Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 3/15-1/3-70-son xati ijrosi yuzasidan qilingan ishlar to‘g‘risida ma’lumot


Download 7.47 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi7.47 Mb.
#1764672
Bog'liq
Sport MA\'LUMOT


Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 3/15-1/3-70-son xati ijrosi yuzasidan qilingan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qarori bilan tasdiqlangan Etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturini 2022-2023-yillarda amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasining 3.2, 3.3 va 3.4-bandlarida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Talaba-yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion, ma’naviy-marifiy, milliy sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha. Institutda “Milliy qadryatlar kuni” loyihasi doirasidagi “Milliy sport” yo'nalishida milliy sport o'yinlarimizdan oqterakmi ko'k terak, chillak, tosh ko'tarish, kurash va xo'rozlar jangi turlarida professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishdi. Xalqimiz milliy o‘yinlari yoshlarning jamiyatga qo‘shilishi, o‘ziga baho bera olishida asosiy vosita bo‘lgan. Biroq oxirgi o‘n yillikda bolalar o‘ynagan xalq o‘yinlari gadjetlarga ko‘chdi va ulardagi jismoniy faollik asta-sekin pasayib boryapti. O‘yinlar gadjetlarga ko‘chgani sabab yaqin kelajakda milliy o‘yinlarning tarixga aylanish ehtimoli yo‘q emas. Shuningdek ushbu “Milliy qadriyatlar kuni” loyihasi munosabati bilan Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba yoshlari o‘rtasida miliy kurash sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi ham o‘tkazildi. Bellashuvda o‘g‘il bolalar 6 ta vazn toifasida, g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuv so‘ngida barcha g‘olib sovrindorlar esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandilar.Kurash xalqimizning qadimiy milliy sport turlaridan biridir. Soʻnggi yillarda ushbu milliy sport turini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish, bu boradagi xalqimizning qadimiy anʼanalarini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat
va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Norjigitov


Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 3/15-1/3-70-son xati ijrosi bo‘yicha qilingan ishlar yuzasidan
FOTOLAVHALAR

Download 7.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling