Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
5. Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda
joylashtirish Ishlab chiqarishning texnik bazasi qanchalik takomillashgan bо‘lishiga, korxonalar eng yangi vositalar bilan qurollanganligiga qaramasdan, agar mutaxassis kadrlardan foydalanish masalasi tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilmagan bо‘lsa, ishlab chiqarish jarayoni normal ketmaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda inson omilining ahamiyati doimiy ravishda jamiyat ega bо‘lgan har bir mehnat salohiyati ahamiyatining oshib borishi bilan bog‘liq. Shuning uchun korxonalarda kadrlarni tо‘g‘ri joylashtirishni tahlil qilish vazifalariga alohida e’tibor beriladi. 126 Ushbu ish jarayonida asosiy e’tibor ularni oqilona taqsimlash, son va sifat jihatidan foydalanish masalalariga qaratiladi. Son jihatidan qaralganda ishlovchilarning umuman korxona bо‘yicha yoki bо‘limlar bо‘yicha etarliligi ishlab chiqarish vazifalarining hajmlari va mehnat jamoasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sifat jihatidan esa – bajarilayotgan ishlarning murakkabligiga ishlovchilar kasb malakasining mos kelishi darajasiga qarab aniqlanadi. Bunday tahlildan maqsad – kadrlarni oqilona joylashtirish yо‘li bilan ishlab chiqarishning mehnat salohiyatidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topishdir. Tahlil obyekti bо‘lib qо‘llanilayotgan mehnat taqsimoti va kooperastiyasi hisoblanadi va uning mehnat salohiyatidan foydalanishni hamda hisobot yilida bо‘lgan undagi son va sifat о‘zgarishlarini baholashdan boshlanadi. Buning uchun mavjud bо‘lgan mehnat jamoasining salohiyati aniqlanadi va u hisob salohiyati (ma’lum ish hajmini bajarish uchun zarur) bilan solishtiriladi. Kо‘rsatilgan uslubiy yondashuv shunga bog‘liqki, har qanday ishlab chiqarish jamoasining mehnat salohiyati о‘lchovi aniqlanganda ishlovchilar sonidan emas, balki ularning salohiyat imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Korxonalardagi hajmiy va boshqa kо‘rsatkichlarni rejalash yillik hisobda kvartal va oylarga bо‘lish bilan qilinganligi tufayli, mehnat salohiyatini quyidagi formulada hisoblanadigan tо‘liq yillik ishchilar soni St.r-yagona kо‘rsatkichida hisoblash maqsadga muvofiq. St.r = Js : Tо‘r (11.22) bu yerda Js – ish vaqti jamg‘armasi salohiyati; Tо‘r – bir ishlovchining о‘rtacha bir yillik ish vaqti jamg‘armasi, soat. Shunday qilib, aniqlangan jamoa mehnat salohiyati zarur о‘lchov bilan solishtirilib, kadrlardan foydalanish va joylashtirishdagi kamchiliklar hisobiga mavjud zahiralar topiladi. Mehnat salohiyati hisob-kitoblari umuman tsex bо‘yicha yoki ishlovchilarning alohida funkstional guruhlari bо‘yicha о‘tkazilishi kerak. Hisob-kitoblarni bunday detallashtirish alohida olingan kategoriyalardagi ishlovchilar 127 sonining mavjud normativlar talablariga mos kelishini tahlil qilish imkonini beradi. Bu holda ishlovchilarni oqilona joylashtirish va ulardan foydalanishning umumiy mezoni bо‘lib kadrlar tuzilmasidagi о‘zgarishlar hisoblanadi. Ayniqsa, ishlovchilarning har bir kategoriyasi ulushining normativlarga mos kelishini tahlil qilish muhimdir. Lekin har doim ham turli ishlovchilar guruhlarining normativlarga mos kelishiga jiddiy amal qilinmaydi. Masalan, boshqaruv xodimlari ulushining oshib ketishi tashkiliy xarakterdagi negativ jarayonlarni kо‘rsatadi. Bunday oshib ketish oxir oqibatda foyda о‘lchamiga ta’sir qiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling