Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

3. Daraja-miqdor ravishlari (very-juda, extremely-haddan tashqari, terribly-nihoyatda, so, 
too) bilan ham oddiy daraja ishlatiladi: This is a very interesting book. Bu juda qiziqarli kitob. This 
is an extremely difficult task. Bu haddan tashqari qiyin vazifa. I’m terribly sorry. Nihoyatda 
achinaman.
Qiyosiy daraja ishlatiladigan holatlar 
1. Gapda ikki predmet yoki voqea-hodisa nazarda tutilib, ular qiyoslansa qiyosi daraja ishlatiladi: 
The team played better in the second half and won the game. Jamoa ikkinchi taymda yaxshoroq 
o’ynadi va o’yinda yutdi.
2. Gapda “than” (-ga qaraganda) so’zi ishlatilgan bo’lsa hamisha qiyosiy daraja ishlatiladi: 
My car is newer than your car. Mening mashinam sening mashinangdan yangiroq. I’m stronger 
than you. Men senga qaraganda kuchliroqman.
3. Gapda “a bit, a little, a lot, much, far, even, slightly” so’zlari qiyosiy darajaning oldidan 
kelib “yanada” deb ham tarjima qilinadi. Yoki boshqacha qilib aytganda ushbu so’zlar faqat qiyosiy 
darajalarning oldidan ishalatiladi: It is much more difficult. U yanada qiyinroq. It is a lot harder. U 
yanada qattiqroq. Far more serious. Yanada jiddiyroq. A little more slowly. Yanada sekinroq.
4. Gapda bir holat ikkinchi bir holat bilan bog’liq bo’lsa, ya’ni bir holat ikkinchi bir holatni 
to’ldirsa ikkita “the …the …” artikllarining o’rtasida ikkita qiyosi daraja (qo’sh qiyos) ishlatiladi: 
The sooner we go the earlier we shall arrive. Tezroq ketsak ertaroq yetib boramiz. The more 
expensive the hotel the better the service. Mehmonxona qancha qimmat bo’lsa xizmati ham 
shuncha yaxshi bo’ladi. The bigger the worse. Kattaroq yomonroq.
Lekin: Bir holat ikkinchi holat bilan bog’liq bo’lmasa, ya’ni birinchi gapdagi holatga ikkinchi 
gapdagi holat teskari kelsa ikkita the … the … artikllari orasida ikkita orttirma daraja ishlatiladi: I 
work the hardest in the factory but I earn the least money. Men zavodda eng qattiq ishlayman 
lekin eng kam oylik olaman.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling