Organik moddalarni o`zlashtirilishining asosiy bosqichlari: - 1. Oziqlanish (ovqatlanish) va hazm qilish.
- 2. Hazm qilingan mahsulotlarning so`rilishi
- 3. To'qimalar metabolizmi yoki ozuqa moddalarining hujayradagi metabolizmi.
- Metabolizm oxirgi mahsulotlari (CO2, H2O, NH3, mochevina, kreatinin, siydik kislotasi) ning exskreciyasi.
Metabolizm 2 o'zaro bog'liq jarayonlarni – assimilyatsiya va dissimilatsiyani o'z ichiga oladi. - Dissimilatsiya-bu murakkab biokimyoviy jarayon bo'lib, u organizmdagi murakkab organik birikmalarning oxirgi mahsulotlarga parchalanishini: CO2, H2O, NH3, mochevina, kreatinin, siydik kislotasi va boshqalar o'z ichiga oladi. Bu jarayon patologik sharoitlarda (ochlik, yuqumli kasalliklar va boshqalar) jadal kechadi va tananing charchashiga olib keladi.
Ovqatning asosiy (major) va minor qismlari . - Ovqatlanish- odam organizmining tashqi muhit bilan aloqa vositasi bo`lib u metabolizmning birinchi bosqichi bo`lib hisoblanadi
- Ovqatning organik komponentlari: oqsillar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar va vitaminlar.
- Mineral komponentlar: natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor, xlor, temir, yod, mis, sink va boshqalar.
- Meyoriy (Balansli) ovqatlanish-bu insonning yoshi, jinsi, faoliyati va turmush tarziga qarab ovqatning asosiy va minor tarkibiy qismlarining muayyan nisbati. Oqsillar, lipidlar va uglevodlar uchun bu nisbat 1:1:5 ga teng.
- Ratsional ovqatlanish kunlik ovqatlanishning to'g'ri tarkibi (nonushta, tushlik va kechki ovqat).
- Balansli ovqatlanishda organizm barcha muhim (essentsial) minor komponentlarni qabul qilib oladi: alishtirib bo`lmaydigan aminokislotalar, to'yinmagan yog ' kislotalari, vitaminlar, makro va mikro elementlar
Do'stlaringiz bilan baham: |