Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

UNIT – 117 
IN, AT, ON predloglarining joylar uchun ishlatilishi
 
1. IN predlogi biror narsaning ichiga nisbatasn ishlatiladi va ichidalikni bildiradi:
in a room – xonada in a town – shaharchada in a river - daryoda 
in a building – binoda in a country – mamlakatda in a row – qatorda
in a garden – bog’da in the water – suvda in a line - chiziqda 
in a park – parkda in the sea – dengizda in a queue – navbatda, ocheredda
in her purse – cho’ntagida in your hand – qo’lingda in the mountains – tog’larda
in your mouth – og’zingda in the front row – old qatorda
2. Quyidagi birikmalarda ham IN ishlatiladi: 
in a photograph – fotosuratda in a mirror – ko’zguda in the sky – osmonda
in a picture – rasmda in the street – ko’chada 
NoteStulning ustiga nisbatan “ON” predlogi, kresloning ustiga nisbatan “IN” predlogi ishlatiladi: She 
is sitting on the chair. U stulda o’tiribdi. She is sitting in the armchair. U kresloda o’tiribdi.
3. Quyidagi joy nomlari uchun esa “in” ishlatiladi:
at the bus stop – bekatda at the top of the page – sahifaning eng yuqorisida
at the door – eshik yonida at the bottom of the page – sahifaning eng pastida
at the window – deraza yonida at the end of the street – ko’chaning oxirida
at the back – orqada at the traffic lights – svetaforda
at the front – oldinda at reception – qabul xonada
4. Xonaning devori, poli va shiftiga nisbatan “on” predlogi ishlatiladi:
on the wall – devorda on her nose – burni ustida on the grass – maysada
on the floor – polda on a page – sahifada on the notice board – e’lon taxtasida
on the ceiling – shiftda on the ground – yerda on the top shelf – eng yuqori tokchada
5. O’ng yoki chap tomonga nisbatan ham “on” predlogi ishlatiladi:
on the left – chapda on the left-hand side – chap qo’l tarafda
on the right – o’ngga on the right-hand side – o’ng qo’l tarafda
6. Bino qavatlariga nisbatan “on” predlogi ishlatiladi: On the ground floor – 1-qavatda on the 
first floor – 2-qavatda on the second floor-3-qavatda.
7. Kichik orollarga, daryo va qirg’oq bo’ylariga, katta ko’chalarga nisbatan “onpredlogi 
ishlatiladi: on a small island – kichik bir orolda, on the coast – qirg’oqda, on a river – daryo bo’yida, on 
a road – shoh ko’chada; on the river Thames – Temza daryosi bo’yida, on the south coast of England 
– Angliyaning janubiy qirg’og’ida; on the way – yo’lda; on my way home – uyga boradigan yo’limda.


109 
8. Xonaning burchagiga nisbatan “in” predlogi, ko’chaning burchagiga nisbatan esa “at yoki on” 
predlogi ishlatiladi: in the corner of the room – xonaning burchagida, at the corner of a street = on the 
corner of a street – ko’cha burchagida;
9. Mashinaning old va orqa o’rindiqlariga nisbatan “in” predlogi ishlatiladi: in the front of a car 
– mashinaning old o’rindig’ida, in the back of a car – mashinaning orqa o’rindig’ida;
10. Bino, zal, kinoteatr, kishilar guruhining old yoki orqa tomoniga nisbatan “at” predlogi 
ishlatiladi: at the front of a building – binoning oldida, at the back of the hall – zalning orqasida, at the 
front of the cinema – kinoteatrning oldida, at the back of the group of the people – odamlar guruhining 
orqasida;
11. Qog’oz, varaq va xatning old va orqa tomonlariga nisbatan “on” predlogi ishlatiladi: 
On the front of a letter – xatning old tomonida, on the back of this piece of paper – qog’ozning orqa 
tomonida;  
UNIT – 118 
 
1. Kishilar yig’ilib o’tkazadigan jamoaviy tadbirlar va joylarga nisbatan “AT” predlogi ishlatiladi: 
at a party – ziyofatda, at a concert – konsertda, at a conference – anjumanda, at a football match – 
fubol musobaqasida, at a film – filmda, at a meeting – uchrashuvda, at a sports event – sport 
musobaqasida.
 
2. Quyidagi birikmalarda “AT” predlogi ishlatiladi:
At home – uyda at university – universitetda, at the seaside – dengiz bo’yida,
At work – ishda at a station – vokzalda, at sea – dengiz sayohatida,
At school – maktabda at an airport – aeroportda,
 
Lekin: quyidagi birikmalarda esa “IN” predlogi ishlatiladi. “Farm” so’zi bilan esa “on” predlogi 
ishlatiladi: In bed – to’shakda, in hospital – kasalxonada, in prison – qamoqxonada, on a farm – 
fermada, dalada.
 
3. “Hotel” va “restaurant” so’zlariga nisbatan esa “in” predlogi ham “at” predlogi ham 
ishlatilaveradi: in a hotel yoki at a hotelmehmonxonada, in a restaurant yoki at a restaurant – 
restoranda.
4. Biror kishining uyida mehmondaman, biror kishinikidaman ma’nosida “house” so’ziga 
nisbatan “at” predlogi ishlatiladi. Bunda ba’zan “house” so’zi tushib qolishi ham mumkin: I was at Tom’s 
house last night. Men o’tkan oqshom Tomning uyida edim. = I was at Tom’s last night. Men o’tkan 
oqshom Tomlarnikida edim.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling