoti sohasida milliy qonunning qabul qilinishi hamda zaif aholi qatlamlari ijtimoiy himoyasini asta-sekin kuchaytirila boshlanganligi; Uchinchi bosqich – 1994 yilning ikkinchi yarmidan 2001 yilgacha bo’lgan davr Bu davrda ijtimoiy ta`minot sohasidagi qonunchilik tizimlari asosan barpo etib bo’lindi, aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoyalash tizimlari va mexanizmlari yaratildi; To’rtinchi bosqich – 2001 yildan to hozirgi kungacha Bu davrda aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo’ljallangan hukumat dasturining qabul qilinishi va ro’yobga chiqarilishiga qaratilgan qonun hujjatlarining qabul qilinishi, ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar doirasining kengaytirilishi hamda moddiy yordam miqdorining ko’paytirila borilishi kabilar ushbu bosqichning o’ziga xos xususiyatlari sanaladi. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar Yangi vazifalarning paydo bo’lishi, ichki imkoniyatlardan foydalangan holda eskini yangilashda, ayniqsa odamlarning o’zi hayotiy vaziyatlarni mustaqil hal etish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ijtimoiy ish faoliyatining professional shakllari, metodlari, texnologiyalardan unumli va samarali amalga tadbiq etgan holda, davr talablarga muvofiq ravishda qo’llash lozimligini ko’rsatmoqda. YUzaga kelgan muammolarni samarali hal etish uchun xizmatlar, resuslarni taqdim etuvchi tizimlar bilan odamlar aloqasini taminlash, muammolarini hal etishning samarali va insonparvar yo’llaridan biri ekanligini alohida e`tirof etmoq lozim. Bu esa o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlari singari, ijtimoiy ish faoliyatning professional va noprofessional turlarining uyg’unlashib ketishi bilan ahamiyatlidir. YA`ni bu erda professional mutaxassislar bilan birgalikda ko’ngillilarining katta guruhi mehnat qiladi, ularning ko’pchiligi oliy va o’rta ma`lumotga ega, faqat boshqa ixtisoslik bo’yicha yoki ijtimoiy xodimlarini tayorlov kurslarini tamomlaganlar. Bu sohada ijtimoiy ishning yutug’i ko’p jihatdan barcha xodimlarning ijtimoiy ish nazariyasi va texnologiyasi boshqa fanlar sohasidagi bilimlar tizimini, egallaganliklar, ularni amaliyotda qo’llash mahorati va ko’nikmasiga ega ekanliklariga, zamonaviy texnologiyani o’zlashtira olishlariga bog’liqdir; Barcha strukturaviy darajalar ijtimoiy ish - mikro - mezo – makrodarajalarda namoyon bo’ladigan texnologikligi va ko’p rejaligi bilan farq qiladi. Ijtimoiy muammolarning o’sishi va ijtimoiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ta`sir samarasi hal qiluvchi darajada mijozga ta`sir etish usullari, metodlari, yo’llari majmuisidan to’g’ri foydalana olish mahorati bilan belgilanadi. Ijtimoiy soha xodimi uning ijtimoiy vaziyatining o’zgarishiga erishib, psixologik korrektsiyani o’tkazadi, ijtimoiy - maishiy, tibbiy - ijtimoiy yordam ko’rsatadi, yuridik yoki ijtimoiy - psixologik maslahat beradi va hokazo xizmatlarni amalga oshiradi. Mikrodarajada hayotiy vaziyat ijtimoiy muhitning bevosita ta`sirida vujudga keladi. Ijtimoiy ish xodimi kishilar bilan individual ishlash metodlarni yaxshi egallagan holda mijozini ijtimoiy himoyalay oladi. Mezodarajada mijoz sotsium ichida boshqa kishilar va kichik guruhlar bilan o’zaro ta`sirda bo’ladi (oila, jamoa, tengdoshlari guruhi). Bu holda ijtimoiy soha xodimi guruh bilan ishlash metodlari va texnologiyalarini yaxshi bilishi kerak bo’ladi. Makrodarajada yirik korxonalar, tizimlar va guruhlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Bu holda u bir o’zi hal etishi qiyin bo’lgan yirik ijtimoiy muammolar bilan to’qnash kelishi mumkin. SHuning uchun ijtimoiy ish xodimi muammoni hal etishning qulay yo’llarini topishga yordam berishi kerak bo’ladi. Har bir sohaning o’ziga xosligini hisobga olgan holda ijtimoiy xodimlar mijozga faqat muammoni hal eta olish mahoratigina emas, balki qiyin vaziyatni engishning yangi ko’nikma va malakasini ham shakllantira olmog’i lozim. Bu erda ijtimoiy ishning muhim xususiyati bir vaqtning o’zida makro – mezo - mikrodarajalarda vaziyatni qayta o’zgartirish faoliyatini amalga oshirish qobiliyatini namoyon qiladi. YA`ni individual darajada muammolarni hal etish individual muammolar doirasidan chetga chiqish o’z navbatida joriy va kelgusidagi muammolarni hal etishni engillashtirishda muhim rol o’ynaydi. Faqat shundagina insonga yordam berishdagi faoliyat samarali bo’lishi mumkin. Ijtimoiy ish boshqa sohalardagiga nisbatan faolroq va ko’p sub`ektli hamda ko’p qirrali faoliyat sifatida rivojlanib bormoqda. Bu esa aholi ijtimoiy muammolarining ko’payishi va uning hayot darajasining pasayishini, ijtimoiy himoyasizligini jamiyatning turli qatlamlari va guruhlari o’rtasida ijtimoiy faollikni va reaktsiya ijtimoiy tashabbusning paydo bo’lishini yanada kuchaytirishga yordam berishi mumkin. Ijtimoiy tashabbuslar sub`ektlari bo’lib, mamlakatda vujudga kelayotgan uchinchi sektorni ifoda etuvchi turli ijtimoiy institutlar, ijtimoiy uyushmalar va xayriya tashkilotlarini hisoblanadi. Ijtimoiy himoyaning muhim tashkiliy-huquqiy shakli bo’lgan ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimidagi ijtimoiy ish o’z xususiyatlariga ega. Ijtimoiy ish ijtimoiy xizmat ko’rsatish muassasalarida ishlovchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirriladi. Ijtimoiy xizmat ko’rsatishning kompleks markazlari, ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari, oila va bolalarga yordam ko’rsatishning hududiy markazlari, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarga yordam berish markazi, voyaga etmaganlar uchun ijtimoiy reabilitatsion markazlar, ijtimoiy xizmat ko’rsatishning statsionar muassasalari (qariyalar va nogironlar uchun uy-internatlar) psixonevrologik internetlar), gerontologik markazlar va boshqa muassasalar muhtojlarga turli xizmatlarni ko’rsatadilar. Hayot tajribasi ko’rsatadiki, kishilar ko’pincha shunday muammolarga duch keladiki, bu muammoni nafaqat o’zlari, balki ularning oilalari va oila a`zolari, do’stlari, qarindosh-urug’lari ham hal qila olishmaydi. Buning uchun yordamga muhtoj kishilarga maxsus professiyaga ega bo’lgan ijtimoiy ishchi zarur bo’ladi16. Ijtimoiy ish ijtimoiy xizmat ko’rsatishning muhim vazifalarini amalga oshiradi: a) ijtimoiy yordam ko’rsatish: - ijtimoiy yordamga juda muhtoj kishilarni aniqlash va ro’yxatga olish, ularga moddiy (moliyaiy, natural yordam berish; vaqtincha boshpana berish va boshqalar; - muhtojlarga o’z faravonligini mustaqil ta`minlashi, oilaviy tadbirkorlikni yo’lga qo’yishi uchun sharoit yaratish, bu qashshoqlik profilaktikasi bo’ladi; - chetdan parvarishga muhtoj bo’lgan oilalar va yolg’izlarga uyda xizmat ko’rsatish (oziq-ovqat, dori-darmon etkazish, davolash muassasalariga transportirovka qilish, uyda sog’lig’iga qarash va boshqalar); - xalq ta`limi organlari bilan hamkorlikda bolani vaziyat taqazosi bilan vaqtincha oiladan boshqa joyga, keyinchalik bog’chaga joylashtirish, vasiylikka olish, farzandlika olishni tashkil etish; b) maslahat berish: - mutaxasisslar maslahati (konsul’tatsiyasi) (yurist, sotsiolog, pedagog, shifokor, psixolog va boshqalar); - kasb tanlashda, yoshlarni kasbga tayyorlashda ishtirok etish; - yigit - qizlarni nikohga va ongli tarzda ota-onalikka tayyorlash; - ota-onalarga tibbiy - psixologik umumiy majburiy ta`lim berish; v) ijtimoiy korrektirovkalash va reabilitatsiya: - davlat hulq-atvorli, qarovsiz bolalar, ota-onalar yoki qarindoshlar qarovsiz qolgan o’smirlarni ijtimoiy, tibbiy- pisixologik reabilitatsiyalash; - imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar, ularning oilalarini tibbiy-ijtimoiy - reabilitatsiyasi va reabilitatsiyasi; g) aholini axborot bilan taminlash, ijtimoiy extiyojlarni o’rganish va oldindan aytish, bular doirasidan uchta nisbiy mustaqil yo’nalishlar ajratiladi: - hayotning murakkab vaziyatini echish uchun zarur bo’lgan axborotni mijozga etkazish; - aholi o’rtasida tibbiy- pisixologik, pedagogik va boshqa bilimlarni yoyish; - ijtimoiy ish mutaxassislari, maxsus tuzilgan muassasalar, ilmiy tashkilot tomonidan o’z mijozlari ehtiyojlarini va regionda keskin ziddiyat, tug’diruvchi ijtimoiy muammolarini o’rganish, ularni bartaraf etishning konkret usullari ishlab chiqish va amalga oshirish; d) tabiiy ofatlar va ijtimoiy ziddiyatlarini bartaraf etish bo’yicha favqulodda choralarni bajarishda ishtirok etish; - favqulodda dasturlarni ishlab chiqishda ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarining ishtirok etishi; - respublikalararo, respublika, regional (hududiy) daraja ijtimoiy xodimlar mrakaziy birigadalarida aholisi ijtimoiy ziddiyatga tortilgan tabiiy ofat rayoniga zarur bo’lgan professional, psixologik va boshqa yordam ko’rsatish uchun etib keluvchi qutqaruv xizmatlarini tashkil etish. Ijtimoiy ishning zamonaviy texnologiyalarni egallash mutaxassislarga o’z vaqtida kishilarning hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirishga, inqirozli davrlarda ularning yashashiga yordam berish va ular hayot darajasi va sifatini yaxshilashga bevosita tasir etishga imkon beradi. Ijtimoiy ish zamonaviylikning sotsiomadaniy fenomeni sifatida 100 yil avval vujudga kelib, kasbga aylandi, yangi yo’nalishlar, funktsiyalar, texnologiyalar bilan boyidi. U hozirgi paytda jamiyat hayot faoliyatining muhim sohalarida amalga oshirilayapti: aholini ijtimoiy himoyalash tizimida maorif va sog’liqni saqlashda, harbiy muhitda va penitentsar muassasalarda, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarish korxonalarida, sport-sog’lomlashtirish va madaniy dam olish faoliyati sohalarida va boshqalarda. Ijtimoiy sohaning har bir tarmog’i insonga yordam va madad berishning konkret vazifalari hal etilayapti. Ijtimoiy ishning o’z qonuniy va me`yoriy-huquqiy bazasi bor, sinalgan texnologiyalar qo’llanilayapti, faoliyatning professional turi sifatida ijtimoiy ish funktsiyalarini to’la amalga oshirish uchun ijtimoiy sharoitlar yaratilayapti. Ijtimoiy ishning bosh g’oyasi inson huquqi va professionalizm kontseptsiyasi bo’lib, uning atrofida ijtimoiy ish kasb sifatida shakllanayapti, hayotning mushkul vaziyatiga tushib qolgan kishilarni ijtimoiy himoya qilish tajribasi to’planayapti. Insonning jamiyatdagi mavqeini belgilovchi va uning asosiy ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchi huquqlarni himoyalash ijtimoiy ishning ham asosi, ham jamiyatning har qanday sohasidagi rag’bati bo’ladi. Insonning eng muhim hayotiy huquqlari nazarda tutilayapti – yashashga, mehnat qilishga, qarilikda ijtimoiy ta`minotga, oilani muhofaza qilishga, etarli hayotiy darajaga etishi huquqlari. Har bir inson muayyan ne`matlar va boyliklarga mutloq va oydin bo’lgan huquqqa egaligiga ishonch, qaysi bir sohadla ishlamasin, har bir ijtimoiy ish xodimining asosiy professional qo’llanmasi bo’lishi zarur. Turli vaqtda inson huquqlari haqidagi tasavvurlar tubdan qayta qko’rib chiqilgan bo’lsa ham, bu printsip sezilarli o’zgartirishlarga uchragani yo’q. Aksincha, XXI asr boshida bu printsipni professional yoki jamoatchilik boshlanishi asosida hayotga tadbiq etishni hoxlovchilar soni ancha ko’paydi. Hatto yangi tushuncha paydo bo’ldi – «yordam beruvchi kasb vakillari», bularga amaliy psixologlar, psixoterapevtlar, ijtimoiy pedagoglar, ijtimoiy ish xodimlari va boshqalar kiradi. Muhtojlarga yordam berishda professional, «ko’ngillilar» va boshqalar sifatida millionlab kishilar ishtrok etayapti1. SHu bilan birga ko’rsatib o’tilgan ixtisosliklar bilan professional faoliyat o’rtasidagi chegarani aniq belgilash, shuningdek, faqat ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatni ta`minlash bilan emas, balki insonlarni muhtojlikdan, qashshoqlikdan, adolatsizlikdan, marginallikdan qutqarishga, cheklangan imkoniyatlarni engishga, o’z muammolarini mustaqil hal etish qobiliyatini qaror toptirishga yordam beruvchi, yordam berishning turli ijtimoiy tizimlarida band bo’lgan kishilar pozitsiyalari farqlarining mohiyatini aniqlash zarur. Ijtimoiy ish kasb sifatida inson kulfatlari ko’lamlarini chuqurroq bilishning markazidir. Bu demak, bu kasb vakillari hayotga tadbiq etilayotgan hukumat qarorlariga javoban davlatga ancha mos qaytar aloqani ta`minlashlari, unsurlari atrof-muhitning va jismoniy sog’liqning ahvoli bo’lgan hayot sifatini yaxshilash yo’llarini, iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy himoyalanganlik darajasini ko’rsatish mumkin. Ijtimoiy ish xodimi qaysi sohada ishlamasin, u qo’yidagi printsipial pozitsiyada turib ish ko’rishi kerak: inson uning ravnaqi va munosib hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan sharoitlarga ega bo’lishi kerak, kishilarning kundalik hayotini engillashtirishi, ularga ko’p sonli ijtimoiy muammolarni hal etishda yordam berish, o’z funktsiyasini ijtimoiy soha xususiyatini, konkret sotsiumni hisobga olgan holda bajarishi kerak. Ijtimoiy ishning ob`ekti «sotsiumdagi shaxs»dir. Ijtimoiy ish mijozining mutaxassislar, turli strukturalar va muhit bilan o’zaro munosabati, o’zaro ta`siri har qanday sotsiumda ijtimoiy ishning predmetini tashkil etadi. Ijtimoiy ish hodimi mijozga quyidagicha yordam beradi: - yashash uchun kurashni ta`minlagan holda, turmush muammolarini mustaqil hal etish usullariga o’rgatish holda o’zini ta`minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoniyatlarini ochgan holda; - hayotning mushkul vaziyatidan chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko’rsatadigan tizimlar bilan mijozning aloqasini ta`minlagan holda, bu tizimlarning samarali va tashkiliy ishlariga ko’maklashgan holda; - inson va davlat o’rtasida vositachi sifatida o’z mijozining ijtimoiy faoliyat yuritishdagi vaziyatni o’zgartirishga, uning muammolarini hal etishga samarali va insoniy vositalarni topishga, davlat tizimini insonning manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olishga majbur qilishga, sotsiumga mijozning tezroq ijtimoiy adaptatsiyalashuvi uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qilgan holda; - ijtimoiy voqelikning o’zgargan sharoitlariga adaptatsiyalashuviga yordam beradi. O’z tizimining imkoniyatlaridan, uning me`yoriy huquqiy aktlaridan foydalangan holda ijtimoiy hodim mijozning o’zini safarbar etish mexanizmini individual - shaxsiydan tortib, guruhiygacha - faollashtira olish zarur. Va shu nuqtai nazardan professional ijtimoiy xodimning mahorati, uning mijoz yoki mijozlar guruhi bilan o’zaro ta`siri va munosabati, natijasida kishilar muhtojlikdan, hayotning mushkul vaziyatidan qutulishida o’z-o’ziga yordam printsiplarini amalga oshirishda mujassam bo’lishi kerak. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling