Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Mehnatga haq tо‘lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

2. Mehnatga haq tо‘lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi 
tulovlarning shakllanishini tahlili 
Ushbu turdagi tahlilni о‘tkazishda rejalashtirilgan mehnatga haq 
tо‘lash jamg‘armasi aniqlanib, u mehnatdagi ulushi koeffitsiyenti 
(MUK) yordamida me’yoriy uslub bо‘yicha yoki tо‘g‘ridan tо‘g‘ri 
samaradorlik kо‘rsatkichlaridan foydalangan holda shakllantirilgan 
bо‘lishi mumkin 
Tahlil mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi va ijtimoiy 
tо‘lovlarning tо‘g‘ri shakllantirilganligini tekshirishdan boshlanishi 
mumkin, buning uchun ish haqi normativi hisobi, MUK, samaradorlik 


155 
kо‘rsatkichlari (mehnat hajmi, xodimlar soni, о‘rtacha ish haqi) 
tekshiriladi. Bunda ish haqi jamg‘armasini shakllantirishda tashkiliy-
texnik tadbirlar, mehnatni me’yorlashtirish, mehnatni tashkil etishni 
takomillashtirish rejalariga muvofiq mehnat sig‘imini kamaytirish 
hamda 
korxonani 
daromadini 
kо‘paytirishni 
rag‘batlantirish 
maqsadida mehnatga haq tо‘lash tizimi va shakllari qayta kо‘rib 
chiqilganligi albatta tekshiriladi. 
Mehnatga haq tо‘lash mablag‘lari va ijtimoiy tо‘lovlarning 
shakllanishini tahlil etish jarayonida ularning har bir yо‘nalish 
bо‘yicha sarflanishidagi о‘zgarish aniqlanadi, xodimlarning toifasi 
bо‘yicha о‘rtacha ish haqi miqdori va bitta о‘rtacha xodimning 
о‘rtacha daromadi aniqlanadi, о‘rtacha ish haqi va daromadining 
о‘zgarish sabablari aniqlanadi. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi, 
ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar va chiqimlarga tegishli bо‘lgan 
chiqimlarni klassifikatsiya qilishda mablag‘larning shakllanishining 
uchta yо‘nalishi aniqlangan: 
Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi. 
Ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar. 
1 va 2 bandlarga tegishli bо‘lmagan chiqimlar (Xalqaro mehnat 
tashkiloti (XMT) qо‘yidagi klassifikatsiyani tavsiya etadi: ishlangan 
vaqt uchun haq tо‘lash; ishlanmagan vaktga haq tо‘lash; bir 
marotabalik rag‘batlantirish tо‘lovlari; ish haqiga kiritiladigan ozik 
ovqat, turar joy, issiklik energiyasiga tо‘lovlar; uy-joy bilan 
ta’minlash uchun xarajatlar; ijtimoiy muhofaza uchun xarajatlar; 
individual о‘qitish uchun xarajatlar). 
Mehnatga haq tо‘lash va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar uchun 
mablag‘larning shakllanishida xarajatlarning tarkibi tahlil etiladi. 
Hozirgi zamon sharoitida mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi jamoaviy 
va individual shartnomalar asosida ish beruvchi va xodimlar о‘rtasida 
aniqlanib haq tо‘lash sharoiti, kafolat va kompensastiyalarni aks 
ettiradi, ular ham individual ish haqini, ham ishlovchining daromadini 
shakllantiradi. Shuni aytish joyizki, mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi 
sarf xarajatlarning qoplash manbaidan qatiy nazar (daromad, tannarx, 
maqsadga yо‘naltirilgan о‘tkazmalar) xodimga о‘tkazilgan individual 
ish haqlar yig‘indisidir.
О‘zining iqtisodiy mazmuniga kо‘ra ijtimoiy xarakterdagi 
tо‘lovlar jamg‘armasi ish beruvchining xarajatlarini aks ettiradi
shunday ekan, ushbu korxonadagi xodimning mehnat faoliyati bilan 


156 
bog‘liq daromadini tashkil etadi. Xodimning imkoniyatlarini 
kengaytirish uchun davolanish, dam olish, yо‘l xarajatlar va boshqa 
maqsadga qaratilgan kompensatsiya va imtiyozlar daromad yoki 
mahsulot va xizmatlarning tannarxi hisobiga kо‘rsatiladi. Mehnatga 
haq tо‘lash jamg‘armasi va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar haqidagi 
ma’lumotga asosan ish beruvchining xodimga sarflayotgan 
xarajatlarini tahlil qilamiz (14.1-jadval). 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling