Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/110
Sana31.08.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1671824
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
Bog'liq
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Nazorat savollari
1. Didaktika nima va uning vazifalari?
2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
3. Ta’lim axborot texnologiyalarini (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan
elektron vositalar nimalardan iborat?
11-mavzu. O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-
ergonomik talablar va ularni sifatini baholash. O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik
ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning
istiqbollari (2 soat).
Mavzu rejasi:
11.1. O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik- ergonomik
talablar va ularni sifatini baholash.
11.2. O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliy-
boshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari.
Tayanch so’z va iboralar: o'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish, o'quv maqsadli
elektron vositalardan foydalanish, pedagogik- ergonomik talablar, o'quv-tarbiya jarayonining
axborot-metodik ta'minotini, o'quv muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirish,
o'quv muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirishning istiqbollari.


11.1.O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik ergonomik
talablar va ularni sifatini baholash
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda
ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish
bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy
ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va
hakozolardir.
Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar. Keyingi
paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu
borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda.
Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar,
intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim
resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy
materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini
keltiramiz.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling