Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Ish vaqti jamg‘armasidan foydalanish nima maqsadda tahlil 
qilinadi? 
2. Ish vaqtining bekor sarf bо‘lishini qisqartirish hisobiga 
mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirish zahiralari qanday aniqlanadi? 
3. Ish vaqti jamg‘armasi qanday aniqlanadi?
4. Ishchilarning о‘rtacha rо‘yxatdagi soni о‘zgarishiga qanday 
omillar ta’sir etadi? 
5. Ish kuni uzunligining о‘zgarishini aniqlash uchun qaysi 
kо‘rsatkichlardan foydalanamiz? 
6. Ish vaqti jamg‘armasi balansining mohiyati nimadan iborat? 
7. Ish vaqtining bekor sarflanishini qisqartirish uchun qanday 
chora va tadbirlarni amalga oshirish kerak bо‘ladi? 
 
 
 
 


108 
9-MAVZU: PERSONAL BILAN TA’MINLANGANLIKNING 
AUDITI 
 
Reja: 
1. Personal bilan ta’minlanganlik auditining ahamiyati va 
vazifalari 
2. Korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanganligini aniqlash 
3. Ishchi kuchiga bо‘lgan ehtiyojni rejalashtirish 
4. Xodimlar harakati oqimi kо‘rsatkichlarini tahlil qilish 
5. Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda 
joylashtirish 
1. Kadrlar bilan ta’minlanganlik auditining ahamiyati va 
vazifalari 
Ishchi kuchiga aholining zarur jismoniy kuchga, bilimga, tegishli 
tarmoqdagi mehnat kо‘nikmalariga ega bо‘lgan qismi kiradi. Kor-
xonalarning kerakli ishchi kuchi bilan yetarli darajada ta’minlanishi, 
ulardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligining yuqori darajada 
bо‘lishi, mahsulot hajmini kо‘paytirish va ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, barcha 
ishlarning hajmi va о‘z vaqtida bajarilishi, asbob-uskunalar, 
mashinalar, mexanizmlardan foydalanish samaradorligi va buning 
natijasi sifatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi va 
boshqa bir qator iqtisodiy kо‘rsatkichlar korxonalarning ishchi kuchi 
bilan ta’minlanganligiga va ulardan samarali foydalanishga bog‘liq. 
Nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardir: 
– korxona va uning tarkibiy bо‘linmalarining umuman, 
shuningdek, toifalar va kasblar bо‘yicha ishchi kuchi bilan ta’min 
etilganini о‘rganish va unga baho berish; 
– kadrlar qо‘nimsizligi kо‘rsatkichlarini aniqlash va о‘rganish; 
– ishchi kuchi zahiralarini aniqlash, ulardan yanada tо‘laroq va 
samaraliroq foydalanish. 
Nazorat uchun axborot manbalari sifatida biznes reja, mehnat 
bо‘yicha statistik hisobotlar, tabel asosida hisobga olish va kadrlar 
bо‘limi ma’lumotlari xizmat qiladi. 
Korxona ishchi kuchi bilan ta’minlanganligini auditi ularning 
kategoriyalarini 
о‘rganishdan boshlanadi. Jami ishlovchilarni 


109 
kategoriyalar bо‘yicha guruhlash tegishli kasb va malakadagi 
ishlovchilarga bо‘lgan talabni aniqlash, mehnatga haq tо‘lash shakllari 
va tizimlari о‘rtasida bog‘liqlik о‘rnatishni tashkil qilish, xodimdan 
oqilona foydalanish imkonini izlash ishlarini yengillashtiradi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling