Samarqand davlat universiteti 70220301 Tarix mutaxassisligi bo’yicha


Download 19.76 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1266627
Bog'liq
Imomov Ulug\'bek Magistrant Hisoboti 2022-2023 (копия)


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Samarqand davlat universiteti 70220301 – Tarix mutaxassisligi bo’yicha


I – bosqich magistranti Mamatov Bektosh Tolibjon o’g’lining
2022-2023 o’quv yilining sentabr-yanvar oyida bajargan o’quv metodik ishlar, ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy pedagogik ishlari bo’yicha

HISOBOTI


  1. O’quv metodik ishlar.

Men Mamatov Bektosh sentabr-yanvar oylarida quyidagi o’quv metodik ishlarni amalga oshirdim:

  • Ta’limga oid Nizom va qarorlarni, me’yoriy hujjatlarni o’rganish hamda yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish bo’yicha ko’nikmalar qabul qildim;

  • Kafedrada olib boriladigan fanlarning ishchi o’quv dasturlari bilan tanishish va ularni ishlab chiqarish mexanizmlarini o’rgandim;

  • Belgilangan fanlardan ishchi o’quv dasturlari va sillabuslar ishlab chiqish, dastur asosida fan mavzulari bo’yicha kalendar ish reja tuzish va ularni o’quv reja bilan solishtirish bo’yicha ko’nikmalar oldim;;

  • Talabalar bilimini baholashning reyting tizimini, nazorat ishlarini bajarish ko’nikmalarini, kafedraga tegishli fanlardan oraliq va yakuniy nazorat savollari hamda test topshiriqlarini yaratish bo’yicha ko’nikmalar hosil qildim;

  • Belgilangan fanlar doirasida talabalar uchun berilgan mustaqil ishlar himoyasini tashkil qilish, mustaqil ishlar va uzluksiz pedagogik amaliyot bo’yicha hujjatlarni qabul qilish va baholash jarayonlarida qatnashdim;

  • Fakultet, dekanat va kafedra faoliyatini tashkil qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni o’rganish va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, rektorat va boshqa yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlar, buyruqlar va topshiriqlarga javoblar, ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash ko’nikmasini shakllantirdim.




  1. Ilmiy tadqiqot ishlari.

Men Mamatov Bektosh sentabr-yanvar oylarida quyidagi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdim:

  • Magistrlik dissertatsiyasining mavzusini tanladim hamda uni kafedra professor-o’qituvchilari yig’ilishi tasdig’idan o’tkazdim;

  • “Bahodir Yalangto’shning Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o’rni” mavzusi bo’yicha tadqiqotlar olib bordim hamda ilmiy maqolalar va tezislar chiqarish uchun ma’lumotlar to’plash bilan shug’ullandim;

  • Talabalar, magistrantlar va yosh olimlarning ilmiy anjumanlari va mustaqil tadqiqotchilarning tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) himoyalarida qatnashdim;

  • Ilmiy to’garak, ilmiy seminar mashg’ulotlari va kafedra yig’ilishlarida faol ishtirok etdim;

  • Ilmiy rahbarim bilan birgalikda “ Bahodir Yalangto’shning Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o’rni”mavzusi bo’yicha amaliyotga bog’liq muammolarni o’rganib, ularni ilmiy hal qilish bo’yicha uslublar va aniq ko’rsatmalar ishlab chiqdim;

  • Axborot hujjatlari va manbalarni chuqur o’rganish, bibliografik ro’yxatga qo’shimcha adabiyotlar kiritish hamda konspekt, annotatsiya va taqrizlar tayyorlash usullarini o’rgandim;

  • Tadqiqot uchun zarur bo’lgan usullar, yo’nalishlar va texnologiyalar ro’yxatini tuzish hamda bibliografik tahlil o’tkazishni o’rgandim;

  • “Bahodir Yalangto’shning Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o’rni” mavzusi bo’yicha keltirilgan usul, yo’nalish va texnologiyalardan asosiy va yordamchilarini tanlab olish uslubiyatini o’zlashtirdim.


  1. Ilmiy pedagogik ishlar.

Men sentabr-yanvar oylarida quyidagi ilmiy pedagogik ishlarni amalga oshirdim:

  • Mutaxassislik fanlaridan ma’ruzalar matni tayyorlashni o’rgandim va shu fanlardan ma’ruzalarda qatnashdim;

  • Kafedra yetakchi professor-o’qituvchilarining ma’ruza va seminar darslarida ishtirok etdim va ularning dars mashg’ulotlarini olib boorish usullarini o’rgandim;

  • Mustaqil ta’lim uchun o’quv topshiriqlarini bajarish, bu jarayonda yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishni o’rgandim;

  • Amaliy va seminar mashg’ulotlarini olib borishga tayyorgarlik kordim hmda belgilangan guruhlarda amaliy va seminar darslarini olib bordim;

  • Kafedraga tegishli fanlardan oraliq va yakuniy nazorat savollari hamda test topshiriqlarini yaratish bo’yicha ko’nikmalar hosil qildim va mustaqil ishlarni bajarishda talabalarga maslahatlar berish, mustaqil ishlarni qabul qilish va ularni baholash jarayonlarida faol ishtirok etdim;

  • Mt.samdu.uz va Hemis.samdu.uz masofaviy ta’lim platformalarini o’rganish va ularga o’quv kontentlari va ma’lumotlarni joylashtirish yuzasidan bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim.

Magistrant: B.Mamatov


Kafedra mudiri: G.Normurodova
Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling