Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

SIFATDOSHLARNING ISHLATILISHI 
1. The Present Participle (writing - yozayotgan): Hozirgi zamon sifatdoshi aynan hozir davom 
etayotgan ish-harakat, holatlarni ifodalaydi. Who, which (kimki, qaysiki) bog’lovchilari bilan bog’langan 
ergashgan qo’shma gaplarni soda gapga aylantirishda hozirgi zamon sifatdoshi ishlatiladi:
The boy is my brother. He is sitting in the garden. Ana u bola mening ukam. U bog’da o’tiribdi.
The boy who is sitting in the garden is my brother. Bog’da o’tirgan bola mening ukamdir.
The boy sitting in the garden is my brother. Bog’da o’tirgan bola mening ukamdir.
2. The Present Participle (writing - yozayotgan): Hozirgi zamon sifatdoshi while (paytida), when 
(qachon) bog’lovchilari bilan ishlatilib Payt holi bo’lib keladi:
While reading the newspaper I tore it. Gazetani o’qiyotganimda uni yirtib qo’ydim.
When going home I met her. Uyga borayotganimda uni uchratdim. 
3. (The Present Participle): Hozirgi zamon sifatdoshi gapda sabab holi ham bo’lib keladi. Ularni 
sabab ergash gaplar bilan almashtirish mumkin.
Knowing English well, I can translate English texts without a dictionary. = As I know English well, I can 
translate English texts without a dictionary. Ingliz tilini yaxshi bilganligim sababli matnlarni lug’atsiz 
tarjima qila olaman.
4. (Perfect Participle Active) Tugallangan zamon sifatdoshi gapda sabab holi bo’lib keladi va 
kesimda ifodalangan ish-harakatdan oldin sodir bo’lgan ish-harakatni ifodalaydi: Having lived in London 
for many years he knew English very well. = As he had lived in London for many years he knew English 
very well. Ko’p yillar Londonda yashaganligi sababli u inglizchani yaxshi bilardi.
5. Gapda to’ldiruvchi vazifasida kelgan otdan keyin majhullikni ifodalovchi sifatdosh keladi: I’m 
eating the cakes which were cooked by my mother = I’m eating the cakes cooked by my mother. Men 
onam tomonidan pishirilgan piroglarni yeyapman. I am reading the letter written by my friend (the 
letter which was written).


107 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling