Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
14.1-jadval Ish beruvchining 1 yil davomida xodimga sarflayotgan xarajatlarining tahlili № p/p Kо‘rsatkich nomi Bazis davrda Hisobot davri Hisobot davr ba- zisga nisbatan % da Reja haqiqat Reja haqiqat 1. Mehnatga haq tо‘lash va ijtimoiy tо‘lovlar xarajatlari (ming sо‘m) 58767,2 86621,5 92049,0 147,4 156,6 2. Ish haqi jamg‘armasi (ming sо‘m) 38150,9 48388,1 84994,8 126,8 222,8 2.1 Umumiy xarajatlarda ish haqi jamg‘armasi ulushi % (p.1) 64,9 55,9 92,3 3. Ijtimoiy xarakter- dagi tо‘lovlar (ming s.) 20616,3 38233,4 7054,2 185,5 34,2 3.1 Umumiy xarajatlarda ijtimoiy tо‘lovlar ulushi %(p.1) 35,1 44,1 7,7 4. Korxona xodimlari soni (kishi) 7830 7790 7950 99 102 5. 1 xodimga tо‘g‘ri kela-digan mahsulot joriy narxlarda (ming sо‘m) 170,5 189,4 158,2 111,1 92,8 6. Urtacha ish haki (sо‘m) (q2 : q4) 4872,4 6211,6 10691,1 127,5 219,4 157 7. Ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlarning о‘rtacha qiymati (sо‘m) (qZ : q4) 2632,9 4908,0 887,3 186,4 33,7 8. Akstiyalar bо‘yicha tо‘langan dividentlar hajmi (ming sо‘m) 5500 7500 8200 136,4 149,1 9. Dividentlarning о‘rtacha qiymati (sо‘m) (q8 : q4) 702,4 962,8 1031,4 137,1 146,8 10. О‘rtacha umumiy daromad (sо‘m), (q6 + q7 + q9) 8207,7 12082,4 12609,8 147,2 153,6 1 yil davomida mehnatga haq tо‘lash va ijtimoiy tо‘lovlarda xarajatlarning darajasi va dinamikasi haqidagi 14.1-jadvalda keltiril- gan ma’lumotlar shuni kо‘rsatadiki, ularning о‘zgarishi asosan inflya- tsiya jarayonlari bilan bog‘liq. Mehnat unumdorligini 92,8%ga kamayishi (rejadagi 11,1% о‘sishiga qarshi) о‘rtacha ish haqi sezilarli darajada oshgan (119,4%ga), shuning uchun, joriy yil narxlarida mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshgan. Bunday sharoitlarda mehnatga haq tо‘lash va ijtimoiy tо‘lovlar hamda dividendlar hajmi- ning о‘zgarishiga (146,8) xom ashyo, materiallar, yarim mahsulotlarga narxlarning oshishi va tayyor mahsulotlar va xizmatlarning narxlarini oshishi sabab bо‘lgan. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi bazis davridagiga qaraganda 122,8% ga oshgan. Inflyatsiya jarayonlari sharoitida ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlar dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni baholashda absolyut va nisbiy kо‘rsatkichlarni aniqlash yetarli emas. Ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlarning tovar yoki sotiladigan mahsulotning 1 sо‘miga tо‘g‘ri keladigan sarflardagi о‘zgarishlarni aniqlash talab etiladi. Ushbu misolda aytish mumkinki, xodimlar sonining oshishi sharoitida va haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining kamayishiga qaramasdan narxlarning oshishi, xodimlar daromadining oshishini ta’minlagan. Ish haqini tо‘lash va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar xarajatlarini tahlil qilishning yana bir jihati qayd etilgan xarajatlar dinamikasini turmush darajasi dinamikasi bilan solishtirishdir. Ish haqini 158 indeksatsiya qilish masalasi korxona tomonidan mustaqil xal etiladi (tarif stavkalari, lavozim maoshlarini oshirish). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling