Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

3. Ish vaqtidan foydalanishda mehnat omillari
ta’sirining tahlili 
Korxonada mehnatdan foydalanish samaradorligini baholash 
kishi-kun yoki kishi-soatdagi real ish vaqti fondini tahlil etish orqali 
amalga oshiriladi. Real ish vaqti fondi hajmi uch omilga bog‘liq: 
– ishchilar soni 
– ish kunlari soni 
– ish kunlari davomiyligi 
Misol uchun korxonada ishchilar tomonidan ish vaqtidan qanday 
foydalanayotganligini 10.4-jadvalda kо‘rib о‘tamiz.


103 
10.4-jadval 
Korxonada ish vaqtidan foydalanish 
№ 
Kо‘rsatkichlar 
Reja 
Haqiqat 
Farqlanish 
± 


Ishlovchilar 
tomonidan ishlangan 
kishi-kunlar 
32670 
28023,8 
-4646,3 
14,2 

Ishchilar tomonidan 
ishlangan kishi-soatlar 
255806 
203452,4 -52353,6 
-20,5 

Bitta ishchining 
о‘rtacha ish kunlari 
soni 
217,8 
198,75 
-19,05 
-8,75 
4. 
Ish kunining о‘rtacha 
davomiyligi, soat 
7,83 
7,26 
-0,57 
-7,3 

Real (samarali) ish 
vaqti jamg‘armasi 
1755,4 
1492,9 
-262,5 
-15,4 
6 Ishchilarning о‘rtacha 
rо‘yhatdagi soni 
150 
141 
-9 
-6,0 
10.4-jadvaldan kо‘rinib turibdiki joriy yilda bir ishchi haqiqatda 
198,5 kun ishlagan, rejadan tashqari ish vaqti yо‘qotishlari 19,05 
kunni yoki umumiy ishlangan kunlardan 8,75% ni tashkil etgan. Reja 
bо‘yicha о‘rtacha rо‘yhatdagi ishchilar soni 150 kishi edi. Haqiqatda 
esa 141 kishini tashkil etdi. Rejada kо‘rsatilgan ish kunlari 217,8 va 
haqiqatdagi ishchilar sonidan kelib chiqsak, ishchilar yil davomida 
30709,8 kishi-kun (217.8/141) ishlashlari lozim edi, lekin haqiqatda 
28023,8 kishi-soat yoki 2686 kishi-soat kam ishladilar.
Ish vaqti yо‘qotishlari turli rejada kо‘rsatilmagan holatlar tufayli 
paydo bо‘lgan, misol uchun qо‘shimcha tatillar, homiladorlik uchun 
tatillar, kasalliklar, ishda turib qolishlar, ishga kelmasliklar va h.k.
10.4-jadvaldagi ma’lumotlarni kо‘rib chiqish korxonada ish 
vaqtidan 
yetarlicha 
foydalanilmayotganligi 
tо‘g‘risida 
xulosa 
chiqarishimiz mumkin. Buni ishlangan kishi-soatlar yaqqol kо‘rsatib 
turibdi. Agar rejada 255806 kishi-soat ishlash nazarda tutilgan bо‘lsa, 
haqiqatda esa 253452,4 kishi-soat ishlangan, ya’ni rejadan 52353,6 
kishi-soat kam. Haqiqatda ishlangan vaqt jamg‘armasiga 3 ta omil: 
ishchilar soni (Si), ish kuni davomiyligi (D) va yillik ish kunlar 


104 
sonining ta’sirini aniqlash uchun zanjirli о‘rin almashtirish usulidan 
foydalanib quyidagi hisob kitoblarni keltiramiz. 
Agar jami ishlangan kishi soatlarni (T) deb, ularning reja 
kо‘rsatkichi bilan farqlanishini (ΔT) deb belgilasak, unda keltirilgan 
omillar hisobiga quyidagicha о‘zgarishlar yuz bergan. 
1. Ishchilar sonining о‘zgarishi hisobiga: 
Δ Tch = Δ Si∙ Dh ∙ Mh (10.10) 
Tch = -9 ∙ 7,26 ∙ 198,75 = -12986,3 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning 
jami kamaygan yig‘indisidan 24,8%. 
2. Bir yilda ishlangan jami kishi-kunlarening о‘zgarishi hisobiga: 
Δ Tm = Δ M ∙ Si. reja ∙ Dh (10.11) 
Tm = -19,05 ∙ 150 ∙ 7,26 = -20745,5 kishi soat, yoki ishlangan 
vaqtning jami kamaygan yig‘indisidan 39,6%. 
3.Ish kuni о‘rtacha davomiyligining о‘zgarishi hisobiga: 
Δ Td = ΔD ∙ Dreja ∙ Si. reja (10.12) 
Td = -0,57 ∙ 217,8 ∙ 150 = -18621,7 kishi soat, yoki ishlangan vaqtning 
jami kamaygan yig‘indisidan 35,6%. 
Korxonaning ish faoliyati samardorligini oshirish uchun ish 
vaqtidan foydalanish tarkibini takomillashtirish zarur. 
Kun bо‘yi va smena ichidagi ish vaqti yо‘qotishlarini oldini 
olishda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, mehnat intizomini 
yaxshilash, texnika xavfsizligiga rioya qilish, mehnat sharoitlari va 
mehnat muhofazasi bо‘yicha chora-tadbirlarni yaxshilashga e’tiborni 
qaratish zarur bо‘ladi. Bu esa о‘z navbatida ish vaqti yо‘qotishlarini 
oldini olish va korxona kadrlari sonini tejash imkonini beradi.
Ish vaqti yо‘qotishlari va undan Rasional foydalanmaslik 
hisobiga ishlovchilar sonini kamaytirish imkoniyati quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi:

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling