SO‘ROV – sotsialogik, psixologik, demografik va boshqa tadqiqotlarda qo‘llaniladigan birlamchi verbal (og’zaki) axborot yig’ish uslubi.
SHAXS – aloxida individ, moxiyatan yaxlit ijtimoiy- axloqiy olam. U o‘zida inson moxiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
EKSPERIMENT –(lotincha experimentium –tajriba, sinab ko‘rish) fanda narsa va xodisalarni sezgi-predmet faoliyati bilan tadqiq qilish, o‘rganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli.
IJTIMOIY HARAKAT – harakatning o‘ziga xos shaklini, ijtimoiy borliqdagi har qanday o‘zgarnishlar va o‘zaro aloqalarni ifodalovchi tushuncha. Ijtimoiy harakat ijtimoiy borliqning atiributiv va universal xarakteristikasidir. Ijtimoiy harakat jamiyatdagi moddiy va ma’naviy jarayonni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |