141
11-MAVZU: PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDITI
Reja:
1. Personal rivojlanishi auditining mohiyati va mazmuni
2. Personal rivojlanishi parametrlarini
baholashning umumiy
kо‘rsatkichlari
3. О‘qitishning hajm kо‘rsatkichlari
4. О‘qitishning iqtisodiy kо‘rsatkichlari
1. Personal rivojlanishi auditining mohiyati va mazmuni
Nazorator tashqi muhit holati,
xodimning manfaatlari va
tashkilot strategiyasi nuqtai nazaridn alohida lavozimlarga nisbatan
korxonaning inson salohiyatidan о‘rta
muddatli va uzoq muddatli
foydalanish imkoniyatlarini kо‘rib chiqadi.
Nazorat tashkilotning strategik rejasi nuqtai nazaridan inson
salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini uch jihatdan baholaydi:
• kadrlar rivojlanishining umumiy sharoitlari, ya’ni korxonaning
menejerlik quvvatlar va strategiyasi tahlil qilinadi;
• kadrlarni strategik boshqarish usullari va vositalari sifati, ya’ni
haqiqatdagi vaziyat, kadrlar salohiyatidan
foydalanish istiqbollari va
tashqi muhitdagi о‘zgarishlar bashorati haqida tasavvurga ega bо‘lishi
imkonini yaratadigan ochiq axborotlar tahlil qilinadi;
• uchrashi mumkin bо‘lgan xavf-xatarlarni baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: