Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Smena ichidagi va tо‘liq kunli ish vaqti


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

2. Smena ichidagi va tо‘liq kunli ish vaqti
yо‘qotishlari tahlili 
 
Oldingi paragrafda ta’kidlanganidek korxonaning samarali 
faoliyat olib borishi kо‘p jihatdan uning vaqti fondidan oqilona va 
maqsadli foydalanishga bog‘liq. Buning uchun ishlab chiqarishda 
band bо‘lganlar ularning vaqti tahlil qilinadi. Bu shu bilan birga 
korxonadagi kadrlarning foydalanilganlik darajasini kо‘rsatib beradi. 
Bu tahlil jarayonida smena ichidagi va kunlik ish vaqti yо‘qotishlari 
о‘rganiladi. Noishlab chiqarish vaqt sarflari va yо‘qotishlarning hajmi 
hisobga olinadi. Ularning sababi aniqlanadi.
Haqiqatda ishlangan kishi kunlar yoki kishi soatlarni rejadagi 
yoki bazis ma’lumotlar bilan taqqoslash ish vaqti yо‘qotishlarini 
aniqlash imkonini beradi. Ish vaqti yо‘qotishlarini absolyut 
kо‘rsatkichlarda ifodalaniladi.
Smena ichidagi yо‘qotishlar ish kuni davomiyligini hisoblash 
orqali aniqlanadi, ya’ni ish kuni davomidagi turib qolishlarga bog‘liq. 
Smena ichidagi ish vaqti yо‘qotishlari tahlili turib qolishlar sabablarini 
aniqlash imkonini beradi, natijada ularni qisqartirish bu tо‘xtalishlarni 
oldini olish imkonini beradi.
Kunlik ish vaqti yо‘qotishlari ish vaqti fondi va о‘rtacha 
rо‘yxatdagi ishchilarning ish vaqti balansini tahlil qilish natijasida 
aniqlanadi. О‘rganilayotgan davrdagi ishlangan kishi kunlar, kishi 
soatlar soni shu davrdagi kunlik tо‘xtalishlar ma’muriyat ruxsati bilan 
ishga chiqmasliklar, kasalliklar, ish tashlashlar va sababsiz ishga 
chiqmasliklarga bog‘liq. Shuning uchun kunlik ish vaqti yо‘qotishlar 
hisoblanishi va tahlil etilishi kerak. Kunlik ish vaqti yо‘qotishlari 
tahlili bunday turib qolishlarni qisqartirish, ba’zida esa kun 
davomidagi tо‘xtalishlar, ish tashlashlar, sababsiz ishga chiqmaslik, 
kasalliklarni oldindan aniqlash hamda qisqartirish imkonini beradi. 


99 
Kunlik ish vaqti yо‘qotishlarini bartaraf etish mavjud ishchilar-
dan foydalanish koyeffisiyentini oshiradi va ishchilarga bо‘lgan 
talabni kamaytiradi.
Ish vaqtidan foydalanishni tahlil etish jarayonida rejadagi 
kо‘rsatmalarni naqadar tо‘g‘riligini, о‘tgan yilga nisbatan sodir 
bо‘lgan о‘zgarishlarni kо‘rib chiqish imkonini beradi va kelajakda ish 
vaqtidan yanada samaraliroq foydalanish imkonini beradi.
Smena ichidagi tо‘xtalishlar tahlili ish kuni davomiyligidan 
foydalanish koeffitsiyenti orqali aniqlanadi, bu koeffitsiyent haqiqat-
dagi ish kuni davomiyligining bazisdagisiga nisbati yoki quyidagi 
formula orqali aniqlanadi: 
Krd = 
)
(
.
.
.
пл
б
рд
ф
рд
П
П
(10.6) 
bunda Krd – kun davomiyligidan foydalanish koeffitsiyenti. 
Prd.f – haqiqatdagi ish kuni davomiyligi.
Prd.b(pl) – bazis (reja) davrdagi ish kuni davomiyligi.
Kun bо‘yi turib qolishlar tahlili bir ishchining ish kunlaridan 
foydalanish koeffitsiyenti orqali amalga oshiriladi. Bunda haqiqatda 
ishlangan ish kunlarining bazis yoki rejadagi ish kunlariga nisbatan 
olinadi, yoki formulada quyidagicha ifodalanadi: 
Kd=
)
ПЛ
Б
Ф
Д
Д
(10.7.) 
bunda
Kd – ish kunlarida foydalanish koyeffisiyenti. 
Df – bir ishchining joriy davrdagi ish kunlari soni. 
DB(PL) – bir ishchining bazis (rejadagi) ish kunlari soni. 
Ish vaqti balansini misol tariqasida 10.3-jadvalda keltiramiz.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling