Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bolgan kochmas mulk obektini garovga qoyish maqsadida baxolash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI KO‘CHMAS MULK EKSPERTIZASI VA UNI BOSHQARISH KAFEDRASI
- MUNDARIJA KIRISH
- KIRISH
- Diplom ishining ilmiy va amaliy ahamiyati
- Diplom ishning tuzilishi
- 1-BOB. UMUMIY OVQATLANISH XUSUSIYATIGA EGA BO‘LGAN KO‘CHMAS MULK OB’EKTI BAHOLASHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI
- 1.1. Umumiy ovqatlanish jamoat binolarining hajmiy-rejaviy va me’moriy kompozitsiya echimlari.
- 1.2 Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish masalalari
Самарқанд – 2016
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI KO‘CHMAS MULK EKSPERTIZASI VA UNI BOSHQARISH KAFEDRASI DIPLOM ISHI Mavzu. Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektini garovga qo‘yish maqsadida baxolash. Bitiruvchi: 402 KMEvaUB guruxi talabasi ____________ Dusmirzaev Eliboy Kafedra mudiri____________ Giyasov B.D. Raxbari: ____________Z.Qarjovov
Maslaxatchilar:______________________
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
2
KIRISH............................................................................................ 3 I- BOB. Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ekti baholashning nazariy va uslubiy asoslari................... 5 1.1.
Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish masalalari. .............................................................. 5 1.2.
Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish masalalari.............................................................. 9 II- BOB. Samarqand viloyat “ermulkkadastr” davlat korxonasi va baholanayotgan ob’ekt to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ........... 12 2.1.
Samarqand viloyat “Ermulkkadastr” davlat korxonasi to‘g‘risida ma’lumot va 2015 yil ko‘rstgichlari taxlili ………………… 12 2.2.
Baholanayotgan “Umumiy ovqatlanish” binosining arxitekturaviy – konstruktiv echimlari ........................……………………………… 23 2.3.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi va mehnat uhofazasi.......................... 26 III- BOB. “Umumiy ovqatlanish” binosini bozor qiymatini garovga qo‘yish maqsadida baholash....................................................... 32 3.1.
Baholanayotgan ob’ekt bozor qiymatini baholashda xarajat yondashuvi.................................................................. 32 3.2.
Baholanayotgan ob’ekt bozor qiymatini baholashdaqiyoslash yondashuvi................................................... 36 3.3.
Baholanayotgan ob’ekt bozor qiymatini baholashda daromad yondashuvi....................................................................................
3.4. Natijalarni muvofiqlashtirish va bozor qiymatining yakuniy kattaligi hisobi ............................................................................... 49 Xulosalar....................................................................................................... 51 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati............................................................ 53
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
3
Diplom ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach ko‘chmas mulkka bo‘lgan e’tibor asta sekinlik bilan ortib bormoqda, umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk inson ehtiyojlarini qondiruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimovning 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016 yil mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “..Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga
nisbatan har
tomonlama ustunligini ko‘rsatmoqda”. Bugungi kunda umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari xususiy mulk shaklidadir.
ko‘chmas mulk ob’ektini baholash va boshqarish amalga oshirishdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:
Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektini baholashning nazariy uslubiy asoslari;
Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk bozorida baholash tashkilotlarining o‘rni va baholanayotgan ob’ekt haqida umumiy ma’lumotlar.
“Umumiy ovqatlanish” binosini bozor qiymatini aniqlash maqsadida baholash ishlarini olib borish. Tadqiqot ob’ekti: “Umumiy ovqatlanish” binosi. Ushbu bino Самаарқанд вилояти Пвйари туман марказида joylashgan. SHu sababli baxolash ishlarini amalga oshirish chog‘ida xududning bandlik darajasini birga teng deb xisobladik. Bu binomiz umumiy ovqatlanish uchun mo‘ljallangan va
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
4
halqga servis xizmat ko‘rsatuvchi bino bo‘lib hisoblanadi, bundan tashqari kuplab tadbirlarni o‘tkazishda ham keng foydalanilsa bo‘ladi. Tadqiqot predmeti: Bozor iqtisodiyoti sharoitida “Umumiy ovqatlanish” binosining qiymatini baholash. Ushbu zamonaviy Umumiy ovqatlanish binosini hozirgi bozor bahosini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining, Mulni Baholash Milliy Standartlaridan foydalanib, uchta yondoshuv: Daromadli, Qiyoslash, Xarajatli yondoshuvlardan va shu yondoshuvlarning usullaridan foydalangan holda ob’ektimizni baholadik. Diplom ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk bozorida katta o‘rin egallab turgan bino va inshootlarni umuman olganda barcha ko‘chmas mulklarni oldi - sotdisi va bozor bahosini aniqlab beradigan tashkilot bu baholash tashkilotlari bo‘lib hisoblanadi. Baholash tashkilotlarining mutaxasislari sertifikatga ega jismoniy va yuridik shaxs baholovchilar sanaladi. Biz baholagan binomizni diplom oldi amaliyotda baholash tashkilotimizdan olgan bilim va tajribalarga va oliy o‘quv yurtidan olgan to‘rt yillik bilimlarimizdan foydalanib ko‘chmas mulkni qiymatini aniqladik.
adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
5
KO‘CHMAS MULK OB’EKTI BAHOLASHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI Umumiy ovqatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat binoalari tarkibiga kiradi. SHu nuqtai nazardan jamoat binolari tarkibida umumiy ovqatlanish ko‘chmas mulk ob’ektlarining arxitekturaviy-konstruktiv echimlarini tadqiq etamiz. Umumiy ovqatlanish ko‘chmas mulk ob’ektlarining arxitekturaviy-konstruktiv echimlari bevosita ularning bahosi va qiymatiga ta’sir etadi.
Har bir umumiy ovqatlanish jamoat binosi o‘ziga xos funksional jarayoni bilan ajralib turadi. Ularning haddan ziyod turli-tumanligiga umumiy ovqatlanish jamoat binolarining klassifikatsiyasini ko‘rib chiqqanimizda namayon bo‘ladi. Umumiy ovqatlanish jamoat binolarida kechadigan funksional jarayonlarni umumiy va maxsus jarayonlarga ajratish mumkin. Maxsus funksional jarayonlar ma’lum bir turga taaluqli umumiy ovqatlanish jamoat binosining vazifasidan kelib chiqqan holda unda kishilar tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum doiradagi faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, umumiy ovqatlanish binolarida nonushta, tushlik, kechki taadilarni qilish, choy ichib suxbatlashish va h.k. Umumiy jarayonlarga barcha turdagi umumiy ovqatlanish jamoat binolarida, uning vazifasidan qatiy nazar kishilar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan jarayonlar kiradi. SHu tariqa umumiy ovqatlanish jamoat binolaridagi funksional jarayonlarni bosh va ikkilamchi jarayonlarga bo‘lish ham mumkin. Lekin xonada qanday funksional jarayon amalga oshirilishidan qat’iy nazar, buning uchun zarur muhit yaratilishi talab qilinadi.
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
6
Loyihachi uchun binoda kechadigan funksional jarayonlarni aniq bir sxemaga keltirib olish muhim vazifadir. SHundan so‘ng binodagi xonalararo va xonalar
guruhlariaro o‘zaro bog‘liqlikni hamda binoning umumiy kompozitsion sxemasini belgilash mumkin. Binodagi xonalarni turlar bo‘yicha guruhlash va ularni o‘zaro bog‘lash, funksional jarayonlarni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish uchun, avval ta’kidlanganidek, koordinatsion diagramma va funksional sxema tuziladi. Funksional sxemani xonalar maydonining masshtabiga e’tibor bergan holda tuzgan ma’qul. Bunda funksional zonalashtirishga, ya’ni funksional vazifa va ichki o‘zaro borliqliklardan kelib chiqqan holda xonalarni guruhlash va zonalarga bo‘lishga e’tibor berish kerak. Umumiy ovqatlanish jamoat binolarini loyihalashda turar-joy binolarida qo‘llaniladigan uncha katta bo‘lmagan modullar (ZM, 6M, 12M, 15M) bilan bir qatorda, sanoat binolarida qo‘llaniladigan yirik modullar (30M, 60M) ham qo‘llaniladi. Bunga sabab, umumiy ovqatlanish jamoat binolaridagi funksional jarayonlarning turli-tumanligidir. SHunga qaramay, umumiy ovqatlanish jamoat binolarida asosiy modul to‘ri 6x6 m va qo‘shimcha 3x6 m qabul qilingan. Bu modul to‘rlari ko‘pchilik umumiy ovqatlanish jamoat binolarining plan tuzilishlariga muvofiq keladi. Umumiy ovqatlanish jamoat binolaridagi zal xonalarning o‘lchamlarini belgilashda 6x7,2, 6x9, 9x9, 6x12, 12x12 m modul to‘rlari qo‘llaniladi. Katta prolyotli zal xonalarning kengligi (loyiha o‘qlari orasida) 6 metrga karrali qilib belgilanadi (12, 18 m va h.k), boshqa yo‘nalishdagi tayanch konstruksiyalar orasidagi masofa esa (masalan kolonnalarning qadami) 6 va 12 m qilib belgilangan. Ayrim hollarda zalning kengligini 15 m qabul qilishga ruxsat beriladi. Bu holda tomning yuk ko‘taruvchi stropil konstruksiyasi sifatida notipovoy metall va yog‘och konstruksiyalardan foydalaniladi.
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
7
Umumiy ovqatlanish jamoat binolarida qavatlar balandligi 3,0, 3,3, 3,6, 4,2, 4,8 va 6,0 m qilib belgilangan. Umumiy ovqatlanish jamoat binolarida unifikatsiyalangan yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan keng foydalanish uchun, bir xil tipdagi geometrik o‘lchamlari yaqin xonalarni imkoniyati boricha binoning ma’lum bir qismiga to‘plash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Katta prolyotli, murakkab fazoviy bichimli xonalarni alohida loyihalash ham mumkin. Ommaviy tartibda quriladigan umumiy ovqatlanish jamoat binolari uchun tipovoy (namunaviy) loyihalar ishlab chiqilgan va ulardan keng foydalaniladi. Tajriba ko‘rsatadiki, barcha turdagi umumiy ovqatlanish jamoat binolarini tipizatsiya qilish unchalik maqsadga muvofiq emas ekan. SHuning uchun odatda noyob, umumshahar, viloyat va respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan umumiy ovqatlanish jamoat binolarini individual (yakka hol - bir marta ishlatiladigan) loyihalar asosida quriladi. Umumiy ovqatlanish jamoat binolari va inshootlari ko‘pincha me’moriy ansamblarda bosh –e’tiborga molik o‘rinni egallaydilar. Ular o‘zlarining me’moriy- badiiy sifatlari bilan odamlarning ongiga, kayfiyatlariga, ularni estetik tarbiyalashga va kishilarda badiiy ta’bning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadilar. SHuning uchun umumiy ovqatlanish jamoat binolarining me’moriy-badiiy ma’nodorligiga qo‘yiladigan talablar muhim ahamiyatga egadirlar. Ma’lumki, me’moriy-badiiy ma’nodorlikka me’moriy kompozitsiya yordamida erishiladi, ya’ni bino qismlarining va me’moriy-konstruktiv elementlarining yoki binolar kompleksining funksional, texnik-iqtisodiy va badiiy talablarga javob beradigan, uyg‘unlashgan holda bir majmuaga birlashuvi me’moriy-badiiy ma’nodorlikning sifatini belgilaydi. Me’moriy echim yaratish masalasi umumiy ovqatlanish jamoat binolarini loyihalashda quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi: binoning tashqi me’moriy
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
8
qiyofasini yaratish; binoning ichki fazo tuzilishini me’moriy jihatdan tashkil qilish. Har ikkalla vazifa ham o‘zaro bog‘liq vazifalardir. Umumiy ovqatlanish jamoat binosining tashqi me’moriy qiyofasi va uning ichki fazosining shakllanishini quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi: 1) binoning funksional vazifasi, konstruktiv tuzilishi, ijtimoiy, xattoki, siyosiy va shaharsozlikdagi ahamiyati hisobga olinadi; 2) bino quriladigan joyning tabiiy-iqlim sharoitlari, shuningdek o‘sha joyda yashaydigan erli xalqning milliy va badiiy urf-udumlari hisobga olinadi; 3) bino arxitekturasining uni o‘rab turgan atrof muhit (ko‘chalar, maydonlar, tabiiy landshaft) bilan uzviy bog‘liqligi hisobga olinadi; 4)
binoning ijtimoiy ahamiyatidan kelib
chiqqan holda,
me’moriy kompozitsiyaning zarur badiiy vositalaridan foydalaniladi. Umumiy ovqatlanish jamoat binolarining tashqi hajm kompozitsiyalarini qurishda bizga ma’lum markaziy, frontal, ichki-davomli va erkin kompozitsiyalardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari binolarning me’moriy-badiiy ma’nodorligiga erishish uchun simmetriya, asimmetriya, ritm, masshtab, masshtabning kengligi, proporsiya, kontrast, nyuans, rang, faktura, soyalar, naqshlar, haykallar, mahobatli rasmlar, tektonika kabi me’moriy kompozitsiyaning bir qator badiiy vositalaridan ham keng foydalaniladi. Umumiy ovqatlanish jamoat binolarining ayrimlarida turar-joy binolarida kompozitsiyaning badiiy vositasi sifatida keng qo‘llaniladigan konstruktiv yoki me’moriy elementlardan foydalanish yaxshi natija bermaydi. Masalan, umumiy ovqatlanish jamoat binolarining me’moriy kompozitsiyasini yaratishda turar-joy binolarida qo‘llaniladigan konstruktiv vositalar - balkonlar, lodjiyalar VA erker kabi elementlardan foydalanish binoning me’moriy ma’nodorligiga putur etkazadi.
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
9
SHunga o‘xshash, ko‘p qavatli umumiy ovqatlanish jamoat binolarida qo‘llaniladigan kompozitsiyaning badiiy yoki konstruktiv vositalaridan katta prolyotli bir qavatli zal xonali binolarda foydalanish (yoki aksincha qilish) ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Demak, loyihachi mavjud kompozitsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalana olishi va loyihalanayotgan binoning vazifasi va ahamiyatiga muvofiq ravishda unga yuqori darajada me’moriy-badiiy echim tanlay olishi zarur. 1.2 Umumiy ovaqtlanish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish masalalari Ko‘chmas mulkni garov (ipoteka)ga qo‘yish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat o‘sha mulk joylashgan hududdagi notarius tomonidan tasdiqlanadi. Ana shu jarayonda notarius ipotekaga qo‘yilayotgan mulk haqiqatan ham garovga qo‘yuvchi shaxsga tegishli ekanligini, uni o‘zga shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganini va xatlanmaganini, boshqa ipotekaga qo‘yilgan-qo‘yilmaganini, qarzlari yo‘qligini, taraflar hisoblanmish yuridik shaxslarning huquq layoqatlarini, jismoniy shaxslarning shaxsini va vakillarning vakolatlarini tekshiradi. Ko‘chmas mulk, shu jumladan, binolar, inshootlar, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ektlari, shuningdek, uylar ular joylashgan er uchastkalari bilan birga, qonunda ko‘chmas mulk jumlasiga kiritilgan va ularga bo‘lgan huquqlar qonunan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqa mol-mulk narsasi bo‘lishi mumkin. Ipoteka to‘g‘risidagi qoidalar qonun hujjatlarida qayd etilgan talablarga muvofiq er uchastkasida barpo etilayotgan qurilishi tugallanmagan mol-mulk garoviga; yakka tartibdagi uy-joy qurish yoki dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan er uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqlari garoviga; agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa,
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
10
ijaraga oluvchining ko‘chmas mulk ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha huquqlari ( ijara huquqi) garoviga; shuningdek, er uchastkasi ijarasiga doir huquqlar garoviga nisbatan ham qo‘llaniladi. Bordi-yu, ipoteka narsasi tasarrufdan chiqarilishi uchun boshqa shaxsning yoki organning roziligi yoxud ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk bo‘lsa, bu mol-mulk ipotekasi uchun shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur. Umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi belgilanmagan holda) bo‘lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning yozma roziligi bilangina ipotekaga qo‘yilishi mumkin. Umumiy ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushini boshqa mulkdorlar roziligisiz ipotekaga qo‘yish huquqiga ega. Ipoteka shartnomasini tasdiqlash uchun notarius taraflardan: – ipoteka narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (xususiylashtirilgan ipoteka narsasi uchun mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarori (farmoyishi), oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan shartnoma, mulk huquqi yoki merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomalar, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa bitimlar)ni; – “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining ma’lumotnomasi va kadastr hujjatlari yig‘majildini; – arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining ko‘chmas mulkning buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini: – Davlat soliq xizmati organining ma’lumotnomasini; – uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy ro‘yxatga olingan shaxslar to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki xususiy uy- joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan ma’lumotnomani;
СамДАҚИ – ҚБ – 402-КМЭ ва УБ –КМЭваУБ – ДЛ – 12716 Варақ
11
– garov mulkining sug‘urta etilganligi haqidagi guvohnoma (sug‘urta polisi) va yoki sug‘urta shartnomasini; – asosiy majburiyat haqidagi shartnoma ( kredit yoki qarz shartnomasi, mahsuslot etkazib berish kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar)ni; – ipotekaga qo‘yilgan ko‘chmas mulkning ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo‘yuvchi bilan birgalikda tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasini; – ipotekaga qo‘yilayotgan mol-mulkni er-xotinning birgalikdagi mulki tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) roziligini; – xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi ipotekaga qo‘yilganda, shu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy ro‘yxatga olingan va xususiylashtirishda qatnashib, rozilik bergan shaxslarning notarius yoki O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalarini; – agar ipotekaga qo‘yilayotgan turarjoyda doimiy ro‘yxatga olingan shaxslar voyaga etmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan bo‘lsa, tegishlicha ularning qonuniy vakillari yoki vasiylik va homiylik organlarining yozma roziligini; – ipotekaga oluvchi yoki ipotekaga qo‘yuvchi yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlarini, shuningdek, vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma)ni talab qilib oladi. Bundan tashqari, davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham bo‘lishi shart. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling