Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

 
 
 
 
 


131 
2. Ishlovchilarning kasbi bо‘yicha sifat tarkibini tahlil qilish 
Yuqori texnik doiradagi raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarish uchun ishlovchilar soni ularning malakasi bо‘yicha ishlab 
chiqarish talablariga mos kelishi zarur.
Ishlovchilarning kasbi bо‘yicha sifat tarkibini tahlil qilishda 
ishlab chiqarish operatsiyalari rо‘yxati va ularning murakkabligini 
tsexlardagi, uchastkalar va ish joylaridagi ishchilarning mutaxassisligi 
va razryadlari bо‘yicha tarkibi bilan taqqoslanadi. Ishlar va 
ishchilarning о‘rtacha razryadlari hisoblanadi.
Agar ishchilarning о‘rtacha razryadi ishlarning о‘rtacha 
razryadidan kо‘p bо‘lsa, korxonadagi ishchilardan ularning malakasi 
bо‘yicha tо‘liq foydalanmayotgan va ish haqiga razryadlararo farq 
uchun kо‘p xarajat sarflanayotgan bо‘ladi.
Ishlarning о‘rtacha razryadi ishchilarning о‘rtacha razryadidan 
oshib ketishi bajarilgan ishlarning va mahsulot sifatining pasayib 
ketishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ishchilar malakasini 
oshirish kerak bо‘ladi.
Ishlarning о‘rtacha razryadi bir oz oshishiga yо‘l qо‘yish mum-
kin, chunki bu holda ishchilar malakasi oshishiga sharoit tug‘iladi.
Tahlil uslubiyati – ishchilar razryadini va ishlar razryadini 
solishtirishdir. Malakasini oshirish kerak bо‘lgan ishchilar soni esa 
quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
Si = (Rish - Rishchilar) ∙ Si(jami) (12.1.) 
Bu tahlil malakani hajm bilan, bajarilayotgan ishlar murakkabligi 
bilan moslashuvi va kerak bо‘lganda malakaviy о‘sishni asoslash 
uchun har bir razryad bо‘yicha olib boriladi.
Korxona bо‘yicha о‘rtacha kо‘rsatkich bu moslikni tо‘liq 
tavsiflab bermaydi. Buning uchun qaysi kasblar va razryadlar 
bо‘yicha ishchilar malakasining orqada qolayotganligini aniqlash va 
haqiqatda malakasini oshirishi kerak bо‘lgan ishchilar guruhlarini 
malaka oshirish rejalariga kiritish lozim. 
Ishchilar tarkibini mutaxassisligi bо‘yicha tahlil qilish ishlar va 
ishchilar malakasi ideal ravishda mos kelishini о‘z oldiga maqsad 
qilib qо‘ymaydi, chunki ish xarakteri va ishchilar tarkibining doimiy 
о‘zgarib turishi bunga imkon bermaydi. Biroq, ishlar va ishchilar 


132 
malaka darajalari о‘rtasidagi farq kattalashib ketmasligining oldini 
olish uchun bunday tahlilni doimiy ravishda olib borish zarur.
Tajribada kо‘pincha ishchilar malakasi bajarilayotgan ishlarning 
malakaviy darajasiga mos kelmasligi tez-tez uchrab turadi. Shuning 
uchun bunday vaziyatlarni tahlil qilishda tegishli malakadagi ishlarning 
bajarilayotgan ishlar umumiy hajmiga nisbatan salmog‘i aniqlanadi.
Agar 80% va undan kо‘p ishlar о‘z malakasi bо‘yicha bо‘lsa, bu 
holda ishchilar о‘z malaka darajasi bо‘yicha mos ravishda ish bilan 
band qilingan bо‘ladi.
Masalan, ishchi V razryadli malakaga ega va quyidagi ish 
hajmini bajaradi:
12.1-jadval 
Ishlar razryadi 
IV 

VI 
Ishlar hajmi (n soat) 
450 
500 
650 
Umumiy ishlar hajmidagi V razyadli malakaviy ishlar salmog‘i 
quyidagicha hisoblanadi:
U=500 / (450+500+650) x 100 = 31,3% 
Eng kо‘p ishlar hajmi VI razryad bо‘yicha (650 n-soat) bajarila-
yotganligi uchun, malakani VI razryadgacha oshirish talab qilinadi.
Keyingi misolni kо‘rib chiqamiz: ishlarning о‘rtacha razryadini, 
ishchilarning о‘rtacha razryadini, malakasini oshirish kerak bо‘lgan 
ishchilar sonini aniqlash kerak. Uchastkada 141 ta tokar ishlamoqda.
12.2-jadval 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling