Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Ingliz tili I fakulteti 406-guruh talabasi Toshtemirova Dinora Abduraxim qiziga tavsifnoma


Download 15.17 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.17 Kb.
#1503265
Bog'liq
Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Ingliz tili I fakulteti 406


Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Ingliz tili I fakulteti 406-guruh talabasi Toshtemirova Dinora Abduraxim qiziga
TAVSIFNOMA
Amaliyotchi talaba Toshtemirova Dinora Abduraxim qizi Samarqand viloyati Ishtixon tumani 60-maktabga shu yilning 2-sentabrdan 15-noyabrgacha pedagogik amaliyotini o‘tadi. Amaliyotning tayyorlov bosqichida talaba maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan tanishdi.
Amaliyotning ikkinchi bosqichi ya’ni asosiy bosqichida Toshtemirova Dinora o‘ziga biriktirilgan guruh va o‘qituvchining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Chet tili va boshqa fan o‘qituvchilarining darslariga kirib kuzatdi, darslarni tahlil qildi. O‘quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o‘zlari o‘quv va tarbiyaviy ish rejalar tuzdilar. O‘ziga berilgan kundalikni to‘ldirib bordi. Talaba Toshtemirova Dinora faol amaliyotga kirishdi, o‘qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o‘tkazishlarida yaqindan yordam berdi. Shuningdek talaba o‘ziga biriktirilgan guruhlarga turli xil ko‘rgazmali qurollar, multimedia vositalari, tarqatma materiallardan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etdi. Amaliyotchi dars jarayonida ham juda faol ishtirok etdi.
Shuningdek, u o‘zining xush muomalaligi, o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi orqali maktab o‘quvchilarida iliq taassurot qoldirdi. Toshtemirova Dinora o‘zining pedagogik ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida 3-4-sinf o‘quvchilariga amaliyot davomida darslar o‘tdi. Shuningdek, u o‘tkazgan 1-oktabr “O‘qituvchi va Murabbiylar” kuniga bag‘ishlab o‘tkazgan tadbiri maktab o‘qituvchilari tomidan yuqori baholandi. Tadbir turli tillarda ayniqsa, Ingiliz tiliga urg‘u berilgan holda keng qamrovli, ma’naviy-ma’daniy tarbiyaga asoslanib iqtidorli talabalar yordamida mazmunli o‘tkazildi.
Talaba Toshtemirova Dinora turli davra suhbatlari, yig‘ilishlarda, bayramlarda faol ishtirok etib, suhbatlar va to‘garaklar tashkil etib, amaliyot vaqtini maktab ma’muryati bilan faol aloqada o‘tkazdi. Umuman olganda, amaliyotchi har tomonlama pedagogik faoliyatini o‘rgandi va uni amalda sinab ko‘rdi, shu bilan birga yuklatilgan vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshdi.
Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ko‘zlagan maqsadiga, o‘qituvchilik kasbini o‘rganish, maktab hayoti hamda faoliyati bilan tanishishga erishdi. Toshtemirova Dinoraning kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini nazarda tutgan holda unga maktab ma’muriyati a’lo baho qo‘yishni tavsiya etadi.


Maktab amaliyot rahbari: _____________ ____________
Maktab direktori: _____________ ____________
Download 15.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling