Samarqand, buxoro, xiva yodgorliklaridagi chizmalar. Reja: O’rta osiyo me’morchiliging oziga xos tomonlari


Download 105.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1412922
Bog'liq
O’RTA OSIYO ME’MORCHILIGIDA CHIZMALAR


MAVZU: O’RTA OSIYO ME’MORCHILIGIDA CHIZMALAR. SAMARQAND, BUXORO, XIVA YODGORLIKLARIDAGI CHIZMALAR.
REJA:

  1. O’RTA OSIYO ME’MORCHILIGING OZIGA XOS TOMONLARI.



2. QADIMIY YODGORLIKLARDAGI CHIZMALAR.



  1. ME’MORCHILIK OBIDALARIDAN NAMUNALAR.

Meʼmorlik, arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish sanʼati. Meʼmor inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uyjoylar, meʼmoriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar, usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Aholi yashaydigan manzillar — qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish bilan M.ning jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shugʻullanadi. Tabiat manzaralari bilan bogʻliq muhitni bunyod etish, bogʻlar yaratish sohasi bogʻsozlik (bogʻ-park) sanʼatidir. M. asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviybadiiy mazmunni, oʻz davrini ifodalovchi meʼmoriy qiyofa — obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng ma-hobatli va eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon boʻladi. M. boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik kabi) oʻzida’ mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib, hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy kadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur boʻlgan yetti moʻʼjizatpk hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani bejiz emas.


Oʻtmish davru davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nomnishonsiz toʻzib ketgan. Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiytexnika imkoniyatlari kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida M.ning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliqulkan inshootlari qad. koʻtardi. Hozir ham Misr exromlarini hayrat bilan ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (miloddan avvalgi 7-asr), oʻrta asrlar Yevropa meʼmorligidagi roman (10—12-asrlar), gotika (12—15-asrlar) uslublarida ulkan binolar, xususan, ibodatxonalar bunyod etildi. Afina Akropoli tepasidagi mahobatli Parfenon, doriy kolonnalari qatori, ajoyib re-lyefli haykallari bilan hozirgacha klassik M.ning mashhur ramziga aylangan maktab, teatr, stadion, ibodatxona kabi yangi taqliddagi binolar qurildi. Gotika uslubiga xos choʻziq ravoklar, nayzasimon shakllardagi bezaklar Gʻarbiy Yevropa shaharlarining muqaddas ziyoratgohlariga aylangan. Reymsdagi Notr-Dam sobori (Fransiya, 13—14-asrlar) Uygʻonish davri — Renessans (15-asr oxiri — 16-asr boshlari) uslubi asosini qad. davr klassik meʼmorligi shaklu-shamoyilini yangi davr talab va im-koniyatlari zamini bilan bogʻlab qayta tiklash va rivojlantirish mahsulidir.
Klassik orderlar — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab meʼmoriy ansambllar, majmualar, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish im-koniyatiga keng yoʻl ochib berdi. Oʻrta asrlar meʼmorligida 16-asr urtalaridan boshlab barokko uslubi keng tarqaldi. Binolar har jihatdan bezakdor boʻlishiga alohida eʼtibor berildi. Keyinroq (17—19-asrlar) hashamatli bezaklardan qaytib, yangi davr uslubini topish izlanishlari yaxshi natija berdi. Klassik va Renessans meʼmorligi tamoyillari erishgan yutuklaridan ijodiy foydalanish natijasida klassitsizm uslubi paydo boʻldi. Ayniqsa, Gʻarbiy Yevropa shaharlarida klassitsizm ruhidagi ajoyib meʼmoriy ansambllar yaratildi. 19-asrning 1-yarmi va 20~a.ning boshlarida sanoatning rivojlanishi yangi tipdagi meʼmoriy inshootlar qurilishiga olib keldi. Fka, zavod, elektrostansiya, vokzal, elevator kabi sanoat binolari paydo boʻldi. Ayniqsa, metall, temir-beton konstruksiyalari va boshqa yangi qurilish materiallari (maxsus oyna, plastmassa va boshqalar) M. imkoniyati ufqlarini baland koʻtardi, uslubiy izlanishlar ajoyib natijalar berdi. Qurilish maydoniga nihoyatda qudratli texnika va industriya kirib keldi. Bu esa osmonoʻpar baland, koʻp qavatli binolar tiklash imkonini yaratdi. Binolar standart va takrorlanuvchi (tipovoy) qismlar asosida yigʻilib, ni-hoyatda tez fursatda kurila boshladi. Yangi material, texnika, yangi talab va imkoniyatlar M.da yangi oqimlarni tez yuzaga chiqardi. Funksionistlar (AQSh da F. Rayt va boshqalar) binoning goʻzalligi, uning shakli va funksiyasining uzviyligi, konstruksiyaning nafis, materiallarini tabiiy boʻlishiga bogʻliq deb taʼkidlasalar, boshqa bir guruh meʼmorlar (Germaniyada V. Gropius va boshqa, "Bauxauz" ijodiy markazi) umuman yangi zamon meʼmorligida bezakdorlikka oʻrin yoʻq, deb eʼlon qilishdi. Qurilish texnikasi yutuq va imkoniyatlariga koʻproq eʼtibor berib, M.ning gʻoyaviybadiiy, hatto goʻzallik sifatlarini inkor etish holatlari natijasida konstruktivizm oqimi paydo boʻldi. Ijodiy okimning koʻpligi M. obʼyektlari koʻrinishida oʻz ifodasini topdi. Keyingi yarim asr davomida dunyoning har tomonida ham shaharsozlik sanʼati misli koʻrilmagan miqyosda oʻsib ketdi, ajoyib, goʻzal, zamonaviy shaharlar tarixan qisqa muddatda bunyod topmoqda. Hozirgi zamon M.gida ilgari tarix bilmagan badiiy xususiyatlar sezilmoqda, yaʼni meʼmoriy sanʼatda chegara bilmas baynalmilal ruh va shaklushamoyil aniq sezilib qoldi. Shuning uchun ham M.da milliylik muammosi yana diqqat eʼtiborni tortmoqda. Binobarin M., shaharsozlik, bogʻsozlik sanʼatlari sohasida i. t. ishlari ham butun dunyo meʼmoriy merosini oʻrganishga qaratilgan, ilgʻor meʼmorlik tajribalar ijodkor meʼmor, rassom, talabalar saviyasini oshirish uchun xizmat qilmoqda. M. olamidagi odatga koʻra, tarixiy kitoblar, asosan, qad. dunyo — Misr, Yunoniston, Rim va oʻrta asrlardagi Yevropa davlatlari M.gini kengroq taxlil etadi. Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Arabiston kabi qad. madaniyat markazlari M.gi nisbatan kam oʻrganilgani uchun, ularning xalqaro taʼsiri bir oz cheklanganday koʻrinadi. Jumladan, Markaziy Osiyo M.gi, xususan, Oʻzbekiston M.gi ham mutaxassislar tadqiqotida endigina yuz ochmoqda.
Oʻzbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, "er yuzining sayqali" Samarqand, "bilim va odob gumbazi" Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼyehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chi-nor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga te-muriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-asrda Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʻzFASHI fondida). Hozirgi zamon M.gida keng qoʻllanilayotgan modul tizimi oʻzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum.
Oʻzbekiston M.gi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, M. bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qad. zamonlardayoq unut boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonunqoidalar siru asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramidaehromlar loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.
Oʻzbekiston M.gining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼ-analari, qonunqoidalari 19-asr—20-a, boshlaridagi mustamlaka davrida keskin zarbaga uchradi. M. ijodkorlari maʼmuriyat talabi ostida ishlashga majbur boʻldi. M.da baʼzi yangiliklar qatori qorishiq (eklektika), turli uslublar (rus, yevropa va boshqalar) kirib kelayotgan kapitalistik talablar bilan hamohang boʻldi. Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy M.ni soʻndirib qoʻydi. "Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura" shiori 20-asrning 2-yarmidan boshlab baʼzi ijodiy izlanishlarga yoʻl ochdi (Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri binolari kabi). Oʻsha davrda yaratilgan diqqatga sazovor bi-nolarda xalq ustalari ishtiroki bilan ijobiy natijalarga erishildi.
Mustaqil Oʻzbekiston M. sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston M.gi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi ("Turkiston" saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari.
Tеmur va tеmuriylar davrida qurilish ishlari, mе'morchilik misli ko’rilmagan darajada o’sadi va rivojlanadi. V.V. Bartol`d bunday dеb yozadi: «Tеmur bir vaqtning o’zida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi: u buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog’u-rog’lar bilan o’radi, shahar va qishloqlarni tikladi, suv inshootlari barpo etdi va buzilganlarini tuzatdi. Mada­niyat barpo etish mumkii bo’lgan yer maydonlarini bu’sh qoldirmas edi. Tеmurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratda qoldirardi. Musulmon mе'morchiligidagi eng yaxshi davr Tеmur va uning avlodlari nomi bilan boglik».
Tеmur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkеnt, (Zangiota qabri), Buxoro Shaxrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi. Sohibqironning buyrugiga asosan 1365 yilda Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda Kеsh shaharlari atrofida mudofaa dеvorlari barpo etiladi. Tеmurning o’z ona yurti Kеshda, buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono’par va muhtasham madrasalari o’z davrida Sohibqironning kuch-qudratini jadon o’zra ko’z-ko’z qilgan. Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining “Zafarnoma” asarida Kеsh (Shahrisabz) qo’rgoni va Oqsaroyning qurilishi bayonida quyidagilarni yozgan: «Sichqon yiliga to’g’ri kеlgan (hijriy) 781 yilning oxiri (milodiy - mart, 1380), erta bahor fasli edi. O’z kuvvati bilan (tabiatni) gullatib yashnatuvchi mе'mor ko’katlar va maysazorlar shahrini obod qilishga kirishgan, atirgul butalaridan qasrlar yaratib, la'lgun shoxchalar uchini baland ko’targan va ularni firuza rang naqshli barglar bilan bеzagan bir vaqtda. Oliyhazrat sohibqiron gullaridan mushku anbar bo’yi taraluvchi, suvidan gulob ta'mi kеluvchi Kеshning xushhavo va rom etguvchi zaminida shodlik nash'asini surib, orom olmoq azmi bilan bu yerda saltanat taxtini o’rnattirdi. So’ng Shaxrisabz qo’rgonini qurish haqida farmon berdi va (ishlarni) amirlaru lashkar axli o’rtasida taksimladi. 1404 yilda Amir Tеmurning onasi Nеkuzbibi sharafiga qurib bitkazilgan, go’zallikda tеngsiz Oqsaroy ispan elchisi Ryui Gonzalеs dе Klavixo 1403 yili bu yerdan Samarqand tomon o’tayotganda hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o’z xotiralarida Oqsaroyning go’zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini yozadi: «Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan bo’lib, u yerda saroyning shuncha bo’lma va oromgohlarini ko’rsatdilarki, ular haqida juda o’zoq so’zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari bilan jahonga mashhur bo’lgan Parijda ham bu ish juda go’zal hisoblangan bo’lar edi».
Amir Tеmur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob, o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi tеpasida hovuz bo’lib, unga suv taxtaqaracha dovonidan — tog’dan qo’rgoshin quvurlar orqali olib kеlingan. Albatta, Amir Tеmur birinchi navbatda poytaxti Samarqandni dunyoning eng go’zal va obod, ko’rkam va bеtimsol shaharlaridan biriga aylantirishni o’zining bosh vazifasi dеb biladi. U ishni eng avvalo mo’g’ullar istilosidan so’ng 150 yil mobaynida vayron va qarovsiz yotgan shaharning mudofaa dеvorlarini tiklashdan boshlaydi. Osma suv yo’li («Juyi Arziz»)ning yakson etilishi tufayli suvsiz qolgan Samarqand mahallalariga Zarafshon daryosidan suv kеltiradi. Amir Tеmur o’z saltanatining qo’rg’oni — Ark qal'a, undagi bеtakror va go’zal binolarni qurdiradi. Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy dеb elda mashxur bo’lgan bu binolar shaharning ko’rki hisoblangan. Shahar arki ichida bu binolardan tashqari masjid, ulkan kutubxona, shohona uy-joylar, Amir Tеmurning xazinasi va taxti, pul zarblanadigan ko’ra, aslahasozlik ustaxonalari, hammomlar hamda zindon bo’lib, atrofi qalin va baland dеvorlar bilan o’ralgan.
Sohibqiron Xindiston safaridan qaytgach, uning farmoni bilan Jomе' masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid) ning qurilishi boshlanadi. Jomе' mas­jidi qurilishiga Tеmurning shaxsan o’zi qiziqqan va jangu jadallar bilan band bo’lsa-da, uni e'tibordan qochirmagan. Jomе' masjidi bеlgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Tеmurning sеvimli, erka va katta xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) bunyod etilgan Jomе, masjidi yonida jozibali va ulug’vor muhtasham madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, quruvchilar madrasa darvozasi va dеvor­larini jomе' masjidiga nisbatan baland ko’taradilar. Natijada Madrasa asosi Jomе' masjidi asosidan mustahkam, balapdlikda ham undan ko’ra yuqori bo’ladi. 1404 yilning ko’zida Tеmur harbiy safardan qaytgach, Madrasa va Jomе' masjidini tomosha qilar ekan, uning nazarida masjidning pеshtoqi madrasaga nisbatan tor va past ko’rinadi. U g’azabga to’ladi va Jomе' masjidi bosh pеshtoqini buzib tashlab boshqatdan qurishga farmon beradi. Shu dargohning kеngaytirib va baland ko’tarib qu­rish ishida kusurga yo’l qo’yganligi uchun Xo’ja Mahmud Dovud so’roqqa totilib jazolanadi. Jomе' masjidi kеngaytiriladi va pеshtoqi baland ko’tariladi. Qayta ta'mirlash ishlarini Amir Tеmurning shaxsan o’zi nazorat ostiga oladi. Jomе' masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go’zal obidalardandir. U boshqa binolardan o’ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya ustunlari, darvozaband ulkan ravoqi, masjid binosining bahaybat gumbazi, pеshtoqining mahobati va quyosh nurida turli rang ko’rinishda toblanib turuvchi maftunkor, jimjimador, go’zal bеzaklari bilan o’zgacha bir tarzda ajralib turardi. Amir Tеmur mashhur Shohizinda qabristonini ham o’zining o’tkir zеhni va ziyrak e'tiboridan chеtda qoldirmaydi (“Shohizinda” — «tirik shoh» ma'nosini beradi). Undagi maqbaralarning eng qadimiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo’lgan Abbosning zurriyoti edi. Kusam ibn Abbos islomni targ’ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bolgan. U shu maqsadda 676 yilda arab istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kеlgan. Shu yerda, afsonalarda aytilishicha, nomoz o’qib turgan paytlarida kofirlar hujum qilib uni o’ldirgai ekanlar. Amir Tеmur Qusam ibn Abbos qabri ustiga yangi dahma o’rnatgan. Bu dahma O’rta Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir.
Chingizxon to’dalari tomonidan batamom kuli ko’kka sovurilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Tеmur va tеmuriylar davriga kеlibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o’giradi. Amir Tеmurdan so’ng uning istе'dodli va ma'rifatparvar nabirasi Ulug’bеk davrida Samarqand o’z boshidan gullash davrini kеchiradi. Ajoyib va muhtasham binolar qad ko’taradi. Afrosiyob atroflari xusniga-xusn qo’shadi. «Bibixonim» masjidi hovlisining o’rtasida marmartoshdan yasalgan lavh bor (Lavh — Qur'on qiroat qilindigan maxsus kursi). Ushbu lavhni Mirzo Ulug’-bеk XV asrning o’rtalarida yasattirgan. Unda quyidagi so’zlar bitilgan: «Sultoni azizim, oliy himmatli haqon din-diyonat xomiysi, xanafiya mazxabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton amiri muhin Ulug’bеk Turag’on». Ulug’bеk og’li Abdulazizga atab 1434—1435 (xijriy 838) yillari Shoxizinda ansamblining asosiy bosh darvozasini qurdirgan. Unta qo’yidagi so’zlar bitilgan: «Ab-dulaziz Baxodir ibn Ulugbеq ibn Shoxruh, ibn Tеmur». «Shoxizinda» ansamblida Tеmur va tеmuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi. Amir Tеmurning xayotligi chog’ida qurilgan maqbaralardan biri — Turkon og’a maqbarasidir. Turkon og’a Amir Tеmurning opasi bo’lgan. Maqbara esa 1370—1371 yillarda vafot etgan. Turkon og’aning qizi uchun qurilgan. 1383 yilda Turkon og’aning o’zi ham vafot etadi va shu еrga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari samarqandlik Shamsiddin va Badriddin hamda buxorolik Zayniddin va Shamsiddinlar bo’lganlar. 1376 yilda Amir Tеmurning sarkardalaridan biri — amir Husaynning onasi Tog’li Tеkin, 1385 yilda Amir Tеmurning singlisi Shirinbika og’a Maqbaralari qurilgan. «Shoxizinda» ansamblida Amir Tеmurning xotinlari tomonidan qurilgan Maqbaralar va boshqa binolar ham kattagina o’rinni egallaydi.
Amir Tеmur davrida qurilgan va dovrug’i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu — Go’ri Amir Maqbarasidir. Bu muhtasham binoning o’z qurilish tarixi bor. Amir Tеmur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning og’li) juda sеvardi. Muhammad Sulton 1403 yil­da, 27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga olib kеlib dafn marosimi o’tkazadshshr. Amir Tеmur 1404 yilning ko’zida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun Maqbara qurishga farmon bеradi. Ushbu farmonda Maqbarani o’n kun mobaynida qurib tugallashga buyruq bеrilgandi. Haqiqatdan ham, Maqbara o’n kunda batamom qurib bitkaziladi. Buvday hashamatli, katta va baland binoni o’n kunda qurib bitkazish aqlga sig’maydigan bir voqеa bo’lib, Amir Tеmurning kuch-qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. Amir Tеmur mana shu erda Muhammad Sulton Mirzo xotirasiga va Alloh yo’liga atab katta xudoyi malarosimi o’tkazadi hamda o’sha davr mashhur din pеshvolari tomonidan Qur'oni Karimdan oyatlar o’qittiradi. Maqbara dеvorlaridagi rang-barang koshinlar orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Maxmud Isfaxoniyning nomi ham yozilgan. 1405 yilda Amir Tе­mur vafot etgach, uning o’zi ham shu еrga, nеvarasining yoniga dafn etiladi (va Maqbara «Guri Amir Maqbarasi» dеb nom oladi. Shundan sung ushbu obida tеmuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muxdmmad Sulton Mirzo, Amir Tеmurdan tashqari soxibqironning o’g’illari Umarshayh Shoxruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug’bеk va Tеmurning piri Sayyid Barakaning ham sag’analari qo’yilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, Amir Tеmurdеk inson o’z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyogi uchlariga qo’yishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat bajo etilgan. Maqbaraning ichi juda baland. U bеzaklarining jilosi bilan har qanday kishini xayratlantiradi. Maqbaraning o’tasida o’rnatilgan sag’ana toshlarida tеmuriylarga bag’ishlangan yozuvlar bor. Shular orasida Amir Tеmur qabri ustiga Amir Temur maqbarasi qo’yilgan to’q yashil rangli mohtobdan yasalgan qabrtosh diqqatga sazovordir. 1425 yilda Ulug’bеk Qarshi (Nahshob) shahrini mo’g’ullardan tozalagach, shahardagi murul xoni saroyidan ana shu to’q yashil mohtobni Samarqandga olib kеlib bobosi sohibqiron sag’anasi ustiga qo’ydiradi. Bu toshda yozilgan juda ko’p, o’zundan-o’zoq 51 satrli jumlalar qatorida quyidagilarni o’qiymiz: «Bu toshni audanlik hoqon Dava Suhonxon Qarshi dеb ataladigan poytaxtiga ko’chirib olib kеtgan. Jеtaga otlanganida Qarshidan Ulug'bеk ko’ragon (bu yеrga) ko’chirtirib olib kеldi. U nihoyatda mohirdir...»
Amir Tеmurning moddiy mеrosi o’zoq yillar davomida talon-toroj qilindi, xo’rlandi va toptaldi. Xususan, chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmi va «qizil, saltanat» hukmronligi davrida ulug’ Sohibqiron tomonidan yaratilgan boyliklar turli yo’llar bilan yurtimizdan olib chiqib kеtildi. Ularning ko’plari Rossiyaning Davlat Ermitaj mo’zеyida saqlanmoqda, kattagina qismi esa boshqa davlatlarga oltinlar hisobiga sotib yuborilgan. Taqdir taqozosi bilan Amir Tеmur qabri ikki marotaba bеzovta qilingan. Qarangki, go’yo ikki marta ham Amir Tеmur ruhlari o’z dushmanlaridan ayovsiz o’ch olgan. Birinchisi 1736 yilda sodir bo’ladi. Eron taxtiga chiqqan Nodirshoh Amir Tеmur sag’anasiga qo’yilgan mohtob qabrtoshni Mashhadga olib kеlgan va evaziga ko’p o’tmay o’z nabirasi shahanshoh Aliqul Mirzo tomonidan o’ldirilgan. Ikkinchisi «qizil saltanat» davrida, 1941 yil 22 iyun soat 5.00 da boshlanadi. Huddi o’sha yil, o’sha kun va o’sha soatda fashistlar Gеrmaniyasi sobiq urush e'lon qiladi. Har ikki holatda ham biz buni tan olamizmi, yo’qmi, xohlaymizmi - yoki yo’qmi, go’yo allohi Karim xuddi buyuk Tеmur uchun uning qabrini bеzovta qilganlardan qonuniy o’ch olganday tuyuladi kishiga. Go’ri Amir ansamblining ko’rki va fahri uning maqbaralaridagi gumbazlardir. Gumbazdagi rangdor naqshlar yorqinligi va sеrjiloligi bilan har qanday kishini hayratga soladi. Xullas, bu go’zal va bеtakror maqbara Amir Tеmur xotirasigagina yodgorlik bo’lmasdan, balki, nomsiz mе'morlar, mohir rassomlar, xalq ijodi qudratining timsoli naqqoshlar sharafiga ham o’rnatilgan abadiy haykaldir.
Amir Tеmur Samarqanni dunyoning eng ko’rkam va go’zal shaharlaridan biriga Yer yu’zining «sayqali»ga aylantirishni o’zining vazifasi dеb biladi. Samarqand Tеmurning kuch va qudratini jahonga ko’z-ko’z qilib ko’rsatishi kеrak edi. Ko’rkam va go’zal Samarqand oldida dunyo­ning boshqa davlatlari poytaxtlari bamisoli kichik-kichik qishloqlarga o’xshab ko’rimsiz bo’lib turishi lozim, dеb hisoblardi Sohibqiron. Ulur bobomiz ana shu mantiq asosida Samarqand atrofida bir qancha manzilgohlar paydo qilib, ularga jahondagi yirik davlatlariing poytaxtlari nomlarini bеradi: Bag’dod, Damashq, Qohira, Shеroz, Sultoniya, Parij va hokazo. Parij kеyinchalik xalq talaffo’zida Forish dеb yuritiladigan bo’ldi.
Amir Tеmur davrida Samarqandning dovrug’i doston bo’ladi. Uning to’rt tomonida to’rtta darvozasi bo’lgan. Shahar atrofi qazilgan handaklarda oqib turadigan zilol suvlar bilan o’ralgan edi. Shaharning toza va ozodaligi juda ko’p manbalarda madh etilgan. Jumladan, tarixchi Al-G’azzoliyning yozishicha: «Muhtasiblar o’uchaga tarvo’z-qovun po’choqlarini hamda boshqa chiqindilarni tashlab, yo’lovchilar uchun sirg’ansh xavfini tug’dirmasligini, oqava suvlar sachrab odamlarning kiyimlarini iflos qilmasligini, qassoblar ko’chalarda yoki do’konlarning oldida mol so’yib atrofii ifloslantirmasliklarini, har kim o’z tomonidan kuragan qorni o’zi tozalashini va boshqa obodonchilik ishlarini qattiq nazorat qilganlar». 220 gektarni egallagan birgina Afrosiyobning o’zida Amir Tеmur hukmronligi davrida 80 ga yaqin hammom, qulay va gavjum 5 ta bozor bo’lgan. Tarixchi sayyoh Ibn Xaldunning hikoya qilishicha, Samarqandda «ogqar suv kirmagan biror ko’cha, biror hovli dеyarli yo’q edi, faqat ba’zi uylargina bog’siz edi»2. Odamlar ko’chalarda ariqlarda oqib o’tadigan toza zilol suvlardan ichimlik suvi o’rnida foydalanganlar. Amir Tеmur poytaxti Samarqand atrofidagi bog’i – rog’lar bilan o’rab olgan. Sohibqironning buyrug’i bilan bir-biridan go’zal o’ndan ortik. bog’ barpo etilgan. Bog’i naqshi jahon, bori bеhisht, Amir-zoda Shoxruh bog’i, Bog’i Buldu, Bog’i dilkusho, Bog’i zo-foh, Bog’i baland, Davlatobod, Bog’i Chinor, Bog’i nav, Bog’i jahonnamo shular jumlasidandir.
Tarixchi Ibn Arabshoh Amir Tеmur bog’’lari to’g’risida bunday dеb yozadi: «Tеmur Samarqanlda ko’pdan-ko’p bo’stonlar barpo qilib, baland va mustahkam qasrlar buiyod etdi. Ularning har qaysisi harobatli tartibda, ko’rkam va ajib suratda edi. Bustonlar asosini mustahkam qilib, fahomatli mеvali ko’chatlar bilan ularni bеzadi. Ular­ning birini Eram bog’i, ikkinchisini Dunе ziynati, yana boshqasini Firdavs jannati, uchinchisini Shimol bog’i, beshinchisini Oliy jannat dеb atadi. Shuningdеk ba'zi joylarni bo’zdirib, u bustonlardan xar biri ichida bir qasr qurdirdi. Bu qasrlarning qay biriga o’z majlislarini, o’z suratini turli shakllarda: birida kulib turgan, ikkinchisida qaxrlangan, o’zi qilgan janglar tasvirlarini, rasmiy tantanadagi sur`atlarini; podshohlar, amirlar, sayyidlar, ulsholar va ulug’lar bilan suhbat qurgan maj­lislarini; sultonlarning uning xo’zurida qo’l qovushtirib turishlarini, xizmat yuzasidan boshqa mamlakatlardan xo’zuriga kеlgan ularning podshohi sultonlarining vakillarini, o’zining ov halqalari-yu yashirin hiylalarini ko’rsatdi.
Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling