Samarqand Davlat Chet tillar Instituti Roman-german tillar fakulteti ingliz


Download 16.9 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.9 Kb.
#255247
Bog'liq
Tavsiyanoma


Samarqand Davlat Chet tillar Instituti

Roman-german tillar fakulteti ingliz

filologiyasi 2-bosqich 2.10 -guruh

talabasi Arziqulova Setoraga

TAVSIFNOMA

Amaliyotchi talaba Arziqulova Setora Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar 17- ixtisoslashtirilgan umum ta'lim maktabiga fevral oyining 22-sanasidan mart oyining 22-sanasigacha malakaviy o'quv amaliyotini o'tadi. Amaliyotning tayyorlov bosqichida talaba maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari bilan tanishdi.



Amaliyotning ikkinchi bosqichi ya'ni asosiy bosqichida talaba Arziqulova Setora o'ziga biriktirilgan guruh va guruh murabbiyining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Chet tili va boshqa fan o'qituvchilarining darslariga kirib kuzatdi, darslarni tahlil qildi yangi metodlar o‘rgandi. O'quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o'zi o'quv va tarbiyaviy ish rejalar tuzdi. Shuningdek o'quv muassasasidagi mavjud dasturlar, darsliklar, uslubiy qo'llanmalar bilan tanishib, o'rganib chiqdi . O'ziga berilgan kundalikni to'ldirib bordi. Talaba Arziqulova Setora faol amaliyotga kirishdi, o'qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o'tkazishlarida yaqindan yordam berdi. Amaliyotchi dars jarayonida ham juda faol ishtirok etdi. Dars davomida ko'rgazmali qurollar, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanishda fan o'qituvchisiga yordam berdi va dars jarayonida bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, u o'zining xushmuomilaligi, kirishuvchanligi hamda hamisha quvnoq kayfiyatda o'quvchilar bilan munosabatda bo'lishi orqali maktab o'quvchilarida iliq taassurot qoldirdi. Arziqulova Setora o'zining pedogogik ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida o'quvchilarga 25-30 daqiqaga mo'ljallangan mikro-dars hamda biriktirilgan o‘qituvchi guvohligida 40-45 daqiqaga mo‘ljallangan ochiq dars ham o'tdi . Shuningdek u hamda maktab jamoasi o'tkazgan ma‘rifiy tadbir ham sinf rahbari va maktab ma'muriyati tomonidan yuqori baholandi . Tadbir mavzusi keng qamrovli, ma'naviy va madaniy tarbiyaga asoslangan bo'lib, bolalar ongiga ezgu g'oya va fikrlarni singdirish uchun maxsus tayyorlangan , shu bilan birga amaliyotchi tomonidan mavzu a'lo darajada yoritib berildi. Umuman olganda, amaliyotchi har tomonlama pedagog faoliyatini o'rganishda faollik ko'rsatdi va amaliyotda sinab ko'rishga ham erishdi. O'quvchilar bilan tez til topisha oldi, fan o'qituvchilari hurmatiga sazovor bo'ldi. O'ziga yuklatilgan vazifani tajribali o'qituvchilar singari vaqtida va aniq bajardi. Amaliyotchi talaba amaliyot davrida ko'zlagan maqsadiga: o'qituvchilik kasbini o'rganish, bolalarning psixologik-pedagogik xarakterini, maktab hayoti hamda faoliyati, ish yuritish va hujjatlar yuritish bilan tanishishga erishdi . Arziqulova Setora uddaburonligi , tirishqoqligini hamda bilim-ko‘nikmalarini nazarda tutgan holda unga maktab ma'muriyati 5-baho qo'yishni tavsiya etadi.

Amaliyot rahbari : Radjabova Mehrigul
Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling