Bill staggered on through the milky water. (Jack London “Love of
life”-1905. pg.3)
Билл ковылял дальше по молочно-белой воде. (Джэк Лондон собрание сочинений., Том 5; М. 1961ст. 262)
Bill oyoqlarini sudrab sutdek oppoq suvdan kechib borardi. (J. London
“Hikoyalar”- T. 1955.57-b.)
Bu yerda “milky water” so’zining so’zma-so’z tarjima qilinishi pragmatik jihatdan tarjimaning biroz tushunarsiz bo’lishiga olib kelgan. Sababi “sutdek oppoq suv” so’zi o’zbek tilida qo’llanilmaydi va u o’zbek kitobxonlari uchun albatta g’ayritabiiydir.
Asliyatda berilgan pragmatik ma’noli so’zlarni tarjimadan tushirib qoldirish, yoki ularni boshqa jumlalar bilan almashtirish, voqealar izchilligini bayon qilishda xatolarga yo’l qo’yish ham asliyatning badiiy-estetik ruhini pasaytiradigan omillardan biridir. Masalan ushbu jumlaning o’zbek tilidagi tarjimasini tahlil qilib ko’raylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |