Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili-ii fakulteti


Download 14.54 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi14.54 Kb.
#1427307
Bog'liq
Документ (1)


Samarqand davlat chet tillar
instituti ingliz tili-II fakulteti
3-bosqich 303-guruh talabasi
Xolidaxon Sattiyevaning
Malakaviy amaliyot bo’yicha
HISOBOTI
Men, Sattiyeva Xolidaxon Axmadjon qizi, 2021-yil Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani 44-umumiy o'rta ta’lim maktabiga yanvar oyining 25-sanasidan fevral oyining 20-sanasigacha malakaviy o’quv amaliyotini o’tadim. .
Malakaviy amaliyotning birinchi kuni, 25-yanvar institutning faollar zalida 3-bosqich talabalari uchun malakaviy o’quv amaliyotiga doir yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda 3-kurs kafedra bo'limi o'qituvchilari va institut rahbariyatidan vakillar ishtirok etishdi. Shu kuni bizga institut tomonidan malakaviy amaliyot rahbari etib L.T.Abdullayeva tayinlandi. Amaliyot rahbari malakaviy amaliyot davrida nimalar qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Joriy yilning 26-yanvaridan boshlab men o’zimga biriktirilgan Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumanidagi 44-umum o'rta ta’lim maktabiga bordim va maktab ma'muriyatiga uchradim. Men maktabdagi amaliyot rahbarim sifatida Madina Qoraboyeva tayinlandi. Amaliyotning dastlabki haftasida maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari, maktab ma’muriyati faoliyati va o’qituvchilar kundalik ishlari bilan tanishdim. Amaliyot rahbarim dars rejasini tuzish, tahlil qilish hamda tarqatma materiallar tayyorlashni bilan yaqindan tanishtirdi. 8 kun mobaynida to'liq maktab o'qituvchilari va ularning faoliyati bilan tanishdim.
Shuningdek har juma kuni uzoq viloyatdagi talabalar uchun zoom dasturida ilmiy metodik hisobotlarni topshirdik.
Malakaviy amaliyotning ikkinchi qismida ya’ni asosiy qismida faol amaliyotga kirishib menga biriktirilgan sinf va sinf murabbiyining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Men asosan boshlang’ich sinflarga biriktirildim. Shu sinflarning chet tili va boshqa fan o’qituvchilarining darslariga kirib kuzatdim, darslarni tahlil qildim. O’quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o’quv va tarbiyaviy ish rejalar tuzdim. Shuningdek o’quv muassasasidagi mavjud dasturlar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar bilan tanishib, o’rganib chiqdim. Institut tomonidan berilgan kundalikni to’ldirib bordim. O’qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o’tkazishlarida yaqindan yordam berdim. Dars davomida ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanishda fan o’qituvchisiga yordam berdim va dars jarayonida bevosita ishtirok etdim. Shuningdek o’quvchilar bilan individual ishlashga harakat qildim. Sinfda bir nafar yaxshi o’zlashtiruvchi va bir nafar sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarning maktabdagi, sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatini o’rgandim.
Amaliyotning yakunlovchi qismi, ya'ni uchinchi qismida malakaviy amaliyot bo'yicha hisobotimni tayyorladim va amaliyot kundaligimni oxirgi sahifalarini to'ldirib maktab direktori tomonidan imzolatishga tayyorladim.
SamDCHTI ingliz tili-II fakulteti
303-guruh amaliyotchi talabasi: ________________ X.A.Sattiyeva
Download 14.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling