1.1.3. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-kerligi (Fanning boshqa turdosh fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma’lumot beriladi).
Ushbu fan matematik analiz, algebra, hisoblash texnikasi asoslari, dasturlashtirish texnologiyasi, matematik va komputer lingvistikasi, tarjima nazariyasi, jarayonlar tadqiqoti, matmatik modellashtirish fanlari bilan bog’langan bo’lib, bu fanlarni o’rganish uchun talabalar aynan “Diskret matematika va matematik mantiqni” chuqur o’zlashtirishlari zarur hisoblanadi. Shuningdek, talabalar turli texnik obyektlar va zamonaviy elektron qurilmalarni fizik asoslari to’g’risida tasavurga ega b’lishlari darkor. Informatika va axborot texnologiyalari fanini mukammal o’zlashtirib dasturlashtirish tillarini hamda matematik paketlarni o’rganib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq qilgan holda amaliy masalalarni echa olishlari kerak.
Bunda asosan, talabalar ma’ruzalar matnlarini o’rganish, uni amaliyot ishlari bilan birgalikda olib borish hamda amaliy mashg’ulotlar materiallarini shaxsiy kompyuterlarda bajarish ko’nikmalarni hosil qilishi kerak.
Fanni o’rganishda mashg’ulotlarning ma’ruza, amaliyot mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim shakllaridan foydalaniladi va interfaol usullarning aqliy hujum, klaster, taqdimot, bumerang va boshqa yangi pedagogik texnologiya elementlari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |