Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Qo\'ldoshev grammar
PREDLOGLAR UNIT – 114 (At/in/on larning vaqtga ishlatilishi) 1. Soatlarga va kunning ba’zi qismlariga nisbatan “AT” predlogi ishlatiladi: at 5 o’clock – soat 5 da, at 11.45 – soat 11.45.da, at midnight-yarim tunda, at lunchtime – tushlik paytida Izoh: Quyidagi birikmalarda ham “at” predlogi ishlatiladi: at night – tunda, at the weekend – hafta so’ngida, at week-ends – hafta oxirlarida, at Chiristmas – Milod kunida, at Easter – Pasxa bayramida, at Navruz – Navro’zda, at the moment – ayni paytda, at present – hozirda, at the same time – bir paytda, at the age of – yoshida. 2. Sana va hafta kunlari nomlari oldidan “ON” predlogi ishlatiladi. Oy nomlari oldidan raqam kelganda ham “on” predlogi ishlatiladi: on 12 March – 12chi martda, on Fridays – juma kunlarida, on Christmas day – Milod kunida. (Lekin: at Christmas). 3. Quyidagi birikmalar oldidan ham “on” predlogi ishlatiladi: on Friday morning – juma tongida, on Sunday afternoon – yakshanba peshinda, on Monday evening – dushanba kechqurun, on Saturday night – shanba kuni tunda. 4. Uzunroq vaqt oraliqlariga, ya’ni oy, yil, fasl nomlari oldidan “IN” predlogini ishlatamiz: in April – Aprelda, in 1968 – 1968 yilda, in (the) winter – qishda, in the 18 th century – 18inchi asrda, in the 1970s – 1970inchi yillarda, in the Middle Ages – o’rta asrlarda. Izoh: Quyidagi birikmalarda ham “IN” predlogi ishlatiladi: in the morning – ertalabda, in the afternoon – tushlikdan keyin, in the evening – kechqurunda (lekin: on Friday morning). 5. Next (kelasi) va last (o’tgan) so’zlari oldidan at/on/in predloglarini ishlatmaymiz: I’ll come next Friday. Men kelasi juma kunida kelaman. They got married last year. Ular o’tgan yili uylangan edi. 6. Kelajakdagi vaqtni bildiradigan birikmalar oldidan ham “IN” predlogi ishlatiladi. Bu birikmalar kelajakni ifodalaganda ularda kelgan “in” predlogi “keyin” deb tarjima qilinadi: in a week – bir haftadan keyin, in a month – bir oydan keyin, in a few minutes – bir necha daqiqadan keyin, in the future – kelajakda, in six months – olti oydan keyin, in a week’s time – bir haftalaik vaqtdan keyin, (in the past – o’tgan zamonda). Lekin: I learnt to drive in four weeks. Men mashina haydashni 4 hafta ichida o’rgandim. UNIT – 115 1. For – predlogi biror ish-harakat yoki holatning qancha vaqt oralig’ida davom etganligini bildiradi va “davomida”, “-ga, -lik”, “buyon” deb tarjima qilinadi: I watched television for two hours last night. Men o’tgan oqshom 2 soat televizor tomosha qildim. Ann is going away for a week in September. Anna sentyabrda bir haftaga safarga ketmoqchi. I have been waiting for ages. Men uzoq vaqtdan buyon kutmoqdaman. 2. During (paytida, davrida) – predlogidan keyin ot keladi. Biror narsaning qachon sodir bo’lganligini aytish uchun During dan keyin ot ishlatamiz: during the film – kino paytida, during our holiday – ta’tilimiz paytida, during the night – tun mobaynida. I fell asleep diring the film. Kino paytida uxlab qoldim. 3. While (paytida, davrida) – predlogidan keyin esa Ega + Kesim keladi va ko’pincha davomli zamon ishlatiladi: I fell asleep while I was watching television. Televizor ko’rayotganimda uxlab qoldim. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling