Konstitutsiya - Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo`lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko`p o`tmay, iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga tayandi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va odatli qonunshunoslik an`analari ham chuqur o`rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |