Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi. Milliy istiqlol g


MAVZU. O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGINI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY G’OYANING ZARURLIGI VA AHAMIYATI


Download 1.79 Mb.
bet14/36
Sana12.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1089632
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
fayl Milliyistiqlolgoyasifanidanmaruzalar

5 MAVZU.
O’ZBEKISTON MUSTAQILLIGINI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY G’OYANING ZARURLIGI VA AHAMIYATI

Reja


1.Mustaqillikni mustaxqamlashda milliy g’oyadan ko’zlangan maqsadlar.
2. Milliy g’oya Uzbekiston xalkining asosiy maksad va muddaolarining ifodasi.
3. Milliy istiqlol g’oyasining mustaqillikni mustaxdsamlashda namoyon bo’lishi
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolarni xolisona tahlil qilish, tegishli xulosa hamda saboqlar chiqarish — milliy g’oyaning zarurligi va ahamiyatining tobora ortib borishini ko’rsatmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini shakllantirish zarurati haqida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fikr yuritishi tasodifiy hol emas edi. Negaki, "Milliy mustaqil davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urfodatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmroshshk qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar"1.
Demak milliy g’oyaning zarurligi, eng avvalo, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash uchun zarurdir. Uning zarurati quyidagi maqsadlarni amalga oshirish bilan bogliq holda namoyon bo’ladi.

  • oldimizga qo’ygan olijanob maqsadmuddaolarimizga, ya’ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish;

  • eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish;

  • g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik;

  • uzoq davrlar mobaynida odamlar ongida hukmron bo’lgan begona va yot g’oyalarning yanada qaytadan tiklanishiga yo’l qo’ymaslik;

— xalqimiz tabiatiga zid bo’lgan o’zga g’oyalardan, ayniqyesh avlodni himoya qilish;


— har qanday tajovvuzkor g’oyalarga qarshi tura oladiV; har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish zaru
ratining mustaqillikni mustahkamlashdagi o’rnini anglash orqali harakat dasturiga ega bo’lish;
— mustaqil davlatimizning har bir fuqarosida Vatan taqdiri uchun mas’ullik tuyg’usi bo’lishi uchun ham zarur.
Mustaqillikni mustaxdamlashda milliy g’oyadan ko’zlangan maqsadlarning keng qamrovli ilmiynazariy va amaliy yo’nalishlari Prezident Islom Karimovning asarlarida, nutq va ma’ruzalarida o’zinint aniq konseptual ifodasini topgan.
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a’zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o’zgarishlar yuz bermoqsa. Ana shunday sharoitda xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o’zida mujassam etadigan milliy g’oya va mafkurani yaratish ijtimoiysiyosiy va ma’naviy taraqqiyotimizning muhim sharti hamda zaruratiga aylandi.
Mustaqillikni mustahkamlashda milliy g’oyaning zarurligi va uning ahamiyati ham ichki, ham tashqi siyosatimiz istiqbollari, samaradorligi bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan milliy royaning zarurligi jamiyatimizni taraqqiy topgan demokratik mamlakatlardagi kabi erkin va farovon hayot barpo etipsh bilan ham bogliq. Demak milliy g’oyaning negizidagi muhim ustuvor maqsad mustaqillikni bundan buyon ham asrabavaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo’lib qolaverar ekan, uning zarurligi hyech bir davrda o’z ahamiyatini yo’qotmaydi.
Hayotiy kuzatishlar ba’zan ziyolilarimiz o’rtasida ham bizga milliy g’oya, milliy mafkura nima uchun, kim uchun kerak uning ma’nomohiyati nimadan iborat, degan muhim masalaga yana bir bor oydinlik kiritish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bunda, ya’ni Milliy royada O’zbekiston xalqining mamlakatimiz rivojiDa belgilab olgan asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi Mujassamlashgan.


Birinchidan, o’zining kelajagini ko’rmoqchi va qurmoqchi bo’lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta, o’z milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarurligi bilan bogliq;
Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, "davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat, avvalo, aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmogi lozim. Ya’ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo’lishi o’zi g’ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. Ya’ni, oldin g’oya paydo bo’ladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo’ladi"1. Demak o’z milliy g’oyasiga tayanmagan jamiyat inqirozga duchor bo’lishi, o’z yo’lini yo’qotib qo’yishi muqarrar.
Ikkinchidan. milliy g’oya O’zbekiston xalqining asosiy maqsad va muddaolarining ifodasi sifatida shuning uchun ham zarurki, odamlar ongini, tafakkurini o’zgartirmasdan turib, ko’zlangan oliy maqsad — ozod va obod jamiyatni, erkin va farovon hayotni barpo etib bo’lmaydi. Buning uchun esa, odamlar muayyan g’oyaga ishonishi va tayanishi zarur. Bu jarayon o’zo’zidan harakatga kelmaydi, albatta. Negaki, keng xalq ommasini biron bir g’oyaning ilgor va insonparvar ekaniga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur toyaning to’gri, hayotiy va ilgor ekanligiga ishontirish zarur. Ishontirmoq uchun uning ilmiy va hayotiyligaga alohida e’tibor qaratish bilan birga milliy g’oyaning o’zi mamlakatimiz xalqining asosiy maqsad va muddaolari hamda manfaatlarini ifodalashi kerak.
Uchinchidan. milliy g’oyaning zarurligi millatning o’zligini to’la anglash jarayoni bilan bogliq. Negaki, millat o’zligini to’la anglamas ekan, bironbir buyuk o’zgarishlar qilib bo’lmaydi. Milliy o’zo’zini anglash u yoki bu millatni o’zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o’zligini anglagan millatlarning ma’rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana shunday o’ta murakkab vaziyatda milliy o’zlikni anglashda milliy g’oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiynazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta’sir ko’rsatadi. Bu milliy g’oyaning xalq qayotiga yaqin, unga bevosyata daxldor ekanligini ta’kidlash lozimdir.
Demak O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milLyy g’oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan dialektik boglanishi uning yashash shartidir.
To’rtinchidan. mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g’oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan, ya’ni bugun bizning tarixiy o’zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o’tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqDa.
"Bu o’tish davri o’ziga xos, juda katta g’ov va to’siqlarga duch kelishi, qattiq kurashlar orqali kechishi barchamiz uchun ayon bo’lmog’i darkor. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrida yangi ufqlar sari boshlash, da’vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo’liish kerak. Bunday maqsadlarga esa, avvalo, chuqur o’ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin". Demak milliy g’oya mustaqillikni mustahkamlash royasining o’zagi bo’lgan — tanlagan taraqqiyot yo’limizning to’gri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi.
Mustaqillikni asrabavaylash, himoya qilishda milliy yuyaning o’rnini boshqa biron bir omil bosolmaydi. Shu nuqtai nazardan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, maqsad va vazifalarini ma’naviy jihatdan ta’minlash, bugungi kunda mamlakatimiz taqdiri uchun o’ta dolzarb masaladir. Buning yorqin ifodasi Prezident I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasi (2004 yil 29 aprel)dagi "Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuchqudratimizga, xalqimizning hamjiHatligi va bukilmas irodasiga bogliq"ligi haqidagi nutqiDa hamda Oliy Majlisning mamlakatimiz fuqarolariga muRojaatnomasida bayon etdi. Xususan, unda shunday deyilgan: "Bugun bashariyat o’ziga xos va ziddiyatli bir davrda yasha. Bir tomondan ilmfan va texnika, yuksak texnologiyataraqqiy etib, insonparvarlik g’oyalari, demokratik qadriyatlar, o’zaro hamkorlik dunyo bo’ylab qaror topib bormoqda. Ayni vaqtda, yer yuzining turli mintaqalarida qurolli mojarolar ro’y berayotgan, xalqaro terrorizmning yangi-yangi xurujlari oqibatida mingminglab odamlarning hayotdan ko’z yumayotgani ham shu zamonning ochiq haqiqatidir"1.
"Mafkura xar kanday jamiyat xayotida zarur. Mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’sotishi mukarrar. Q,ayerdaki, mafkuraviy bo’shliq vujudga •kelsa, o’sha yerda begona mafkura xukmronlik silishi xam tayin".
"Jamiyatimiz mafkurasi xalkni xalk, millatni millat kslishga xizmat etsin".

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling