Samarqand davlat chet tillari institute Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)


Download 33.89 Kb.
Sana26.02.2023
Hajmi33.89 Kb.
#1233462
Bog'liq
Hisobot e.m tayyor


Samarqand davlat chet tillari institute Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik
fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) yo`nalishi 4-bosqich 431-guruh talabasi Eshbadalova Madinaning malakaviy amaliyotni o`taganligi to`g`risidagi
Hisoboti
Men Eshbadalova Madina 05.02.2022 dan 14.11.2022 gacha Samarqand viloyati Paxtachi tumani 37-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyotning birinchi kunida men institutimiz tomonidan tashkillashtirilgan zoom uchrashuvida qatnashdim. Zoomda dekan o'rinbosarlari Zoir Norqulovich va A.Shermatov bizga malakaviy amaliyotda qilinadigan ishlar bo`yicha ma'lumotlar berishdi. Har bir guruhga malakaviy amaliyot rahbari tayinlandi. Bizning malakaviy amaliyot raharimiz etib Ergasheva D tayinlandi. Zoom uchrashuvidan so`ng amaliyot rahbarimiz ham bizga malakaviy amaliyot yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlarni berib o`tdilar. Amaliyotim davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim.Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi. Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e’tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim. Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim.Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi. Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi. Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi talaba: Eshbadalova M


Malakaviy amaliyot rahbari: Suvonova B __________
Download 33.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling