Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili-ii fakulteti xorijiy til va adabiyot
Download 16.91 Kb.
|
4-MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARRDI: 2230-XTA guruh talabasi Xudoyberdiyeva Shaxnoza TEKSHIRDI: U.M.Lutfillayev SAMARQAND 2023 YIL
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI INGLIZ TILI-II FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOT (INGLIZ TILI) MUSTAQIL ISH MAVZU: Jadvalli hujjatlarni yaratish va qayta ishlash uchun asboblar to’plami. BAJARRDI: 2230-XTA guruh talabasi Xudoyberdiyeva Shaxnoza TEKSHIRDI: U.M.Lutfillayev SAMARQAND 2023 YIL Jadvalli hujjatlarni yaratish va qayta ishlash asboblar to’plami. Ko‘pincha ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni jadval ko‘rinishda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Jadvalli ma’lumotlarni faqat saqlash emas, balki ularni qayta ishlash ham mumkin. Jadval satr va ustunlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar ustun va satrlar kesishmasidan hosil bo‘lgan yacheykalar (katakchalar) ga yoziladi. Bu holda, jadvalning bir qism yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan, boshqa qism yacheykalari esa, oldindan ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajarilgan turli xil arifmetik va boshqa amallar natijasida to‘ldiriladi. Jadvaldan foydalanishga hayotdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, sinf jurnalini olaylik. Undagi dars o‘tilgan sanalar ustunni, har bir o‘quvchining o‘zlashtirishi satrni belgilaydi. Jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun maxsus dasturlar paketi, ya’ni elektron jadvallar (spreadsheet) yoki elektron protsessorlar ishlab chiqilgan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin bu elektron jadvallar yordamida boshqa masalalarni, masalan formulalar bo‘yicha hisoblashlar bajarish, grafikli bog‘lanishni qurish va hokazolarni ham bajarish mumkin. Elektron jadvallarda ishlashni o‘rganish masalani dasturlovchi yordamisiz yechishni amalga oshirish imkonini beradi. Elektron jadvallar shaxsiy kompyuterlarda, asosan, 1980 yildan keyin qo‘llanila boshlagan. Dastlab, asosan Lotus 1-2-3 elektron jadvali qo‘llanilgan. Keyinchalik, kompyuterlarda SuperCals elektron jadvali qo‘llanilgan. Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuterlarda ancha takomillashgan elektron jadvallar qo‘llanilmoqda, xususan Microsoft Excel. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo‘lib, u Windows operatsion qobiq dasturi boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan. Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu “Ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo‘ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi shundaki, barcha hisob ishlarini uning o‘zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. Excel elektron jadvali satr (row) va ustun (column) dan iborat. Satrlar butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa, lotin alifbosining harflari bilan belgilanadi: A, B, Z. Agar harflar yetishmasa, ikkita harflar birikmasidan foydalaniladi: AA, AB, ... , ZZ. Satr va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi - yacheyka (cell) joylashgan. Yacheyka nomeri ustun va satr nomerlarining birikmasidan tashkil topadi. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun yoki satrning o‘lchamini o‘zgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan yacheykasiga o‘tish uchun aniq manzil (adres) ko‘rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan A1, B4, F9, AB3 kabi ko‘rsatiladi. Download 16.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling