Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


-chizma. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasini shakllanishi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

14.1-chizma. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasini shakllanishi 
Bundan tashqari, ish beruvchi ish haqi, ijtimoiy xarakterdagi 
tо‘lovlar bilan bog‘liq bо‘lmagan, lekin korxonada mashg‘ul bо‘lgan 
tarkib uchun tegishli qо‘shimcha xarajatlarni oldindan aniqlab olishi 
kerak. Bunday xarajatlar qonunchilik, korxonaning amaliy faoliyati 
bilan bog‘liq talablardan kelib chiqadi va ixtiyoriy yoki majburan ish 
beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu xarajatlar, pensiya 
jamg‘armasi, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, tibbiy sug‘urta jamg‘ar-
masi, davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi, bog‘dorchilik shirkatlariga 
yordam kо‘rinishidagi о‘tkazmalar va boshqalardan tashkil topadi.
9
Масалан, пенсияга кетаётган меҳнат ветеранларига корхона ҳисобидан тўланадиган бир марталик 
нафақалар; ходимларни дам олиш, даволаниш, экскурсия ёки саёҳатларга бориши учун йўлланмаларни 
қисман ёки тўлик тўлаш ва ҳ.к.
Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi 
Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 
shakllanishi tarkibi 
Individual iste’mol 
mablag‘lari 
Jamoaviy iste’mol 
mablag‘lar 
Iste'molga 
yo‘naltirilgan 
mablag‘lar 
Alohida mehnat sharoitlariga 
aloqador 
va qo‘shimcha xarajatlarni 
qoplash bo‘yicha korxona 
xarajatlari. 
Ijtimoiy himoyaga 
mo‘ljallangan 
iste'mol 
mablag‘lari 
Sof foyda 
hisobidan 
Tannarx 
hisobidan 


152 
Shunday ekan, ish beruvchining xodimlarga sarflanadigan 
xarajatlari bir xilda bо‘lmay, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati 
bilan har xil bog‘langan. Bu о‘z navbatida ish haqi va ijtimoiy 
xarakterdagi tо‘lovlarni aqsadga yо‘naltirilganligini tahlil qilish 
kerakligini kо‘rsatadi. 
Bunday tahlilni о‘tkazishdan maqsad, ish haqini tо‘lash, ijtimoiy 
tо‘lovlar va imtiyozlar uchun yо‘naltirilgan mablag‘lardan foydala-
nishdagi kamchiliklarni aniqlash hamda korxona kadrlarini rivojlan-
tirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishdan iborat. О‘z navbatida, tahlil 
natijalari shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va xodimlarni rivojlanishi 
uchun yо‘naltirilgan ish beruvchi mablag‘larini oqilona sarflanishini 
ta’minlaydi. 
Bugungi kunda korxonani boshqarishda ehtiyojlarni qondirish 
uchun sarflanadigan mablag‘larni sobiq sovet ittifoqi tuzumida 
foydalanilgan metodlar yordamida tahlil qilish tо‘g‘ri kelmay qoldi
ish haqini vaqtida tо‘lamaslik, dividentlar, xodimlarga tо‘lanadigan 
sug‘urta tо‘lovlarining xilma-xilligi kabi bunday kо‘rinishlar, о‘tish 
davri xususiyatlaridan kelib chiqqan bо‘lib, ish haqi va ijtimoiy 
tо‘lovlarning tashkil bо‘lishi va foydalanishini tahlil qilish metodlarini 
ishlab chiqishni qiyinlashtiradi. 
Tahlilni о‘tkazish ma’lum turdagi axborot bazasidan foydala-
nishni nazarda tutadi. Bu statistik va buxgalteriya hujjatlari, tasdiqlan-
gan mablag‘larni sarflash me’yorlari, boshqa turdagi rejali hisobot 
hujjatlari. Statistik va buxgalterlik hujjatlaridan tashqari hyech 
qaysinisi unifikatsiyalashtirilmagan. Tahlil qilish jarayonida qо‘yidagi 
hujjatlardan foydalanish kerak: shtatlar rо‘yxati, ish haqini tо‘lash 
tо‘g‘risidagi Nizom va korxonaning jamoa shartnomasi; rag‘bat-
lantirish va ijtimoiy tо‘lovlar Nizomi; bir martalik tо‘lovlar, moddiy 
yordam kо‘rsatish, rag‘batlantirish hisob vedomostlari hujjatlari va 
boshqalar. Taxliliy ishlarni о‘tkazishda, tahlilning davriyligi va 
tо‘laligi belgilanadi. Xarajatlarning tahlilini bitta jihati bо‘yicha 
chorakda bir marta va ish haqini о‘zlashtirish va ijtimoiy tо‘lovlar 
bо‘yicha kо‘p tarmoqli tahlilni yiliga bir marta о‘tkazish maqsadga 
muvofiq. 
Tahliliy ishning qо‘yidagi yо‘nalishlarini ajratamiz: 
- ish haqi tо‘lashning umumiy xarajatlari, ijtimoiy xarakterdagi 
imtiyozlar va tо‘lovlar; 


153 
- asosiy yо‘nalishlar bо‘yicha mablag‘larning sarflanishini 
tahlili; 
- xodimlarning toifalari bо‘yicha ish haqini tо‘lash jamg‘armasi 
va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlarni ishlatilishining tahlili. 
Taxlilning asosiy vazifasi ish haqi tо‘lanishi va ijtimoiy 
xarakterdagi mablag‘larning sarflanish dinamikasini о‘rganish, hamda 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda erishilgan natijalar bilan 
taqqoslash orqali ish haqi miqdorlarini baholash. Buning uchun tahlil 
qilinayotgan davr uchun tо‘plangan haqiqatdagi ma’lumotlar: 
- bazis davridagi haqiqatdagi ma’lumotlar bilan; 
- rejadagi kо‘rsatkichlar bilan; 
- me’yoriy kо‘rcatkichlar bilan; 
- о‘tgan davrlarning yaxshi va yomon ma’lumotlari bilan; 
- tahlil uchun jalb qilinadigan boshqa ma’lumotlar bilan 
taqqoslanadi. 
Ish haqi, ijtimoiy tо‘lovlar, va imtiyozlar uchun mablag‘larning 
sarflanishini tahlil qilishning asosiy tamoyili axborot bilan ta’minlan-
ganlikdir. Haqiqatda, ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlardagi о‘zgarishlar 
korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalarida kо‘pgina omillar 
bilan birgalikda aks etib, omillarning ta’siri alohida olingan holda 
aniqlanmaydi. Masalan, xodimlar uchun umumiy xarajatlardagi ish 
haqi umumiy miqdori ulushining kamayishi bilan ijtimoiy 
xarakterdagi tо‘lovlarning oshishi, xodimning umumiy mikdordagi 
daromadining о‘zgarmaganligini belgilaydi. Biroq umumiy xarajatlar 
ichida ish haqi miqdorini kо‘paytirish nazarda tutilgan bо‘lsa axborot 
boshqacha tus oladi. Undan tashqari, ish haqi tо‘lash, moddiy 
rag‘batlantirish, xodimlarni rivojlanishi, mehnat unumdorligini о‘sishi 
bilan о‘rtacha ish haqining orasidagi nisbatni saqlab qolish 
xarajatlarini sifat kо‘rsatkichlari (kadrlar qо‘nimsizligi koeffitstenti; 
toifa darajalarini oshishi, о‘rta maxsus va oliy ma’lumotli bо‘lishi 
sababli ish joyining о‘zgarishi; sog‘liq uchun zararli sharoitlarda, og‘ir 
va qо‘l mehnati koeffitsiyentining kamayishi; mehnat jamoasining 
yosharishi va h.k.) asosida baholash maqsadga muvofiq bо‘ladi. 
Hozirgi zamonda ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlar uchun 
shakllanadigan 
mablag‘larning 
xususiyati 
shundaki, 
bunday 
mablag‘larni hech kim ajratmaydi. Ular xodimlar soni, qonunchilikka 
mos ravishda haq tо‘lash shartlari, jamoa tomonidan tuzilgan 
shartnoma, miqdoriy kelishuvlar, mehnat shartnomalari, kontraktlar va 


154 
yollangan ishchilarning ish natijalari asosida aniqlanadi. Mehnat 
uchun tо‘lanadigan mablag‘larning tahlili tashkilotning ish faoliyatini 
mezonlar asosida baholash orqali mablag‘larning oqilona taqsim-
lanayotganini tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Mezon kо‘rsatkich-
lari sifatida mehnatga haq tо‘lash mablag‘laridan oqilona foydalanish 
munosabati bilan daromad miqdorining о‘zgarishi dinamikasi, 
mahsulot va xizmat tannarxining pasayishini ish haqi va ijtimoiy 
tо‘lovlarning kamayishi bilan bog‘liqligi.
An’anaviy kо‘rinishda mehnat haqi va ijtimoiy tо‘lovlar 
jamg‘armasini tahlil qilish metodikasi ularning absolyut va nisbiy 
о‘zgarishini aniqlashdan iborat. Absolyut о‘zgarishlarda haqiqiy va 
rejalashtirilgan (bazisli) ish haqi jamg‘armasi kо‘rsatkichi orasidagi 
tafovut aniqlanadi, "+","-" ishoralari tо‘lovlarning absolyut miqdorda 
oshganligi yoki kamayganligini tasdiqlaydi. 
Nisbiy tahlil ish haqi jamg‘armasining mahsulot ishlab chiqarish 
dinamikasiga ta’sirini kо‘rsatadi. Bunday tahlilni о‘tkazganda 
mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar hajmi bajarilishining 
foizlari hisobga olinadi, asos sifatida ish haqi jag‘armasi mablag‘lari 
va mahsulot hajmlari о‘rtasidagi tо‘g‘ri proporstional bog‘liqlik 
olinadi. Rejalashtirilgan yoki bazisli ish haqi jag‘armasi ishlab 
chiqarish hajmining foiziga о‘zgartiriladi.
Zamonaviy sharoitlarda ishlatilmagan mablag‘lar qoldig‘ining 
nisbiy va absolyut tejalishi (kо‘p sarflanishi) tushunchalari о‘zining 
mazmunini yо‘qotadi va mablag‘lardan oqilona foydalanish, korxona 
ishini baholash mezonlari bо‘lmish daromad va mahsulot tannarxi 
tushunchalari bilan almashtirilmodda. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling