Samarkand davlat universiteti
-mavzu: eTIKA AXLOQ TO’G’RISIDAGI FAN. AXLOQNING KELIB CHIQISHI VA ASOSLANSHI MASALASI
Download 3.33 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evropa ijtimoiy ta`minot tizimi.
4-mavzu: eTIKA AXLOQ TO’G’RISIDAGI FAN. AXLOQNING KELIB CHIQISHI VA ASOSLANSHI MASALASI
XX asrning birinchi yarmi davlatning roli kuchayishi va «umumiy farovonlikka asoslangan davlat» nazariyasi va amaliyoti rivojlanishi bilan izohlangan ijtimoiy ishning institutlashishi bilan ajralib turadi. Odatda ularning asosiy huquq va erkinliklarini shakllantirish, mehnat- ga rasman haq to’lashni joriy etish, kasb-hunar o’quv yurtlarini tashkil etish Ijtimoiy ish xodimilar kasbiga doir faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Garchi Ijtimoiy ish xodimilarni kasbga tayyorlaydigan birinchi ixtisoslashgan o’quv yurtlari aytib o’tilganidek, Niderlaniyada, so’ngra AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniyada tashkil etilgan bo’lsa-da, «Ijtimoiy ish xodimi» kasbi dastlab AQSHda, so’ngra G’arbiy Evropa mamlakatlarida ijtimoiy maqomga ega bo’ldi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrda ijtimoiy ish maktablari Osiyo, YAqin va O’rta SHarq, SHarqiy Evropa va biroz keyinroq Afrika mamlakatlarida ochildi. 1910 yilda yangi harakat Evropa va Amerikada ijtimoiy faoliyatga ixtisoslashgan 14 ta maktab tashkil etilishiga olib keldi. 1920 yilda Lotin Amerikasidagi birinchi ijtimoiy ish maktabi CHilida ochildi21. 1930 yillarda Ijtimoiy ish xodimilarni tayyorlaydigan mamlakatlar soni o’sishi davom etdi. Uchinchi dunyo mamlakatlarida an`anaviy iqtisodiyotining asoslarini barbod qilgan bozor munosabatlari tizimiga jalb etilishi natijasida ijtimoiy ish SHarq mamlakatlariga ham kirib keldi. 1936 yilda Hindistonda Ijtimoiy fanlar instituti ta`sis etildi, Misrda esa ijtimoiy ishning birinchi kurslari paydo bo’ldi. SHunday qilib, maxsus tayyorlash va moddiy taqdirlashga yo’naltirilgan holda muhtojlarga yordam berish kasbiga aylandi. Birinchi Ijtimoiy ish xodimilar muxojirlarga ingliz tilini o’qitishdan tortib to sanoati rivojlangan jamiyatda ish topish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarga ega bo’lishda yordam berishgacha keng ko’lamli muammolar bilan shug’ullanganlar. Ular ijtimoiy adolatsizlikka barham berishga, o’z muammolarini samarali hal qilishda odamlarga yordam berishga intildilar. Ijtimoiy ish xodimilarning kasbga doir manfaatlarini ifoda etgan birinchi tashkilot Amerika Qo’shma SHtatlarida paydo bo’ldi. Bu 1917 yilda tashkil etilgan Ijtimoiy ish xodimilarning milliy birjasi edi. Keyinrok Ijtimoiy ish xodimilarning boshqa kasbga o’qitadigan tashkilotlari paydo bo’ldi (ushbu qisqa o’qitish kurslarida ijtimoiy ish xodimlari tibbiyot xodimlari, o’qituvchi kasblarini egallashgan). 1921 yilda ular birinchi bo’lib ro’yxatdan o’tkazilgan Amerika ijtimoiy ish uyushmasiga birlashdi. Ijtimoiy ish tuzilmalarini tashkil etish jarayoni G’arbning boshqa mamlakatlariga ham tatbiq etildi. 1928 yilda Parijda Ijtimoiy farovon- lik bo’yicha halqaro kengashga birlashgan Evropaning etti mamlakati milliy uyushmalari tashkil etildi. Bugungi Ijtimoiy ish xodimilar utmishdoshlarining sa`y-xarakatlari muhtojlarga yordam ko’rsatishga qaratilgan edi. Faqat XX asrda ijtimoiy ta`minotning metodi, ularga muvofiq tahlili va yo’llari ta`rifiga jiddiy e`tibor qaratildi. Ular yordamida xayriya va jamoat tashkilotlari o’z maqsadlarini jamiyatning pragmatik maqsadlariga muvofiqlashtirishi mumkin edi. AQSHda Meri Richmond birinchi bo’lib buni amalga oshirdi. U e`tiborni individga va uning oilasiga qaratib, xayriyani metod bilan bog’ladi. 1915 yilda chop etilgan «Ilmiy ijtimoiy ish» asarida Meri Richmond Ijtimoiy ish xodimilar hal qilishiga to’g’ri kelgan ijtimoiy ish sifati baholari sxemasi to’plamini, ijtimoiy muammolar tashxisini taklif etdi. Bu muhtojlarga yordam ko’rsatishning turli shakllarini anglashga tayangan axloqiy-terapevtik ijtimoiy ish yaratilishiga olib keldi. YAngi metod 1917 yilda «Ijtimoiy tashxis» kitobida olim tomonidan batafsil ta`riflab berilgan va ijtimoiy ta`minot dasturlari samara- dorligining oshishiga ko’maklashgan. Meri Richmond ham mijozning shaxsi, ham uning ijtimoiy holati sifatida baholashni nazarda tutuvchi o’zining ijtimoiy tashxis metodini batafsil ta`riflab berdi. M. Richmond keyin- chalik terepevtik nomini olgan ijtimoiy ish modeli asoschisi hisoblanadi. Ushbu modelga muvofiq har bir alohida holatda baholash, ijtimoiy tashxis qo’yish va uning asosida davolash metodini tanlash qobiliyati Ijtimoiy ish xodimi faoliyatida eng muhim hisoblanadi. Nochorlikni kasallik deb hisoblagan Meri Richmond vrach va Ijtimoiy ish xodimi faoliyati o’rtasida o’xshashlikni keltirdi.
U ijtimoiy yordamni chora-tadbirlar kombinatsiyasi deb qaraydi, ham mijozning, ham uning ijtimoiy muhitining o’zgarishi ularning natijasi hisoblanadi. Meri Richmond ijtimoiy tadbirlarni ikkita bir-birini to’ldirib boradigan metodga ajratdi: - davolashning bilvosita metodi; - davolashning bevosita metodi. Bilvosita metod insonning tashqi muhitiga ta`sir qilishdan, echimlar ishlab chiqish uchun uni faol sa`y-xarakatlarga undash maqsadida mijozning o’ziga ta`sir qilishdan iborat edi. Uning “Ijtimoiy tashxis” asarida qo’yidagilar qayd etadi: «YAxshi Ijtimoiy ish xodimi kishilarni qashshoqlikdan qutqarish bilan shug’ullanmay, balki umuman qashshoqlikka barham berish haqida o’ylaydi»22. M. Richmond tomonidan asos solingan «o’rganish, tashxis qilish, davolash» paradigmasi ijtimoiy ishda asosiy paradigmaga aylandi. Meri Richmond birinchi bo’lib ijtimoiy ish xodimlari amal qilishi lozim bo’lgan “Ijtimoiy ish xodimlari axloq kodeksi”ni birinchi ishlanmalarini ishlab chiqdi. Bugun ijtimoiy ish sohasi rivojlangan mamlakatlarda amalda bo’lgan axloq kodekslari shu asosda yaratilgan. AQSHda 30-yillardagi buyuk turg’unlik davrida va ijtimoiy muammolar juda ko’pchilik kishilarga daxl qilgan 60-70-yillarda Ijtimoiy ish xodimilar kompleks yondashuvi yordamida bir vaqtning o’zida ko’plab odamlar muammo- larini enga oldi. AQSHning 32-Prezidenti F. Ruzvel’t tashabbusi ostida ilk bor ishsizlikni milliy muammo deb qaray boshladilar. Favqulodda yordam bo’yicha Vaqtinchalik boshqarma tashkil etildi. U zamonaviy Amerikani tubdan o’zgartirgan mashhur «YAngi yunalish»ga poydevor yaratib bergan davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun xususiy xizmat sohalariga yaxshi ta`lim olgan Ijtimoiy ish xodimilarni taklif etdi. F. Ruzvel’t ishsizlarga davlat yordamini xayr-sadaqa va xayriya emas, balki har bir fuqaroning madaniyatli jamiyatda eng kichik turmush darajasiga umid qilish huquqiga asoslangan ijtimoiy adolat deb hisoblagan. 1964 yilda Prezident JI. Jonson yangi iqtisodiy va siyosiy vaziyatda o’zining «Buyuk jamiyat» dasturi doirasida Senat va Kongress vakillari Palatasiga qashshoqlik va sanoat davri bilan bog’liq muammolarga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko’rib chiqishni taklif qildi. Mehnat resurslarini muhofaza qilish bo’yicha maxsus prezident komissiyasining «Millatning uchdan bir qismi: harbiy xizmatga yaroqsiz bo’lgan yoshlar to’g’risida ma`ruza» deb nomlangan ma`ruzasida qashshoqlikka uchrash yo’lidagi ko’pchilik qiyinchiliklar ko’zga tashlanar edi. Boshqa materiallar bilan birgalikda ma`ruza Iqtisodiy imkoniyatlar to’g’risidagi qonun uchun asos bo’lib xizmat qildi. Hozirgi vaqtda AQSHdagi ijtimoiy ish tuzilmasi jiddiy o’zgarmoqda. Aqli zaif mijozlar bilan ishlashga e`tibor kuchaytirilmoqda va qashshoqlik bilan shug’ullanadigan Ijtimoiy ish xodimilar soni kamayganda, mahoratli Ijtimoiy ish xodimilarning 47 foizi o’z faoliyatining mazmun-mohiyati to’g’risidagi savolga javob berar ekan asosan oila a`zolarining shaxsiy xulq-atvori muammolari yoki umuman oiladagi o’zaro munosabatlar bilan shug’ullanayotganliklarini ma`lum qildilar. Ularning 2,5 foizidan kamrog’i daromadlar, uy-joy, ish bilan ta`minlash sohasidagi muammolarni qal qilish, shuningdek jinoyatni, giyoqvand moddalar va alkogol iste`mol qilishning oldini olish bilan bog’liq faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ijtimoiy ish faoliyati bo’limlarini bitirgan talabalar ham psixoanaliz va ruhiy terapiya sohasidagi ixtisoslikka katta qiziqish bildirmoqda. Oxirgi o’n yilliklarda AQSHda sektorlar bo’yicha Ijtimoiy ish xodimilarni ish bilan ta`minlash tizimida jiddiy o’zgarishlar kuzatilmoqda. Mamlakatda Ijtimoiy ish xodimilar orasida o’tkazilgan so’rovlarga qaraganda, ularning ko’pchiligi ijtimoiy sektorni tark etmoqda. Jumladan, avval ularning 51 foizi jamoat (federal, davlat, diniy, munitsipal) sektorida mehnat qilgan bo’lsa, bugungi kunda vaziyat o’zgardi - xususiy tijorat sektorida ish bilan band bo’lganlar soni uch baravar ko’paydi. AQSHda ijtimoiy xizmatning katta qismi ixtiyoriy birlashmalar (hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlar) bilan, biroq ko’pincha hukumat bilan shartnoma asosida ta`minlanadi. Turli birlashmalar, kichik va yirik firmalar yakka faoliyat olib boradi yoki ijtimoiy ish bilan shug’ullanish uchun mo’ljallangan hukumat shartnomalarini izlaydi. 1982-1995 yillarda «xususiy amaliyot» bilan shug’ullangan Ijtimoiy ish xodimilar soni eng ko’pchilikni tashkil qilib, 11 foizdan 20 foizga o’sgan. Jami ijtimoiy ish xodimlarning 45 foizi ikkilamchi ish bilan shug’ullanganliklarini, ya`ni to’liq bo’lmagan ish kunida ishlaganliklarini qayd etdilar. Xususiy amaliyotda mijoz odatda ishning har bir soati uchun haq to’lab, ijtimoiy ish xodimini yollaydi23. Hozirgi zamon ijtimoiy ish xodimiga qo’yiladigan talablar sezilarli darajada oshdi hamda ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni engillashtiradigan dasturlarni o’z ichiga oladi. Ijtimoiy ish iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy siyosatning bir qismi hisoblanadi va ijtimoiy og’ir ahvolni engillashtirishga va oldini olishga, tegishli ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta`minotni rivojlantirishga qaratilgan. Insonning boshqa odamlarga va jamiyatga munosabati, shuningdek, jamiyatning shaxslarga va guruhlarga munosabati hali ham muhim ahamiyatga ega24. Amerika ijtimoiy himoya tizimi aniq ifodalangan ikki yo’nalishga, ijtimoiy sug’urta tizimiga va ijtimoiy yordam tizimiga ega. Ijtimoiy sug’urta dasturlari yuqori ijtimoiy maqomga ega, chunki maoshga yashaydigan barcha kishilar muntazam ravishda tegishli fondlarga soliq to’laydi. Bu tizim iqtisodiy faol aholini asosiy ijtimoiy xavf-xatarlardan, keksalikdan, boquvchisidan ayrilishdan, nogironlikdan, kasalliklardan, ishlab chiqarish jarohatlaridan, ishsizlikdan himoya qiladi. Ijtimoiy yordam AQSHdagi ijtimoiy himoya tizimining ikkinchi yo’nali- shi hisoblanadi. AQSHdagi yordam tizimi bir qancha yirik va ko’plab kichik dasturlarni o’z ichiga oladi. Ushbu dasturlar bo’yicha qashshoqlikda kun kechiradigan odamlar pul mablag’lari, oziq-ovqat, qarzga beriladigan uy-joy, ta`lim olish uchun yordam oladi va kasbga o’qitiladi. Rasman belgilangan qashshoqlik darajasidan past darajada kun kechiradigan kishilar ijtimoiy yordam olishga haqli. AQSH aholisining taxminan 12-15 foizi ijtimoiy yordam oladigan kishilarni tashkil etadi. «Farovonlik», «ta`minot», «ko’mak» ma`nolarini anglatadigan Welfare («Velfer») dasturi eng mashhur moddiy yordam dasturlaridan biri hisoblanadi. Public Assistance dasturning boshqa bir nomidir. Dastur federal hukumat tomonidan moliyalashtiriladi va ko’pincha shtat va shahar byudjeti hisobidan to’ldiriladi. Turli holatlarga qarab (ishdan ayrilish, ishsizlik bo’yicha yordamning yo’qligi, yosh bolali yoki yolg’iz ona, ota) ma`lum darajada barqaror daromad manbaiga ega bo’lmaslik ijtimoiy ta`minot dasturlaridan ko’mak olish sharti hisoblanadi. SSI (Supplemental Security Income) - keksa kishilarga (65 yoshdan katta), nogironlarga, kam daromadli kasal odamlarga pul bilan yordam beradigan federal dastur. Medikeyd (Medicaid) - kam daromadli shaxslarga yoki oilalarga tibbiy yordam ko’rsatish dasturi. U ham federal xukumat tomonidan ta`minlanadi, biroq shtatlar qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Medikeyt ma`lum darajalarda dori-darmonlarga haq tulash, kasalxonada bo’lish, tez yordam chaqirish, vrachlarga tashrif buyurish, maxsus poyabzal, tibbiy uskuna va hokazolar bilan ta`minlash imkonini beradi. Odatda «Velfer» va SSI dasturi bo’yicha to’liq miqdorda yordam oluvchilar Medikeyd dasturidan foydalanishga haqli. Evropa ijtimoiy ta`minot tizimi. Turli mamlakatlarda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimlari hal qilinadigan vazifalarning o’xshashligi va bir xilligiga qaramay tarixiy shart-sharoitlar, shuningdek muammolarni hal qilish yo’nalishlari va metodlaridagi tafovutlarni hisobga olgan holda yuzaga keldi. Jumladan, Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ta`minot tizimi AQSH ijtimoiy ta`minot tizimidan davlatning yo’nalishlarini belgilash, ijtimoiy siyosatni rejalashtirish, moliyalashtirish va hayotga tatbiq etishda ko’proq ishtirok etishi bilan farq qiladi. Bunda mahalliy boshqaruv organlari ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda muhim rol’ o’ynaydi. Aholini turli ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari bilan ta`minlash ham Evropa ijtimoiy xizmat modelining o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Frantsiyada ijtimoiy ish xodimlarining 50% davlat tizimida faoliyat ko’rsatadi, 17% ijtimoiy ish xodimlari xususiy sektorda, 22% esa nodavlat-notijorat tashkilotlari tizimida, 11% ijtimoiy ish xodimlari esa jamoat tashkilotlari tizimida faoliyat ko’rsatishadi.
Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling