- 2-Amaliy mashg’ulot: Modellashtirish. Modellashtirish tushunchalari, tizimni modellashtirish. Axborot jarayonlarini modellashtirish.
- 1. Model tushunchasi.
- 2. Modellashtirish tushunchasi.
- 3. Matematik model tushunchasi.
- 4. Matematik modelni qurish bosqichlari.
- 5. Matematik modellarni sinflash.
- Ilmiy va amaliy tadqiqotlarda real mavjud sistemalarni modellashtirish katta rol o‘ynaydi. Modellashtirish mohiyati shundan iboratki, har bir real mavjud yoki abstrakt bo‘lgan ikki sistemalar orasida o‘xshashlik munosabati o‘rnatiladi. Agar bu sistemalardan birinchisi tadqiq qilish uchun ikkinchisiga nisbatan soddaroq bo‘lsa, ikkinchi sistemaning xossalari haqida birinchi sistema xulqini kuzatib hukm chiqarish mumkin. Bu holda tadqiqot uchun foydalanilgan sistemani model deyiladi.
- Modellashtirish masalalarning qo‘yilishi san`atini egallashga yordam beradigan sistemaviy tushunchalarga jumladan, «sistema» so‘ziga diqqatni qarataylik.
- Sistema – yunoncha birlashma degan ma’noni bildiradi va umumiy funksiya bilan bog‘langan elementlar to‘plamidir yoki Sistema o‘zaro aloqadagi elementlar to‘plamidir.
- "Model" so’zi lotincha modulus, so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor, obraz, namuna, analog, "o’rinbosar“ degan ma’nolarni bildiradi.
- Model tushunchasini ta‘riflash juda qiyin. Bir manbada uning bi nechta ta‘rifi sanab o‘tilgan. Shunday bo‘lsada bu tushuncha har birimizga tanish: o‘yinchok samolyot-samolyotning modeli, globus - erning modeli, planetariy ekrani - osmon va undagi yulduzlar modeli.
- Modelni qurish jarayoniga modellashtirish deyiladi.
- Modellashtirish deganda obe‘kt (tizim)ning modeli yordamida shu obe‘ktning xossalarini tadqiq qilish jarayonini tushuniladi. Modellashtirish bilish obe‘ktlarini ularning modellari yordamida tadqiq etish, kuzatilayotgan predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. Obe‘ktni uning modeli yordamida bilish modellashtirishdir. Har qanday bilish modellashtirishdan iborat, chunki bunda tegishli obe‘kt bosh miyada asab hujayralari majmui yordamida ideal ko‘rinishda aks etadi, ya‘ni biz obe‘ktning modeli bilan ish ko‘ramiz. Modellashtirish - turli jarayon va hodisalarni o‘rganishning eng keng tarqalgan metodlaridan biri.
- Model tushunchasi biologiya, medistina, ximiya, fizika, iktisodiyot, sostiologiya, demografiya va boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi.
- Modelning modellashtirilgan ob’ektga mosligini modelning adekvatligi deyiladi. "Adekvatlik“ so’zi lotinchadan tarjimada teng, tenglashtirilgan degan ma’noni bildiradi.
- Bu shartli tushuncha, chunki model real ob‘ektga to‘la mos bo‘lolmaydi, aks holda bu model emas, ob‘ektning o‘zi bo‘lardi. Odatda model qancha adekvat bo‘lsa, u shuncha murakkab bo‘ladi. Shuning uchun modelning soddaligi va adekvatligi talablari qandaydir ma‘noda qarama-qarshidir. Modellashtirishda adekvatlik umuman emas, balki tadqiqot uchun muhim hisoblangan xossalari bo‘yicha nazarda tutiladi.
- Model tizimni etarli to‘g`ri akslantirishi va foydalanish uchun qulay bo‘lishi kerak.
- Misollar: 1. Avtomobilni boshqarishni o‘rganishda kerak bo‘ladigan stend-trenajerdagi avtomobil modeli avtomobilga shakl, o‘lchovlari bo‘yicha o‘xshamaydi, g’ildiraklari hatto yuq. Shunday bo‘lsa ham boshqaruvni o‘rganish uchun bu adekvat model bo‘ladi.
- 2. Garaj maketini qurishda o‘sha avtomobilning modeli mashinaga tashqi o‘xshash (kengligi, balandligi, uzunligi bo‘yicha proporstional), ammo aslida u yog`ochning o‘zi. Bu quriladigan masala uchun adekvat model bo‘ladi.
- 3. Agar bizni iqtisodyotida xomashyoning miqdoriy xarakteristikalari (og`irligi) qiziqtirsa ( masalan, bir tonna qandaydir yarim fabrikat olish uchun qancha xomashyo kerakligini aniqlaydigan bo‘lsak), u holda bizni o‘sha jarayonning narx xarakteristikalari qiziqtirmasligi mumkin; agar aksincha bizni narx xarakteristikalari qiziqtirsa, u holda biz modelga miqdoriy xarakteristikalarni kiritmasligimiz mumkin. Bizni qiziqtirgan xarakteristika bo‘yicha modelning jarayonga adekvatligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |