Samarkand davlat universiteti


-bob Ijtimoiy ish xodimlari Britaniya Assosiatsiyasi axloq kodeksi


Download 3.33 Mb.
bet122/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   137
14-bob Ijtimoiy ish xodimlari Britaniya Assosiatsiyasi axloq kodeksi


Reja:
1 Buyuk Britaniyada ijtimoiy ish sohasining mazmun-mohiyati.
2 Ijtimoiy ishning asosiy qadriyatlari. Inson qadr-qimmati va qadriyat.
3 Ijtimoiy adolat. Insonparvarlikka xizmat qilish.
4 Inson huquqlari. Kompetentlik tushunchasi.

Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ishni rivojlantirish bilan bog’liq to’plangan tajribani o’rganish, uni anglash va undan foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi.


Buyuk Britaniyada ijtimoiy yordamning tarixiy rivojlanish bosqichlari xristian dini tarqalishi bilan ijtimoiy masalalarga doir normativ- hujjatlar qabul qilinishidan boshlangan. 347 yilda Sardukiy bosh cherkovida (G’arbiy va SHarqiy Rim imperiyasi chegarasida) faqirlar, etimlar, bevalar va musofirlarga yordam ko’rsatish bo’yicha o’n ikkita qoida qabul qilindi. SHu bilan birga ushbu qoidalarda xayr-ehson tarqatishda, faqirlarni ovqat bilan ta`minlashda o’z aksini topgan boshpana va oziq-ovqat berish tizimi ustuvor o’rin egallaydi. G’arbiy Evropa mamlakatlarida XVI-XVII asrlarda ijtimoiy yordam davlat tizimi rasmiylashtirilishi davlat rolining oshishi va ayni bir vaqtda xristian cherkovi faolligining pasayishi bilan izohlanadi.
Angliyada 1531 yilda nochorlarga yordam berish to’g’risida qonun qabul qilinadi, 1572 yida faqirlarga yordam ko’rsatish uchun umummilliy soliq joriy etiladi. 1601 yilda Angliyada qabul qilingan Kambag’allik to’g’risidagi qonunda muhtojlarga moliyaviy yordam berishga urg’u berildi. Bu qonun mazkur sohada qonunchilikni rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qildi va hukumatning inson ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish yasadi.
XVIII asr oxiri - XIX asr boshida G’arbiy Evropa mamlakatlari sanoatida tub burilish davri boshlanib, ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashibgina qolmay, balki ijtimoiy muammolarning keskinlashishiga, ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga, jinoyatchilik va ishsizlikning o’sishiga olib keldi. Ushbu davrda Buyuk Britaniyada qashshoqlik bo’yicha qo’llanma joriy etiladi, 1834 yilda nochorlarga yordam ko’rsatish tartibga solingan maxsus qonunchilik (Poor Laws) qabul qilinadi.
XVIII asr oxiri - XIX asr boshida G’arbiy Evropa mamlakatlari sanoatida tub burilish davri boshlanib, ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashibgina qolmay, balki ijtimoiy muammolarning keskinlashishiga, ijtimoiy tabaqalashuvning kuchayishiga, jinoyatchilik va ishsizlikning o’sishiga olib keldi. Ushbu davrda Buyuk Britaniyada qashshoqlik bo’yicha qo’llanma joriy etiladi, 1834 yilda nochorlarga yordam ko’rsatish tartibga solingan maxsus qonunchilik (Poor Laws) qabul qilinadi.
Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishni kasb sifatida paydo bo’lishiga ijtimoiy muammolarning keskinlashishi qashshoqlar muammosi kelib chiqishi ma`lum darajada sabab bo’ldi. Ushbu muammolar jamoatchilik tomonidan haqli ravishda barqarorlikka va tartibga tahdid sifatida qabul qilindi. Bu holat nafaqat G’arbiy Evropa mamlakatlarida ijtimoiy sohadagi munosabatlarni tartibga soladigan ijtimoiy qonunchilikning paydo bo’lishiga, balki aholi­ning turli guruhlarini empirik o’rganishga olib keldi. XIX asr boshida aholi ro’yxatga olina boshlandi, turli ijtimoiy muammolar tekshirildi, tahliliy ifodalab berildi. Biroq XIX asr oxiridagina ijtimoiy islohotchilar va xayriya tashkilotlari etakchilari nochorlarga yordam ko’rsatadigan odamlar maxsus tayyorgarlikdan o’tishi kerak degan xulosaga keldi. 1869 yilda Londonda ko’rsatilayotgan yordamni muvofiqlashtiruvchi Xayriya jamiyati tashkil etildi (The Charity Organization Society). SHu bilan bir vaqtda faoliyatning yangi turlari (The settlement house movement) Angliyadagi muxojirlar uchun manzilgohlar tashkil etilgan settl’ment harakati paydo bo’ldi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillari qarashlari sanoati rivojlangan mamlakatlarda shaxsning maqbul hayot kechirishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib bera olmaydigan davlatning shaxs oldida javobgarligi va ma`naviy burchi to’g’risidagi tushuncha paydo bo’lishiga ko’maklashdi.
1946-1948 yillarda Buyuk Britaniyada aholini ijtimoiy himoyasi doirasida keng ko’lamli islohotlar o’tkazildi. Buning natijasida barcha aholi qatlamlari tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga, oilaviy yordamlar olishga, yoshga doir pensiya olishga erishildi.
Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ta`minot tizimi ustuvorliklari o’zgarishini belgilab bergan omillar orasida tug’ilishning kamayishi va umrning uzayishi natijasida aholining tez qarishi qayd etiladi. G’arbiy Evropa mamlakatlari uchragan iqtisodiy kiyinchiliklar va ularning oqibatlari davlatning bir qancha ijtimoiy dasturlarini to’xtatishiga katta ta`sir o’tkazdi. Iqtisodiy inkiroz o’sib boruvchi byudjet taqchilligi, ishsizlar va qashshoqlar sonining ortishi, aholining qarishi, to’liq bo’lmagan oilalar sonining oshishi va boshqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o’zgarishlarga olib keldi.
Ijtimoiy ish turlarini guruhlarga bo’lish universal hodisa emas va u turli mamlakatlarda turli xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishning asosiy turlarini keyingi yillarda an`anaviy tarzda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha guruhlarga bo’linadi:
a) ijtimoiy sug’urta;
b) ijtimoiy ta`minot;
v) ijtimoiy yordam.
Buyuk Britaniyada ijtimoiy ishning turlarini guruhlarga bo’lish uchun shu ish yo’naltirilgan ob`ekt asos vazifasini bajaradi.
Buyuk Britaniyada: a) individ bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; b) o’xshash vaziyatlarga tushib qolgan odamlar guruhi bilan olib boriladigan ijtimoiy ish; v) jamoa bilan olib boriladigan ijtimoiy ish.
Kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish turlarining kelib chiqishi ko’p jihatdan mamlakatlar taraqqiyotidagi madaniy va milliy xususiyatlar, turli ijtimoiy institutlar o’rtasidagi o’zaro ta`sir xususiyatlari, ijtimoiy ong, madaniyat, fan, ta`limning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Har bir mamlakatdagi davlatning ijtimoiy ko’mak berish tizimi shu erdagi tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib shakllantirilgan bo’lib, bajarilayotgan vazifalarning o’xshashligi va bir xilliligiga qaramasdan ulardagi yondashuvlar, uslublar va tashkiliy shakllarda tafovut mavjud. Bu tafovutlar ijtimoiy ishdagi Evropa va Amerika modellarini qiyoslaganda ko’zga ayniqsa yaqqol tashlanadi.
Bugungi kunda Buyuk Britaniya aholini ijtimoiy himoyalash bo’yicha dunyoda 9-o’rinni egallaydi. Ushbu masalalarga ajratilayotgan davlat xarajatlari 30%dan ortig’ini tashkil etmoqda. Har yili aholini yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalash uchun davlat byudjetidan 101.2mlrd funt sterling ajratilmoqda.
Evropa qit`asida ijtimoiy ta`minot tizimining rivojlanishi uzoqroq tarixga ega. U jamoalar o’rtasidagi (jamoalararo) aloqalar uzilishiga bog’liq tarzda shakllandi. Evropaning ko’pchilik mamlakatlarida ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ta`minot dasturlarini amalga oshirish, turli ijtimoiy guruhlarni qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan rasmiy tuzilmalarning yaratilishida davlat tashabbuskor bo’ldi. Amerikaga ko’chib borganlar uchun xos belgi esa o’zining kuchiga, shaxsiy tashabbusga va davlat tuzilmalarining ta`sirini maksimal darajada kamaytirishga intilish bo’ldi. Bunday individualistik yondashuv hozirgi kungacha aholini ijtimoiy muhofaza qilishda unchalik katta rol o’ynamaydigan Buyuk Britaniyada davlat ijtimoiy siyosatining shakllanishiga o’z ta`sirini o’tkazdi. Buyuk Britaniyadagi aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining xarakterli xususiyati va Evropa modellaridan asosiy farqi uning nomarkazlashtirilganidadir.
Boshqaruv organlari tomonidan tartibga solinadigan turli ijtimoiy dasturlardan iborat. Bundan tashqari, alohida dasturlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan ham qabul qilinadi. Bunday yondashuv muayyan mintaqada ijtimoiy ko’makka bo’lgan ehtiyojni etarlicha to’la va tezkor aniqlash imkonini beradi.
Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy ta`minot davlat tizimi ikki shaklga asoslanadi: ijtimoiy sug’urta va davlat tomonidan ko’rsatiladigan ko’mak, ular o’zaro moliyalashtirish manbalari bilan farqlanadi. Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar mehnatkashlardan ham, tadbirkorlardan ham olinadigan ijtimoiy sug’urta solig’i shakllantiradigan sug’urta jamg’armalari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat tomonidan beriladigan ko’mak federal byudjet mablag’lari, shtatlar byudjeti yoki mahalliy hokimiyat organlari byudjetlari mablag’i hisobidan amalga oshiriladi.
Buyuk Britaniyaning ijtimoiy sug’urta haqidagi qonuniga ko’ra ijtimoiy sug’urtaning ikki turi: qarilik nafaqasi va ishsizlarga to’lanadigan yordam puli belgilangan. qonunda kambag’allarning ba`zi toifalari, birinchi navbatda nogironlar va etimlarga yordam berish ham ko’zda tutilgan. Vaqt o’tib borishi bilan ijtimoiy sug’urtaning yangi shakllarini tadbiq etish ko’zda tutilgan ko’plab tuzatishlar kiritib borildi: boquvchisini yo’qotganda beriladigan nafaqa; ishlab chiqarishda shikastlanish bilan bog’liq bo’lmagan mehnat qobiliyatini yo’qotish tufayli beriladigan nafaqa; 65 va undan katta yoshlilarga beriladigan tibbiy sug’urta huquqi va boshqalar.
Ijtimoiy muhofazaning Buyuk Britaniya davlat tizimidagi yana bir tarkibiy qism kambag’allarga beriladigan ko’makdir. Bu tizim 60-yillardan boshlab keng rivoj topdi. Ijtimoiy sug’urtadan farqli o’laroq, ijtimoiy ko’mak tizimida yordam olish uchun oldindan maxsus to’lanadigan badallar talab qilinmaydi. Uni olish uchun asosiy mezon - muhtojlik.
Ko’mak berish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar: kafolatlangan daromadni ta`minlash, yordamga muhtoj bolali oilalarni qo’llab-quvvatlash, oziq-ovqat, turar joy va tibbiy yordam ko’rsatish.
Kafolatlangan daromadni ta`minlash dasturi keksayib qolganlar va nogironlarni qamrab oladi. Aholining bu toifasiga federal hukumat ular uchun kafolatlangan daromad deb ataladigan yashash vositalarining minimumini ta`minlash maqsadida pul mablag’lari to’laydi. Bu mablag’lar “qashshoqlik chegarasi” ga to’g’ri keladigan summaning taxminan 60 % ini tashkil qiladi.
Bolali oilalarga yordam dasturi kam daromad oladigan, oila boshlig’i, eridan ajralgan yoki yolg’iz beva bo’lgan ko’p bolali oilalarga yordam ko’rsatishni nazarda tutadi.
Oziq-ovqat yordami doirasida muhtojlarga oziq-ovqat talonlari berish juda keng tarqaldi. Ular bepul yoki arzonlashtirilgan narxlarda beriladi. Boshqa oziq-ovqat dasturlari – maktab nonushtalari, bir yoshgacha bolasi bor onalarga beriladigan yordam va boshqalar. Turar joy subsidiyalari kam daromadli oilalarga beriladi. Ijtimoiy sug’urtaning xususiy tizimlari davlat tizimini to’ldirib turadi va ular muayyan murvatlar yordamida davlat tomonidan tartibga solinadi. Buyuk Britaniyada xususiy sug’urtaning ikki turi – ish joyidagi jamoaviy va individual turlari mavjud. Etakchi shakl jamoaviy shakl hisoblanadi. Kasaba uyushmalari va tadbirkorlar o’rtasidagi jamoaviy shartnomalar odatda, muayyan ijtimoiy to’lovlar va kafolatlarni ko’zda tutadi. Sug’urtaning shunga o’xshash turlari kasaba uyushmalari bo’lmagan ko’pgina sohalar va firmalarda ham mavjud.
Mehnatkashlarning katta qismi uchun xususiy nafaqalar muhim ahamiyatga ega. Jamg’armalarning sezilarli o’sishiga qaramasdan xususiy nafaqa tizimi davlat tizimiga qaraganda uch marta kamroq shaxslarni qamrab oladi. Gap shundaki, davlat pensiyalari miqdorini hisoblaganda ish joyidan qat`iy nazar, umumiy staj hisobga olinadi, xususiy nafaqaga ega bo’lish uchun esa ishchi yoki xizmatchi bitta firmada odatda, kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo’lishi lozim. “Korporatsiya” maxsus federal agentligi xususiy pensiyalarning kafolati sifatida amaldagi pensiya jamg’armalarining to’lov qobiliyatini kuzatib boradi va kompaniyalar bankrotlikka uchragani taqdirda, ularning qatnashchilariga beriladigan to’lov miqdori va tartibini belgilaydi.
Evropa mamlakatlarining ijtimoiy qonunchiligi Amerika qonunchiligidan davlatning ijtimoiy siyosat yo’nalishlarini belgilash, rejalashtirish, moliyalashtirish va hayotga tadbiq etishdagi ishtirokining yuqoriroq darajasi bilan farqlanadi. Bunda ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatishdagi mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining muhim roli hamda aholining ko’proq qismini ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari bilan qamrab olinishini ta`kidlash lozim.

Ijtimoiy ish xodimlari Britaniya Assotsiatsiyasi Axloq Kodeksi


Ijtimoiy ish xodimlari Britaniya Assotsiatsiyasi - bu Birlashgan Qirollikdagi ijtimoiy ish xodimlarining professional assotsiatsiyasidir. Uning majburiyatiga a`zolar tomonidan axloqiy majburiyatlarni bajarilishini hamda ularga xizmatdan foydalanuvchilarning huquqlarini ta`minlash va himoya qilishlari uchun lozim bulgan kasbiy huquqlarini imkon darajasida ta`minlash kiradi.


Assotsiatsiya Axloqiy Kodeksining birlamchi maqsadi ijtimoiy ishga xos bo’lgan qadriyatlar va tamoyillarni bayon qilish va axloqiy amaliyot uchun ko’rsatma berish. Kodekslar barcha a`zolar uchun majburiy va Kodekslar orqali Assotsiatsiya Birlashgan Qirollikdagi barcha ijtimoiy ish xodimlari va ish beruvchilarining diqqatini jalb kilinishiga umid bog’laydi.
Assotsiatsiya ijtimoiy ishning Ijtimoiy Ish xodimlari Xalqaro Federatsiyasi va Ijtimoiy Ish Maktablari Xalqaro assotsiatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi ta`rifini qabul qildi. Bu dunyoning har bir xududidagi barcha ijtimoiy ish amaliyotchilariga ta`lluqlidir.
Ijtimoiy ish kasbi ijtimoiy o’zgarishlarga, insoniy munosabatlar muammolarni hal qilishga, shuningdek odamlarning farovonligini oshirish uchun imkoniyatlarning taqsimlanishiga va ozod bulishiga ko’maklashadi. Insoniy xulq-atvor va ijtimoiy tizimlar haqidagi nazariyalardan foydalanib, ijtimoiy ish odamlarniig atrofdagilar bilan o’zaro aloqadorlikka kirishgan joylarda yuzaga keladi. Inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillari ijtimoiy ishning asosi bo’ladi. (2001).



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling