Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakulteti


Download 0.79 Mb.
bet3/3
Sana21.01.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1105583
1   2   3
Bog'liq
Blek bo\'yicha karies kovaklarini restavratsiya

Ponasimon nuqson bilan zararlangan tishlarni kavlashda kichkina burchak qilinadi. Chunki odatda pona yassiligi juda silliq bo‘ladi. Bunda to‘g‘ri burchakli devorlar hosil qilinadi. Tubida esa pulpadan uzoqroqda kichik-kichik o‘yiqlar, kesiklar qilinadi. Karioz kovakni bor bilan ishlagandan keyin uning cheti g‘adir-budur arra tishiga o‘xshash va go‘yo yulib olgandek bo‘lib qoladi, bu holat plombaning yaxshi ushlab qolinishiga ta’sir etadi. Plombaning bir qismi sinib ketmasligi uchun karioz kovakning chetini karbonad golovka bilan tekislab, silliqlanadi. Karioz kovakning cheti qo‘llaniladigan plomba materialiga qarab turlicha ishlanadi. Agar kovak sement yoki plastmassa bilan plombalanadigan bo‘lsa, plomba tishga oldingi anatomik shaklini berish kerak, tish fissuralari baland bo‘lib qolmasligi kerak.
6- sinf karioz kavaklari kam uchraydi chunki bu sinifga oid kavaklarning joylashishi emal yuzasining tabiy do’ngliklarida (kesuv qirraladida ,chaynov do’mboqlarida ,ekvatorda)joylashganligi sababli kariesni chaqiruvchi mikroorganizmlar bu tabiy do’ngliklarda ushlanib qolish extimoli kam xisoblanadi. Kavaklariga shakil berishda asosan oddiy( yumaloq ,oval,kvadrat) usulda shakillantiriladi kavaklar chuqurligi 1,5 mm dan oshmasligi kerak agar chuqurroq shakillantirishga ko’rsatma bo’lmasa. Emal qismini qalin soxalarida joylashganligi uchun og’riqsizlantirishsiz xam ishov bersa boladi.Agar bemorda og’riqga nisbatan sezish uyg’onsa og’riqsizlantiriladi.
5-sinfdagi kovaklar hamma tishlarning lunj, lab, til, tanglay yuzalarining bo‘yin qismida joylashgan bo‘ladi. Bir-biriga yaqin joylashgan kovaklarni birlashtirib shakl berish tavsiya etiladi. Unga yarim oysimon yoki buyraksimon shakl beriladi. Milk oldi qirrasi yarimoysimon shaklda, pastki devori to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Kovakning tubini va devorini fissur va teskarisimon bor bilan shakllantiriladi, sababi pulpa yaqin. Plombaning tish bo‘yin qismida yaxshi turishi uchun g‘ildiraksimon bor bilan shakllangan kovakni devorida qo‘shimcha fissurlar, kesiklar hosil qilinadi va plomba joylanib uzoq turadi. Beshinchi sinfda kovakni shakllantirishda tubi bir muncha bo‘rtgan bo‘lishi kerak.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling