Samarqand 2022 reja: kirish


Download 218.98 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi218.98 Kb.
#1582914
Bog'liq
“Bayt ul-Hikma” - musulmon dunyosi ilm-fan KURS ISHI


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


KURS ISHI

Mavzu: “Bayt ul-Hikma” - musulmon dunyosi ilm-fan va
madaniyatining beshigi sifatida
Bajardi: _______________________
Tekshirdi: ______________________

Samarqand 2022
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. BAYT UL-HIKMA ILM MA’RIFAT O’CHOG’I

  2. BAYT UL-HIKMADA FAOLIYAT YURITGAN MUTAFAKKIRLAR

  3. ZAMONAVIY ILM FANDA BAYT UL-HIKMANING O’RNI

  4. BAYT-UL HIKMANING BUGUNGI KUNDAGI O’RGANILISH TARIXI


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Bayt ul-Hikma” - musulmon dunyosi ilm-fan va madaniyatining 

beshigi sifatida 
O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixida Bag‘dodda bunyod 
etilgan «Bayt al-hikma» so‘zsiz, yirik ilmiy voqea sanaladi. 
«Bayt al-hikma» o‘zbek tilida «Hikmatlar uyi» degan mazmunni anglatadi. 
Bu iboradagi «hikmatlar» ortida o‘sha davrdagi qator fanlar, jumladan, 
falsafa, tabobat, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, diniy ilmlar tushuniladi. Binobarin, «Bayt al-ikma» birinchi navbatda, ushbu sanab o‘tilgan fanlar qolaversa, boshqa fan 
yo‘nalishlarida ham ish olib borilgan ilm va tarjimalar dargohi bo‘lgan
Mohiyatan avvaliga kutubxona sifatida bunyod bo‘lgan «Bayt al-hikma» 
ko‘p vaqt o‘tmay, u yerda jamlangan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish 
markaziga aylandi. Keyinchalik esa, bu markaz tevaragida o‘z davrining eng yirik 
olim va tarjimonlari to‘planib, ijod qildilar. Ta‘kidlash joizki, ularning 
o‘zagini 
Movarounnahr va Xuroson olimlari tashkil etdi. Ayni paytda bu maskanda
bir tomondan, yunon, hind va fors tillaridagi ko‘plab nodir asarlarning jamlangani, ikkinchi tomondan jamlangan kitoblarning eng noyoblari tanlab olinib, arab tiliga o‘girilgani hamda muomalaga kiritilishi, uchinchi tarafdan esa, muhim asarlarni yaratgan taniqli olimlarning «Bayt al-Hikma»da to‘plangani, uni o‘rta asrlarning eng mashhur ilmiy dargohiga aylanishi va ilmiy adabiyotlarda «Bag‘dod ilmiy 
maktabi» va «Bag‘dod akademiyasi» degan nomlar bilan tanilishiga asos bo‘ldi. 
«Bayt al-hikma» ta‘sis etilgan yil haqidagi ma‘lumotlar hozirga qadar 
ma‘lum emas. U Bag‘dodning qaysi nuqtasida joylashgani borasida ham aniq bir 
xulosaga kelish qiyin. Ammo u xalifa saroyining biror-bir qismida joylashgan 
bo‘lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, «Bayt al-hikma»ning 
tashkil topishi ba‘zan faqat xalifa al-Ma‘mun ismi bilan ham bog‘lab 
ko‘rsatiladiki, bu hakikatdan ancha yirokdir. 
Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 34-bet. 
Tarixdan ma‘lumki, 749 yilda Abu-l-Abbos Saffah (749-754) xalifa Marvon 
II ni taxtdan ag‘dargach, xalifalikni boshqarish abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadi. 
Bag‘dod tez orada sharqda Markaziy Osiyogacha, g‘arbda Ispaniyaga qadar 
kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar, odatda, o‘zlari bosib 
olgan mamlakatlarning boyliklarini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatish uchun barcha 
imkoniyatlarni ishga solar edilar. Shu boisdan bu mamlakatlarning ham moddiy, 
ham ma‘naviy boyliklari asta-sekin Bag‘dodga oqib kela boshladi. Ayniqsa, al-
Mansur, Horun ar-Rashid, al-Ma‘mun kabi Abbosiy xalifalar qadimiy qo‘lyozma 
asarlar va yirik olimlarni o‘z saroylariga jalb etishga alohida e‘tibor qaratish bilan 
bir qatorda, bu borada mislsiz jonbozlik ham ko‘rsatdilar. Natijada Bag‘dod tez 
orada butun xalifalikda ilmiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega 
bo‘lgan qulay shaharga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, olimlarning o‘sha yerda 
ijod qilish ishtiyoqini oshirib yubordi. 
Saroyda qulyozma asarlarni saqlash odati ummaviylar sulolasi davrida ham 
mavjud bo‘lsada, bu ish abbosiy xalifalardan al-Mansur davrida doimiy jarayonga 
aylandi, sifat va miqdor jihati ham tubdan o‘zgardi. Al-Mansur nodir qo‘lyozma 
asarlarni to‘plashdan tashqari, o‘zga yurtlardagi olimlarni ham o‘z saroyiga jalb 
eta boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy 
e‘tiqodda bo‘lgan ko‘pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va 
muhandislar xizmat qilgan. Ular orasida Bag‘dod shahrining qurilishida ishtirok 
etgan astrologlar - eronlik an-Navbaxt (vaf. 777 y.) va basralik yahudiy 
Menassiyalar (vaf. tax. 815 y.) ham bor edi. Musulmonlar orasida «Mashallax» 
nomi bilan tanilgan Menassiya, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Amin va al-
Ma‘munlar davrida eng mashhur astrologlardan biri edi. 
Al-Mansur saroyida Gundishopur maktabidan Bag‘dodga taklif etilgan 
qator tabiblar ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular ichida Baxtyashu oilasiga mansub bir 
qancha xristian tabiblari bo‘lib, ularning eng yirik namoyandasi bo‘lmish Jibril ibn 
Baxtyashu, xalifa al-Mansur uchun tabobatga oid ko‘pgina asarlarni yunon tilidan 
arab tiliga tarjima qiladi. Jibril ibn Baxtyashuning o‘zi va bu oilaning undan ortiq, 
boshqa tabiblari Bag‘dod shahrida uzoq yillar davomida tabiblik faoliyati bilan 
mashg‘ul bo‘lganlar. 
Xurosonlik yirik kimyogar va tarjimon Jobir ibn Hayyon ham xalifa al-
Mansur davrida yashagan. Ibrohim al-Fazariy xalifa al-Mansurning topshirig‘iga 
binoan, hindlarning astronomiyaga oid yirik qomusiy asari «Sindhind»ni sanskrit 
tilidan arab tiliga tarjima qiladi
Yuqorida zikr etilgan asarlardan tashqari, al-Mansur uchun falsafa, tabobat, 
falakiyot, riyoziyot, tarix, adabiyotga oid boshqa kitoblar ham tarjima qilingan. 
Xalifa al-Mansur mazkur kitoblar, yozilgan noyob qulyozma asarlarni saqlash 
uchun o‘z saroyidan maxsus joy ajratgan1. Shu tariqa «Bayt al-hikma»ning 
yaratilishiga asos bo‘lgan saroy kutubxonasi paydo bo‘ldi. 
Ammo bu kutubxonaning vazifasi kitobxonlarni zaruriy adabiyotlar bilan 
ta‘minlash emas, balki to‘plangan nodir qulyozma asarlar, turli mamlakatlardan 
keltirilib, arab tiliga o‘girilgan kitoblarni saqlashdan iborat bo‘lgan. Al-Mansur 
davrida bu maskan hali «Bayt al-hikma» deb nomlanmagan edi. 
Ma‘lumki, al-Mansurning o‘g‘li Muhammad al-Mahdiy ibn Mansur (775-785) va 
nabirasi al-Hodiy ibn al-Mahdiylar (785-786) hukmronlik qilgan yillarda ilmiy 
izlanishlar va tarjima faoliyatida katta siljishlar yuz berdi, deb bo‘lmaydi. Shu 
sababdan ham ular davrida «Bayt al-hikma» bilan bog‘liq bo‘lgan sezilarli 
o‘zgarishlar ruy bermagan, deb o‘ylaymiz. 
Abbosiy xalifalar ichida eng dong taratgani Horun ar-Rashid (786-809) taxtga 
o‘tirganidan so‘ng, ijtimoiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida katta 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, albatta, «Bayt al-hikma»ga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay 
qolmadi. 
O‘rta asr manbalaridagi ba‘zi ma‘lumotlar «Bayt al-hikma» Horun ar-Rashid 
davrida ta‘sis etilgan, degan xulosaga kelishga asos bo‘ladi. Jumladan, Ibn an-
Nadim o‘zining «al-Fixrist» kitobida vazir Sahl ibn Horun, astrolog Abu Sahl al-
Fadl ibn Navbaxt2 va nusxa ko‘chiruvchi A‘lon ash-Shu‘uvbiylar3 haqida so‘z 
B.Abduhalimov.Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 36-bet. 
yuritar ekan, ularni Horun ar-Rashidning «Bayt al-hikma»sida faoliyat ko‘rsatgan, 
deb ma‘lumot beradi. Bundan, «Bayt al-hikma» Horun ar-Rashid davrida mavjud 
edi, degan mantiqiy xulosa paydo bo‘ladi. Ehtimol, Horun ar-Rashid o‘z saroyida 
jamlangan katta miqdordagi kitoblar, tarjimonlar va ulamolar uchun alohida joy 
ajratib, unga «Bayt al-hikma» nomini bergan bo‘lishi mumkin. Shuni ham aytish 
kerakki, «al-Fixrist» muallifi bu markazni ba‘zan «Bayt al-hikma», ba‘zan esa 
«Hizanat al-hikma» iborasi bilan ataydi. 
Ayni paytda o‘rta asrlarning yana bir mashhur mualliflaridan Yoqut al-Hamaviy 
ham Ibn an-Nadimning fikrini tasdiklaydi. 
Umuman, Horun ar-Rashid davrida «Bayt al-hikma» turli adabiyotlar 
saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi. 
U yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat turli mavzulardagi kitoblar 
bilan tanishish, balki ularni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda 
tarjima ishlariga bo‘lgan ahamiyat bag‘oyat ortib, «Bayt al-hikma»dagi asarlar 
soni yanada ko‘paydi. 
Ibn al-Kiftiyning bu markaz haqidagi fikrlari ham nihoyatda diqqatga sazovor. U 
shunday deb yozadi: «Hakikatan, «Bayt al-hikma» turli ilmiy yo‘nalishlar markazi 
bo‘lib, Horun ar-Rashid bu institut haqidagi fikrning ibtidosi edi. Uning o‘g‘li 
xalifa al-Ma‘mun bu ishni amalga oshirdi. «Hikmat» so‘zi musulmon olimlarining 
fikriga ko‘ra ilohiy ilmlar, hisob, tabobat va falakiyotni qamrab olgan»1. 
Fikrimizcha, Ibn al-Kiftiy sanab o‘tgan ilmlar qatoriga falsafa ham kiritilsa, 
Bag‘dod ilmiy maktabidan o‘rin olgan asosiy fanlar majmuasi to‘lik ifodalanadi

Horun ar-Rashidning kichik o‘g‘li al-Amin (809-813) davrida «Bayt al-


hikma»ning faoliyati birmuncha susaygan bo‘lsa, uning katta o‘g‘li al-Ma‘mun 
davrida o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Biz al-Ma‘munni - 
katta, al-Aminni esa kichik o‘g‘il deb shartli ataymiz, aslida ularning har ikkisi 
ham bir vaqtda, ya‘ni 786 yilda ikki onadan dunyoga kelgan. Al-Ma‘mun al-
Amindan olti oyga katta bo‘lishiga qaramay, xalifalik kursisiga avval al-Amin 
B.Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 36-bet. 
o‘tirgan. «Bayt al-hikma»ning taqdirida al-Ma‘munning o‘rni bag‘oyat yuksak 
bo‘lgani tufayli, biz uning ilmiy va siyosiy faoliyati, shuning barobarida, har ikki 
aka-uka munosabatlari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
Al-Ma‘mun «Bayt al-hikma»ga alohida e‘tibor bilan qaradi. Natijada uning 
davrida (813-833) «Bayt al-hikma»dagi ilmiy muhit misli ko‘rilmagan darajada 
rivojlanib, u yerda yunon, fors va hind tillaridagi muhim kitoblarni arab tiliga 
o‘girish, sharhlash bilan bir qatorda, mustaqil ilmiy faoliyat ham olib borilib, 
yangi asarlar yozildi
Al-Ma‘mun diniy ilmlar, falsafa, aniq fanlar bilan qiziqqan 
va o‘zi ham ular bilan muntazam shug‘ullangan. Shuningdek, u tarjimonlar va 
olimlarga har bir yozgan yoxud tarjima qilgan kitoblari uchun katta mukofotlar 
tayinlagan. Al-Ma‘munning bevosita homiyligi ostida Yunoniston, Hindiston, 
Rum, Eron va Marvdan «Bayt al-hikma»ga katta miqdorda turli mavzudagi 
kitoblar kelib tushgan. Ularning ba‘zilari esa harbiy yurishlardagi o‘lja sifatida 
Bag‘dodga olib kelingan. 
Al-Ma‘munning qo‘llab-quvvatlashi bilan eng sara asarlar tanlab olinib, 
arab tiliga o‘girildi. Umuman, bu davrda tarjimonlik ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, 
u yaxshi tashkil etilgan doimiy faoliyatga aylandi. Tarjimonlar alohida-alohida 
guruhlarga bo‘linib ishlaganlar har bir guruhni albatta malakali, mohir tarjimon 
boshqargan va so‘nggi tahrir uchun ushbu shaxs mas‘ul bo‘lgan. Tarjimalar, 
odatda, yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga, ba‘zan esa yunon tilidan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri arab tiliga o‘girilgan. Aksar hollarda, tarjimalar kitob 
matnlarining asli bilan taqqoslab amalga oshirilgan. Har bir tarjimonlar guruhi 
tarkibida matn ko‘chiruvchi va kitoblarni muqovalovchi mutaxassislar bo‘lgan. 
Binobarin, al-Ma‘mun davriga kelib, «Bayt al-hikma» tarkibida yirik kutubxona, 
tarjima va asarlar yozish, ko‘chiruvchilar hamda muqovalash uchun ajratilgan 
maxsus xonalar mavjud edi. Bag‘dodning ash-Shammosiya mintaqasi hamda 
Damashq atrofidagi Qasiyun tog‘larida mavjud bo‘lgan rasadxonalar ham «Bayt 
al-hikma» tarkibiga kirgan. Manbalarda al-Ma‘mun tasarrufidagi bu ikki mashhur 
O‘sha joyda. 
rasadxonaning «Bayt al-hikma» tarkibida bo‘lganini anglatuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ma‘lumotlar uchramaydi. Zero tarixdan ma‘lumki, al-Ma‘mun o‘z saroyiga 
to‘plagan aksariyat astronomlar, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-
Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, Yaxyo ibn Abu Mansur, Xolid al-Marvarrudiy, 
al-Abbos al-Javhariy va boshqalar mazkur rasadxonalarda kuzatuv ishlarini olib 
borganlar. Modomiki shunday ekan, fikrimizcha, bu ikki rasadxonani ham «Bayt 
al-hikma» tarkibiga kiritish mumkin. 
Yuqorida bayon etilgan ma‘lumotlar asosida «Bayt al-hikma»ning ta‘sis 
etilishi haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin: Bag‘dod xalifalari saroyining 
ma‘lum qismini egallagan «Bayt al-hikma»ning asosi - xalifa al-Mansur davrida 
yaratildi, Horun ar Rashidning homiyligi ostida, u ancha kengaytirildi, 
rivojlantirildi, o‘zining tarixiy «Bayt al-hikma» nomi bilan yuritila boshladi. Al-
Ma‘mun esa u yerda mashhur allomalarni to‘plab, ularga har taraflama ko‘mak 
berdi, uning eng yuqori taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishini va o‘sha davr uchun 
o‘ziga xos ilmiy maktabga aylanishini ta‘minladi. 
O‘rta asr manbalarida «Bayt al-hikma»ning tarkibi quyidagi qismlar va 
olimu tarjimonlardan iborat edi, deb yaqqol ko‘rsatuvchi ma‘lumotlar uchramaydi. 
Lekin manbalardagi u yoki bu munosabat bilan keltirilgan fikr va mulohazalar, bu 
markazning tarkibi haqida birmuncha tahliliy tasavvurlarni tiklash imkonini 
beradi. Aftidan, «Bayt al-hikma» xalifalar saroyining ma‘lum bir qismini 
egallagan bo‘lishi kerak. Unda to‘plangan adabiyotlarning ko‘pligi va shuhratiga 
qaraganda bu kutubxona, ilm va tarjima markazi kattagina binoni egallagan. «Bayt 
al-hikma»da astronomlar tajriba olib borgan ash-Shammosiya mintaqasi va 
Qasiyun tog‘idagi rasadxonalar astronomik talablarga javob beradigan alohida 
joyda bunyod etilgan. Ayni vaqtda olib borilgan izlanish va tajribalar mohiyati va 
mazmuniga ko‘ra, «Bayt al-hikma» bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Shunga 
o‘xshash qarashni tabiblar va shifoxonalar xususida ham bildirish mumkin. 
Albatta, bu astronomlar, tabiblar va umuman, Bag‘doddagi boshqa allomalar al-
Ma‘mun saroyining, binobarin «Bayt al-hikma»ning ajralmas qismi bo‘lgani 
shubhasiz. 
«Bayt al-hikma»da, birinchi navbatda, katta kutubxona mavjud bo‘lgan. U 
yerdagi kitoblarning umumiy soni haqida ma‘lumotlar saqlanmagan. Ba‘zan 
zamonaviy arab tadqiqotchilari bu kutubxonada, hozirgi zamon kutubxonalaridagi 
kabi barcha qulayliklar, ya‘ni fanlar va tillarga qarab taqsimlangan maxsus 
xonalar va javonlar, o‘tirib mutolaa qilish uchun moslamalar, adabiyotlarni 
tartibda saqlash, o‘quvchilarni kitoblar bilan ta‘minlovchi xizmatchilar, 
mukammal mavzu fixristlari (kataloglar) va hatto, toliqqan o‘quvchilarning hordiq 
chiqarishlari uchun musiqa xonalari ham mavjud edi, deb tavsiflaydilar. Bu kabi 
tavsiflar o‘zining ba‘zi jihatlari bilan to‘g‘ri bo‘lsa-da, biroq ularda ma‘lum 
ma‘noda mubolag‘a bor. Shubhasiz, «Bayt al-hikma» o‘z davrining eng namunali 
kutubxonasi 
bo‘lib, keyingi davr Sharq va Fap6 
davlatlaridagi 
kutubxonachilikning rivojiga katta hissa qo‘shgani aniq. 
Ehtimol, «Bayt al-hikma»da kutubxonadan tashqari, tarjima, dars o‘tish, 
nusxa ko‘chirish, muqovalash, hattotlik va umuman, ilmiy munozaralar yuritish 
hamda kitob yozish bilan bog‘liq boshqa jarayonlarga mo‘ljallangan maxsus hujra 
yoki xonalar ham bo‘lgan. Bunday xulosa chiqarishimizga «Bayt al-hikma» da 
yuqorida keltirilgan vazifalar bilan shug‘ullanuvchi mas‘ul shaxslar bo‘lgani asos 
bo‘ladi. 
Quyida bu mutaxassislarning ba‘zilari xususida qisqacha to‘xtalib o‘tish 
bilan bir qatorda, «Bayt al-hikma»dagi xodimlar tarkibi haqida asosiy 
ma‘lumotlarni bir tizimga solishga harakat qilamiz. 
Ma‘lumki, «Bayt al-hikma» al-Mansur, Horun ar-Rashid va al-
Ma‘munlarning shaxsiy e‘tibori, homiyligi va moliyaviy yordamida faoliyat 
ko‘rsatgan. O‘sha davrning badavlat kishilari ulardan o‘rnak olib, kezi kelganda 
«Bayt al-hikma»ni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaganlar. Bu esa, o‘z 
navbatida markazdagi ijodiy faoliyat uchun yanada kengroq imkoniyatlar ochib 
berardi. 
Xalifalardan keyin «Bayt al-hikma»ga mas‘ul shaxs vazir Sahl ibn Horun 
edi. Manbalarda Sahl ibn Horunning «Bayt al-hikma» bo‘yicha maslakdoshi deb 
Sa‘id ibn Horun ham eslatiladi. O‘z zamonasining fozil kishilaridan sanalgan, bir 
qancha risolalar muallifi bo‘lgan bu shaxsga oid ma‘lumotlar deyarli 
saqlanmagan. Ulardan birinchisiga nisbatan manbalarda «Bayt al-hikma»ning 
egasi» («saxib») degan atama ishlatiladi. U «Bayt al-hikma»dagi lavozimlarning 
eng oliysi hisoblangan, bu sohib «Bayt al-hikma»dagi barcha ishlarni boshqarish 
bilan bir qatorda, ularga mas‘ul va javobgar ham bo‘lgan. Biz «saxib bayt al-
hikma»ni «Bayt al-hikma»ning boshqaruvchi egasi» deb tarjima qildik. Xuddi 
shunday - «Bayt al-hikma»ning boshqaruvchi egasi» lavozimiga hozirga qadar 
ismi ham, tarjimai holi ham to‘lik aniqlanmagan «Sallam» ismli yana bir shaxs 
ham sazovor bo‘lgan. Manbalarda uning fors tilidan arab tiliga o‘girgan tarjimalari 
haqida ma‘lumotlar uchraydi. Bu hol uning ham Sahl ibn Horun kabi fors 
madaniyatiga mansubligini ko‘rsatadi. «Al-Fixrist» kitobida Sallamning Abu 
Husayn ismli shaxs bilan hamkorlikda «Al-majistiy» kitobiga yozgan tafsiri ham 
zikr etiladi
Manbalarda «Bayt al-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan bir qancha allomalarga 
nisbatan «xazin», «amin», «mushrif» kabi biror faoliyatni idora etganini 
anglatuvchi so‘zlar uchraydi. Bunday lavozimlarga ega olimlarning soni bir 
vaqtning o‘zida bir nechta bo‘lganidan ish faoliyati o‘z mazmuni, tili yoki yana 
boshqa birorta xususiyatiga ko‘ra qismlarga bo‘lingan, deb taxmin qilish mumkin. 
«Bayt al-hikma»dagi bunday jarayonlarni boshqargan allomalar qatoriga 
Muhammad al-Xorazmiy, Hunayn ibn Is‘hoq, Yuhanna ibn Mosavayh va 
boshqalarni kiritish mumkin. Ularning har biri ma‘lum bir ilmiy yo‘nalishni 
boshqargan. Ko‘rinadiki, bunday lavozimlarga eng yetuk allomalar tayinlangan. 
Idora etuvchi mas‘ul boshqaruvchilar, olimlar va tarjimonlardan tashqari, 
«Bayt al-hikma»da nusxa ko‘chiruvchilar, hattotlar, varroqlar, kitobxonlarga 
xizmat ko‘rsatuvchilar, muqovalovchi ustalar kabi amaliy ishlarni bajaradigan 
Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 38-bet. 
xodimlar guruhi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bu toifadagi xizmatchilar uchun alohida 
xonalarning ajratilganligi ehtimoldan xoli emas. 
Nusxa ko‘chiruvchilar, odatda, tushgan talablarga binoan «Bayt al-
hikma»dagi noyob kitoblardan yangi nusxalar tayyorlaganlar. Shu bilan bir 
qatorda, ular yangi asarlardan nusxalar olib, «Bayt al-hikma»dagi kitob-lar sonini 
adabiyotlar bilan doimo boyitib borganlar. «Bayt al-hikma»dagi eng mashhur 
nusxa ko‘chiruvchi A‘lon ash-Shu‘uvbiy bo‘lib, u haqida keyinroq so‘z yuritamiz. 
O‘rta asrlardagi «varroq»lik zamonaviy tilda «kitobfurush» mazmunini 
beradi. Varroq kerakli asarni tanlaydi, unga munosib qog‘oz topadi, o‘zi 
ko‘chiradi yoki ko‘chirtiradi, ko‘chirilgan asarni ko‘zdan kechiradi, agar xatosi 
bo‘lsa tuzatadi, uning muqovalanishiga, do‘konlarga chiqishiga va sotilishiga 
javobgar bo‘ladi. Varroqlarning aksari o‘z davrining ziyoli kishilari bo‘lgan. 
Misol uchun, varroqlikni kasb qilganlardan biri - Ibn an-Nadim o‘zining «al-
Fixrist» asarini yozgan bo‘lib, hozirda bu kitob o‘rta asrlarga oid dastlabki, eng 
muhim va ishonchli manbalardan biri sanaladi. 
Qo‘lyozmalarni jildlash yoki muqovalash ishlari bilan «Bayt al-hikma»da 
Ibn Abi al-Harish shug‘ullangan. O‘sha kezlari kitoblarni bezash, ularga turli 
jilolar berish alohida san‘at turi darajasiga ko‘tarilib, mutlaqo yangi o‘zgarishlar 
kiritiladi. Bu borada Ibn Muqla, Ibn al-Bavvab kabi mashhur hattotlar dovruq 
taratganlar. 
«Bayt al-hikma»da faoliyat yuritgan mutaxassislar o‘z sohasining tom 
ma‘nodagi mohir ustalari bo‘lib, xalifalikning turli burchaklaridan taklif etilgan, 
turli millat va e‘tiqoddagi kishilar edi. Ular to‘plangan ilmiy markaz - «Bayt al-
hikma» esa o‘zining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra nafaqat o‘sha davr uchun, balki 
keyingi davrlar uchun ham mukammal namuna bo‘lib xizmat qildi. «Bayt al-
hikma»da olib borilgan ish jarayonini o‘rganish, bu markazning qanday vazifalar 
bajarganini aniqlash imkonini beradi. Biz kuyida «Bayt al-hikma»ning asosiy 
vazifalari ustida fikr yuritamiz. 
«Bayt al-hikma», yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, dastlab kutubxona 
sifatida vujudga keladi. Bu esa, «Bayt al-hikma» ta‘sis etilgan ilk davrlarda uning 
asosiy vazifasi qo‘shni davlatlardan keltirilgan qadimgi yunon, fors va hind 
tillaridagi turli asarlarni saqlash, jamlash va ularni ko‘paytirishdan iborat 
bo‘lganini ko‘rsatadi. Kitoblar Bag‘dodda jamlanganidan so‘ng, tabiiyki, ularning 
mazmunini bilish va tushunishga ehtiyoj tug‘iladi. Bu esa, keltirilgan kitoblarni 
arab tiliga o‘girishni taqozo etardi. Shu tariqa «Bayt al-hikma»dagi eng dolzarb 
masala - xorijiy tillardagi kitoblarni arab tiliga o‘girish va ularda ko‘rsatilgan 
natijalarni tajribalar orqali qaytadan tekshirib chiqish edi. Tabiiyki, buning 
uchun turli tillarni biladigan, yuqori malakali tarjimonlar guruhi kerak bo‘lardi. 
Shu bois Bag‘dod hokimlari turli mamlakatlardan arab va boshqa qadimiy tillarni 
biladigan mutaxassislarni «Bayt al-hikma»ga taklif eta boshladilar va ularga 
tarjima ishlari uchun katta maosh tayinladilar. «Bayt al-hikma»dagi dastlabki 
tarjimonlarning aksari qo‘shni mamlakatlardan taklif etilgan nasroniy, majusiy, 
yahudiy, hind va musulmonlar bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi nafaqat oddiy 
tarjimon, balki o‘z sohasining yetuk bilimdonlari va olimlari edi. Bu olimlar «Bayt 
al-hikma»da tarjima va sharhlash ishlaridan tashqari, o‘zlarining nodir asarlarini
yozish barobarida ilmiy izlanishlar ham olib borganlar. Shu tariqa «Bayt al-
hikma» tarjimonlar, faylasuflar, matematiklar, astronomlar, tabiblar, shoirlar 
kabi turli toifadagi olimlarning tez-tez uchrashib, ilmiy munozaralar olib 
boradigan, bir-birlari bilan maslaxatlashadigan maskanga aylandi. Bu bilan uning 
ilk tashkil etilgan vaqtdagi qo‘lyozmalarni saqlash va tarjima qilish vazifasi 
kengayib, ular doirasiga ilmiy-amaliy tajribalar olib borish hamda shu tajriba 
natijalariga asoslangan fundamental asarlarni yozish mas‘uliyati ham qo‘shildi. 
Ba‘zi adabiyotlarda «Bayt al-hikma»da talabalarga darslar o‘tilgani va 
uning qoshida shifoxonalar ham bo‘lgani xaqida so‘z yuritiladi. Darslar tashkil 
etilganiga oid fikrlarni tasdiqlovchi aniq dallillarga ega bo‘lmasakda, biroq o‘sha 

davrda shifokorlik faoliyati bilan shug‘ullangan eng mashhur tabiblarning Horun 


ar-Rashid va al-Ma‘mun tasarrufida faoliyat yuritgani manbalarda qayd etiladi
Ma‘lumki, al-Ma‘mun davrida katta muvaffaqiyatlarga erishgan fanlardan 
biri bu - falakiyot edi. «Bayt al-hikma»dagi astronomlar qadimgi yunon olimlari 
asarlarida ta‘riflangan natijalarni, qaytadan o‘zlarining tajribalari asosida tekshirib 
chiqdilar. Jumladan, Batlamyusning «Al-majistiy» kitobida keltirilgan ko‘pgina 
tajribalar, musulmon astronomlari tomonidan yana bir karra sinovdan o‘tkazildi va 
erishilgan natijalar «al-Ma‘munning sinalgan jadvali» nomli mashhur asarda 
bayon etildi. 
Yuqorida biz bayon qilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, «Bayt al-hikma» tez 
orada turli fanlar bo‘yicha ilmiy munozaralar, tadqiqotlar, amaliy tajribalar olib 
boriladigan hamda nodir asarlar bitilgan, shuning barobarida, astronomik tajribalar 
va shifokorlik bilan shug‘ullanishni keng ko‘lamda amalga oshirgan ilmiy 
dargohga aylandi
28
. «Bayt al-hikma»ning allomalar va tadqiqotchilar uchun 
yaratib bergan qulay shart-sharoitlari, u yerdagi ilm sarchashmasidan ko‘pchilikni 
bahramand etishi, ayniqsa, antiq davrga oid noyob ilmiy merosni saqlab qolib, uni 
qaytadan tiklab, dunyoning turli burchaklarida ilm yo‘lida mayoq bo‘lib 
kelayotgan allomalarga yetkazish markazning asosiy vazifalaridan biri edi. 
Yuqorida zikr etilganidek, Movarounnahr va Xuroson hududlari IX asrning 
boshlarida xalifa al-Ma‘mun tarafidan boshqarilgan. U Marv shahrida o‘n yil 
yashagan bo‘lsa, shundan to‘rt yilida arab xalifasining Marvdagi noibi edi. 
Keyingi olti yilida esa, u Marv shahrida istiqomat qilgani holda o‘sha yerdan 
butun xalifalikni idora qiladi. Quyida biz al-Ma‘munning tarjimai holi va siyosiy 
faoliyatini chetlab o‘tib, uning faqat ilmga munosabati ustida to‘xtalamiz. 
Besh asrga yaqin davom etgan Abbosiylar davlati tarixida xalifa al-Ma‘mun (813-
833) davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Bu esa ko‘p 
jihatdan al-Ma‘munning ilm va ilm ahliga 
Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 43-bet. 
O‘sha joyda. 
ko‘rsatgan e‘tibori, saxovati bilan belgilanadi. Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini 
yaxshi anglab yetgan al-Ma‘mun, o‘zi boshqargan davlatda ilm-fanga katta umid 
bilan qaradi va uni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat 
qildi. O‘z tabiatiga ko‘ra tadbirkor, bilimdon, zukko, donishmand bo‘lgan xalifa 
doimo kamolotga, bilimlarini chuqurlashtirishga intilgan. U har bir ilmiy masalani 
o‘rganishga, uning tub mohiyatiga yetishga zavqu shavq bilan kirishar edi. Ibn an-
Nadimning ta‘kidlashicha, al-Ma‘munning o‘zi islom dini, tavxid, payg‘ambarlar 
va xalifalarga bag‘ishlangan uch asar muallifi bo‘lgan. Ayni paytda u al-
Ma‘munni fiqh va kalom ilmlarini tushunadigan eng bilimdon xalifa, deb 
nomlaydi. 
Al-Ma‘mun allomalarni o‘z saroyiga to‘plab, ular bilan turli ilmiy mavzularda 
munozaralar olib borishning shaydosi bo‘lgan. Munozaralarda o‘sha davrning 
ko‘zga ko‘ringan donishmandlari ishtirok etganlar. Mazkur allomalar dunyoning 
turli burchaklaridan taklif etilgan bo‘lib, ular orasida musulmonlar bilan birga 
nasroniylar, yahudiylar va boshqa diniy e‘tiqod vakillari ham bor edi. Taqdir 
taqozosi bilan xalifa saroyida toAplangan turli millat va madaniyat vakillari o‘zaro 
tajriba almashdilar, bir-birlaridan ilm o‘rgandilar. Natijada o‘sha davr fani va 
madaniyatida yirik kashfiyotlar dunyo yuzini ko‘rdi va kelajakdagi yuksalish 
uchun zamin hozirlandi. 
Al-Ma‘mun saroyida xizmat qilgan Ja‘far ibn Muhammad al-Anmotiyning xabar 
berishicha, Marvdan Bag‘dodga ko‘chib kelgan xalifa o‘z saroyiga Bag‘doddagi 
olimlar, faqihlar va mutakallimlarning katta guruhini taklif etadi. Bu yerdagi ilmiy 
munozaralardan keyin avvaliga yuzga yaqin, keyinroq esa, yana bir qancha faqih 
va donishmandlarni tanlab oladi. Yana Ja‘far al-Anmotiyga ko‘ra, ilmiy
munozaralarning birida dasturxonga uch yuzdan ortiq noz-ne‘matlar tortiladi. Al-
Ma‘mun har bir taomni izohlar ekan, uning nima maqsadda iste‘mol qilinishini 
sharhlab o‘tadi. Xususan, u safro va balg‘amga qarshi qanday taom tanovul 
qilinishi, vaznni oshirish va kamaytirish uchun nima yeyish maqsadga 
muvofiqligi, shuningdek, dasturxonga qo‘yilayotgan barcha noz-ne‘matlarning 
inson salomatligida qanday o‘rin tutishini aytib beradi. Shunda munozaraga 
yig‘ilgan olimlardan biri xalifaga qarab shunday deydi: «Ey musulmonlarning 
amiri, agar biz tabobatni muhokama qilsak, sen uni tushunishda Joliyuvnusni, ilmi 
nujum haqida suhbatlashsak Hurmusni, fiqhda esa Ali ibn Abu Tolibni 
eslatmoqdasan. Saxovat bobida sen Hotamsan, notiqlikda tanho hamda saxiylikda 
Ka‘b ibn Momani ortda qoldirasan». Bunga javoban xalifa: «Ey Ja‘far, shuni 
bilginki, inson insondan faqat aqli, zakovati, xatti-harakatlari va boshqa 
xususiyatlari bilan farlanadi. Aks holda bir shaxsning ikkinchi shaxsdan farqi 
bo‘lmay qolgan bo‘lur edi», - deydi. 
Al-Ma‘munning insonlar xaqidagi fikri ham diqqatga sazovor. Uning nazdida, 
odamlar uch toifaga bo‘linadi: birinchisi taom singari bo‘lib, unga doimo ehtiyoj 
seziladi, ikkinchisi esa, dori kabi goh-gohida zarurat talab qilinadi va nihoyat, 
uchinchi turkum insonlar hamisha og‘riq singari kishiga zahmat yetkazishadi. 
Al-Ma‘mun bobosi al-Mansur, otasi Horun ar-Rashid tarafidan saroyda to‘plangan 
kitoblar sonini ko‘paytirdi. Saroydagi bu kutubxona Horun ar-Rashid davrida 
«Bayt al-hikma» deb nomlana boshlagan edi. Keyinchalik u kutubxona doirasidan 
chiqib, tarjima va ilm markazi vazifasini o‘tadi. Al-Ma‘munning «Bayt al-
hikma»ga bo‘lgan doimiy e‘tibori natijasida, uning ismi tarixiy manbalarda doimo 
bu ilm dargohi bilan birga yod etilishi an‘anaga aylanib qolgan. 
Al-Ma‘mun Rum xukmdorining qo‘l ostidagi boy kutubxonasini «Bayt al-hikma» 
ixtiyoriga berishga ko‘ndira oldi. Ba‘zi kutubxonalarni esa u o‘z harbiy yurishlari 
natijasida qo‘lga kiritilgan o‘lja sifatida Bag‘dodga keltirdi. Shu tariqa «Bayt al-
hikma» hind, yunon, fors, turkiy, suryoniy, nabatey, ibroniy (yahudiy), qibt 
tillarida bitilgan asarlar jamlangan eng yirik markazga aylandi. 
Xalifa «Bayt al-hikma»ga yig‘ilgan kitoblarni arab tiliga tarjima qilish, o‘rganish 
maqsadida saroyga tarjimonlarni taklif etadi. Ular orasida Hunayn ibn Is‘hoq, 
Yuhanna ibn Mosavayh, Abu Sahl al-Fadl ibn Navbaxt, Yoqub al-Kindiy, Banu 
Muso, Sobit ibn Qurra, Qusta ibn Luqa al-Baalbakkiy va boshqalar bor edi. 
Asarlar avval yunon tilidan suryoniy tiliga, so‘ngra arab tiliga o‘girilgan. Chunki 
o‘sha davrdagi tarjimonlarning aksariyati suryoniy tilini biladigan nasroniylar edi. 
Uqliydis, Arastu, Joliyuvnus, Buqrot, Batlamyus kabi mashhur yunon 
mutafakkirlarining asarlari arab tiliga o‘girilib, islom olamiga taqdim etildi. Al-
Mamun tarjima ishlariga katta e‘tibor berib, ularga homiylik qilardi va har bir 
tarjima qilingan asar uchun ba‘zi hollarda, kitob vazniga teng mikdorda oltin inom 
etardi. Al-Mamunning topshirig‘iga binoan, Batlamyusning «Al-majistiy» 
asarining arab tiliga o‘girilishi musulmon astronomlari ijodida keskin 
o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Ular bu kitobni katta qiziqish bilan o‘rganib chiqib, 
unga izoh hamda sharhlar yozishdi. «Al-majistiy»dagi ba‘zi fikrlarni qabul qilgan 
bo‘lsalar, boshqalariga e‘tiroz bildirib, o‘z tajribalari orqali qaytadan tekshirishga 
harakat qildilar. Shu tariqa ularning asarlarida yangi fikrlar va kashfiyotlar paydo 
bo‘la boshladi. 
Shunisi e‘tiborga molikki, «Bayt al-hikma»da to‘plangan donishmandlarning 
aksar qismini Xuroson va Markaziy Osiyo allomalari tashkil etgan. Ular o‘z 
vaqtida al-Mamun bilan Marvda tanishib, keyinchalik xalifaning taklifiga ko‘ra, 
Bag‘dodga ko‘chib o‘tgan edi. Al-Mamun saroyida ijod qilgan Markaziy Osiyo 
olimlaridan Muhammad al-Xorazmiy, Yaxyo ibn Abu Mansur, Habash al-Hasib 
al-Marvaziy, Xolid al-Marvarrudiy, al-Abbos al-Javhariy, Ahmad al-Farg‘oniylarni sanab o‘tish mumkin. Bu olimlar al-Ma‘mun va undan keyingi 
xalifalar davrida ko‘plab astronomik tajribalarda faol ishtirok etganlar. Umuman, 
al-Ma‘munning ilm-fanga bo‘lgan e‘tibori natijasida, o‘sha davrdagi deyarli 
barcha fanlarda xususan, riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, falsafa, 
mantiq, adabiyot, diniy ilmlarda qator yutuqlarga erishildi. 
Qadimgi yunon donishmandlarining falsafa va mantiqka oid asarlarining arab 
tiliga tarjima qilinishi al-Mamun va o‘sha davrdagi barcha allomalarda katta 
qizikish uyg‘otdi. Musulmon mualliflari mazkur asarlarga izoh, sharh va 
qisqartmalar tuza boshladilar va natijada o‘zlarining falsafa, mantiq, kalom ilmiga 
oid yangi asarlarini yozdilar. Ayniqsa, o‘sha davrning yirik faylasuflari bo‘lmish 
Yoqub al-Kindiy, Ahmad ar-Ravandiylar xalifaning qanoti ostida katta ilmiy 
izlanishlarni olib bordilar
Avvalgi sahifalarda ta‘kidlaganimizdek, al-Ma‘mun zamonasida «ilm al-
kalom» tez sur‘atlar bilan taraqqiy eta boshladi. Al-Mamun shoir va adiblarga 
katta e‘tibor bilan qaradi, uning saroyida adabiy va ilmiy mushoiralarning tez-tez 
o‘tkazilib turilishi doimiy ananaga aylandi. 
Ijtimoiy fanlar borasida asarlar yozishda qiyinchilik bo‘lmasada, biroq, 
tabiiy fanlarda yunon olimlarining asarlarini tajribalar orqali tekshirish, yaьni 
amaliy tajribalar bilan shug‘ullanish zarurati tug‘ildi. Shuning uchun al-Mamun 
qo‘l ostidagi barcha allomalarga yunon olimlarining falakiyot, riyoziyot, tabobat 
va kimyo sohasidagi meroslarini amaliy tajribalar orqali tekshirish vazifasini 
qo‘ydi. Rejalashtirilgan kuzatuv va tajriba ishlarini amalga oshirish maqsadida, 
yangi shifoxonalar, rasadxonalar qurildi hamda ular uchun zarur tibbiy va 
astronomik jihozlar, xususan asturloblar yasaldi. 
Al-Ma‘munning tashabbusi bilan Damashqdagi Qasiyun tog‘ida va 
Bag‘doddagi ash-Shammosiya xududida ikkita rasadxona bunyod etildi. 
Rasadxonada faoliyat yurituvchi astronomlar Batlamyusning «Al-majistiy» 
asaridagi ma‘lumotlarni tekshirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Tajriba 
va tekshiruv natijalari esa, «Al-Ma‘munning sinalgan jadvallari» nomli mashhur 
astronomik asarida o‘z aksini topdi. Al-Ma‘mun bir qator o‘tkazilgan tajribalarda 
shaxsan o‘zi ishtirok etgan, ba‘zilarini esa kuzatib borgan. Xalifaning bevosita 
ishtiroki va kuzatuvi ostida olib borilgan astronomik tajribalardan biri, Bag‘dod va 
Damashq shaharlarida osmon ekvatorining ekliptika bilan kesishish burchagini, 
ya‘ni eng katta og‘ish burchagini aniqlash bo‘lgan. Erishilgan natijalar - 23°35' va 
23°34'27" amalga oshirilgan tadqiqotlarning aniqligidan dalolat beradi. 
Al-Ma‘mun davrida bajarilgan tajribalardan yana biri 217/833 yili 
Suriyaning shimolidagi Sinjar dashtida yer meridiani bir darajasining uzunligini 
o‘lchash edi. Manbalarda mazkur tajribani, asosan, markaziy osiyolik olimlar 
Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 48-bet. 
bajargani zikr etiladi. O‘lchov nati-jalarida bu mikdor 56 2/3 milya deb topildi. Bu 
esa zamonaviy hisoblardan deyarli farq qilmaydi. Umuman, al-Ma‘mun davrida 
yozilgan asarlarda falakiyot fanidagi asosiy tushunchalar, ya‘ni Yerning 
sharsimonligi, koinotning markazida joylashgani, Quyosh, Oy va yulduzlarning 
Yer atrofida aylanishi, Oyning Yerga eng yaqin samoviy jism ekani, ularning 
barchasi har kuni yer atrofida to‘liq, bir marotaba aylanishi e‘tirof etiladi. 
Al-Ma‘mun huzuridagi «Bayt al-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan Muhammad 
al-Xorazmiy riyoziyot, falakiyot va geografiya kabi fanlarning rivojida o‘chmas iz 
qoldirdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu olim hozirgi zamon riyoziyot 
fanining bir qancha tarmoq va fundamental konsepsiyalarining asoschisi 
hisoblanadi. 
Al-Ma‘mun davrida geografiya va kartografiya sohalarida dastlabki asarlar 
yozilgan. Jumladan, yuqoridagi Muhammad al-Xorazmiyning «Yerning tasviri» 
asari o‘rta asr arab xalifaligida yaratilgan ilk va muhim geografik asarlardan biri 
bo‘lgan. Bundan tashqari, adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, yetmishga yaqin 
geograflar al-Xorazmiy rahbarligida tadqiqotlar olib borganlar va al-Ma‘mun 
nomi bilan mashhur bo‘lgan dunyoning ilk xaritasini yaratganlar. 
Bu ikki shaxs orasidagi munosabat juda iliq bo‘lib, xalifaning ilmga 
e‘tiborini al-Xorazmiy quyidagicha bayon qiladi: «Alloh imom al-Ma‘munga, 
unga meros bo‘lib o‘tgan xalifalik lavozimini in‘om qilib muruvvat etganligi, bu 
lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga 
muhabbat va olimlarni o‘ziga yaqin tutishga intilish hissiyotini uyg‘otganligi 
menga jasorat ato qildi, chunki u ularning ustiga o‘z homiylik qanotini yozib, 
noaniq bo‘lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo‘lgan narsalarni 
osonlashtirishga yordamlashdi»
Yana shuni alohida ta‘kidlash joizki, al-Ma‘mun va uning ota-bobolari 
tabiblarga alohida hurmat bilan qarashgan, ularga har taraflama g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatganlar. Abbosiy xalifalar Bag‘dodga Gundishopur maktabining yirik 
Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010, 49-bet. 
tabiblarini taklif etishgan. Bu maktab tabiblarining eng mashhurlaridan bo‘lmish 
Jibril ibn Baxtyashu Horun ar-Rashidning har ikki o‘g‘li - al-Amin va al-
Ma‘munni davolagan. «Bayt al-hikma»da jamlangan yunon, hind, fors va turkiy 
tildagi tabobatga oid asarlar, ularning arab tiliga tarjimalari, Bag‘dodda faoliyat 
ko‘rsatgan turli millat va elatga mansub tabiblarning tibbiy merosi, Sharq xalqlari 
tabobati rivojining muhim bosqichi sanaladi. 
Yuqorida Sharq kimyo ilmining «otasi» deb zikr etilgan Jobir ibn Hayyon 
ijodining eng yuqori pallasi ham al-Ma‘mun davriga to‘g‘ri keladi. Chunki o‘sha 
davrda iqtisodiy, ilmiy va madaniy hayotning barcha sohalarida samarali 
izlanishlar va yirik kashfiyotlar yuzaga keldi. Shubhasiz, bu yuksalishning yuzaga 
chiqishida al-Ma‘munning ilm-fanga ko‘rsatgan homiyligi muhim ahamiyat kasb 
etdi.



Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling