Samarqand – 2022 mundarija
Ijobiy auditorlik xulosasi
Download 86.2 Kb.
|
2 5348520183843526268
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takidlovchi qism.
- Yakunlovchi qism
- Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.
- , ta’kidlovchi va yakunlovchi
Ijobiy auditorlik xulosasi
Kirish qism. Men (biz) ___________________________________ (auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) auditor (auditorlar)___________________________ (auditorlarning nasabi, ismi-sharfi) tomonidan________________________________ning (xojalik yurituvchi subyekt nomi) 2021- yil 1 -yanvardan 31 -dekabrgacha bo`lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshiruvdan o`tkazildi. Auditorlik tekshiruvidan o`tkaziladigan moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas'uliyat xojalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yuklatiladi. Auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha berilgan xulosa uchun mas'ul hisoblanadi. Ta'kidlovchi qism. Biz auditorlik tekshiruvini AFMS larga muvofiq o`tkazdik. Ushbu standartlar bizga, moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalanuvchilarda, moliyaviy hisobotda unchalik ahamiyatli kamchiliklar yo`qligi to`g`risida yetarli darajada ishonchni ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka hamda moliyaviy xojalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashdan iborat. Biz, o`tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega deb hisoblaymiz. Yakunlovchi qism. Biznig fikrimizcha, _____________________ning (xojalik yurituvchi subyekt nomi) moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi va mazkur xojalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan moliyaviy va xojalik muomalalari O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq. Auditorlik tashkiloti rahbari___________ (imzo) Auditorlar________________ (imzolar) «___»_________________20 y. M.O`. Salbiy auditorlik xulosasi ham alohida anketa orqali rasmiylashtiriladi. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi. Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda). Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi. Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi. Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi. Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim. Download 86.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling