Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni rejalashtirish


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

 
3. Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni rejalashtirish 
Ishchi kuchini rejalashtirish kompleks yechimlar tizimi sifatida: 
– korxonani zaruriy kadrlar bilan ta’minlanishi; 
– oldinga qо‘yilgan vazifalarni bajara oladigan va ularning 
yechimini topishda yangicha yondashuvlarni shakllantira oladigan 
odamlarni tanlash; 
– ishlovchilarni zarur malaka darajalarini ta’minlash; 
– korxona faoliyatida ishlovchilarning faol ishtirokini ta’minlash 
imkonini beradi. 
Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash jarayoni bir necha 
bosqichdan iborat: 
– Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyoj shakllarini aniqlash. 
– Rejalashtirish maqsadini belgilash. 
– Rejalashtirish turlarini belgilash. 
– Rejalashtirish usullarini belgilash. 


117 
Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyoj turlari qо‘yidagicha bо‘ladi: 
Normativ: 
– Korxona tо‘liq quvvat bilan ishlash sharoitida umumiy ish 
о‘rinlari soni (ularning tо‘liq, qisman yoki zaruriy ish kuni bilan 
yuklanganligini kо‘rsatgan holda). 
Sof (ma’lum davrga): 
– Davr (oy, kvartal, yil) mobaynida korxonani rejalash-tirilayotgan 
quvvatida ishlashi uchun zarur bо‘lganda tо‘ldirilgan ish о‘rinlari 
soni. 
– Yalpi (ma’lum davrga): 
– Davr mobaynida korxonani rejalashtirilayotgan quvvatda ishlashi 
kerak bо‘lgandagi ishchilar soni (shtatdagi va shtatdan tashqari). 
Rejalashtirish maqsadi: 
– Korxonaning ishlab chiqarish jarayonini zarur son va sifatni 
hisobga olgan holda kadrlar bilan ta’minlash. 
– Ham qisqa (kadrlarni jamlash), ham uzoq muddatda (kadrlarni 
rivojlantirish) ishchi kuchi bilan ishlashni samarali tashkil etish. 
– Kadrlar boshqaruvi xizmati ishini tashkil qilish. 
Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni rejalashtirish turlari: 
1.Loyihaviy. Ishchi kuchiga bо‘lgan normativ ehtiyojni 
(korxonani barpo etishda) yoki tashkiliy о‘zgarishlar (qisqarish, 
kengayish, yangi texnika joriy etilishi va h.k.) yuz berganda uning 
о‘zgarishini aniqlash. 
2. Joriy. Korxonaning ishlash quvvatini о‘zgarishi va shunga 
о‘xshash boshqa omillar ta’siri hisobiga ishchi kuchining haqiqatdagi 
malakaviy darajasini normativ ehtiyojdan chetlashish sifatida ma’lum 
davrga kadrlarga bо‘lgan sof ehtiyojni aniqlash. 
Intizom, kasallik, qо‘nimsizlik kabi omillarning ta’siri hisobiga sof 
ehtiyojdan chetlashish sifatida ma’lum davrda kadrlarga bо‘lgan yalpi 
ehtiyojni aniqlash. 
3. Istiqbolli. Ishchi kuchining kamyob yoki eng muhim 
kategoriyalariga bо‘lgan istiqboldagi yalpi ehtiyojni va ichki manbalar 
hisobiga uni qondirish imkoniyatlarini aniqlash. 
Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni rejalashtirish usullari ehtiyojni 
baholash shakllari, perosnal bilan ta’minlashning tashkiliy-moliyaviy 
rejasi va kadrlar sonini operativ hisob kitobi bilan shartlangan bо‘ladi. 
Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni baholash turlari: 
1.Son bо‘yicha. 


118 
- tashkiliy tuzilmani – boshqaruv darajalarini, texnika talablarini, 
marketing rejalarini, moddiy texnika ta’minoti rejasini tahlili 
(nechta?); 
- tо‘ldirilgan bо‘sh ish о‘rinlari sonini tahlili. 
2. Sifat bо‘yicha. 
- tashkiliy tuzilmani – boshqaruv darajalarini, texnika talablarini, 
marketing rejalarini, moddiy texnika ta’minoti rejasini tahlili (kimni?). 
3. Vaqt bо‘yicha. 
- korxonani ishga tushurilishi rejasini, ya’ni ishlab chiqarishni 
yо‘lga qо‘yishni tahlili (qachon?); 
- texnologiyalardagi va h.k. о‘zgarishlar istiqbolini hisobga olib 
ishchi kuchi soni va sifatidagi о‘zgarishlarni prognozlash (kelajakda 
qancha kerak bо‘ladi?). 
Ishchi kuchi bilan ta’minlashning tashkiliy-moliyaviy rejasini 
ishlab chiqish о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
– ishchi kuchini jalb qilish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturini 
ishlab chiqish; 
– baholash usullarini ishlab chiqish; 
– jalb qilish va baholashga ketadigan moliyaviy xarajatlarni 
baholash; 
– nomzodlarni baholash; 
– kadrlarni tayyorlash bо‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab 
chiqish; 
– tayyorlashga ketadigan xarajatlarni baholash. 
Ishchi kuchi sonining operativ hisob kitobi. Ishlovchilarning 
zarur sonini va ularning kasbiy, malakaviy takibini aniqlash uchun 
umumiy ma’lumotlar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: 
Ishlab chiqarish dasturi
– Ishlab chiqarish normalari; 
– Rejalashtirilayotgan mehnat unumdorligining о‘sishi; 
– Boshqariladigan ishlar tuzilishi. 
Korxonaning ishchi kadrlarga bо‘lgan umumiy ehtiyoji quyidagi 
formula bilan aniqlanadi: 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling