Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi


 Xodimlardan foydalanish intensivligining tahlili


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/89
Sana11.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1260861
TuriУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Bog'liq
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI

4. Xodimlardan foydalanish intensivligining tahlili 
Xodimlardan foydalanish intensivligi darajasini quyidagi 
kо‘rsatkichlar yordamida tahlil qilish mumkin:
smenalik koeffitsiyenti – Ksm, 
smenalik rejimidan foydalanish koeffitsiyenti – K foy. sm; 
og‘ir jismoniy mehnatda band bо‘lish koeffitsiyenti – Kog‘; 
nufuzli bо‘lmagan ishlarda band bо‘lish koeffisiyenti – Knuf; 
ishlovchilar diqqatini asosiy ishdan bо‘lish (chalg‘itish) koeffitsiyenti 
– Kchal.
Ishchilarning smenalik koeffitsiyenti va smenalik rejimdan 
foydalanish koeffitsiyenti hamma ishchilar tomonidan ishlangan 
umumiy nafar-kunlarni ularning eng katta smenadagi soniga nisbati 
bilan topiladi.
1. 
S ish (um) 

sm
= ------------------- 
S eng katta sm.ish 
(12.6.) 
2. 
IVJ (umumiy) 

almashuvchanlik
= ------------------------- 
IVJ eng kam smenada 
(12.7) 
3. 
Ksm 

smenali rejim
= ----------------- 
Smenalar soni 
(12.8) 
4. 
Sish joyi 

tо‘xtovsizlik
= ------------------------------ 
S eng katta smenadagi ishchilar 
(12.9.) 


137 
5. 
S nuf.bо‘lmagan ishdagi ishlovchilar 

nufuzli bо‘lmagan
= ----------------------- 
S о‘r.rо‘yxat. 
(12.10) 
6. 
S chalg‘itilgan ishchilar 
K chalg‘itish = ------------------------- 
S о‘r.rо‘yxat. 
(12.11) 
Misol, smenalarda ishlangan ish vaqtlari quyidagi ma’lumotlarda 
tavsiflanadi: 1-smenada 22.000 kishi-kun, 2-smenada - 18.000, 3-
smenada-10.000 kishi-kun ishlangan.
Ksm = (22000 + 18000 + 10000) : 22000 = 2,27, 
K sm.rej. = 2,27:3 = 0,76 
Ma’lum davr uchun bu koyeffisiyentlarning о‘zgarishi smenalar 
bо‘yicha ishchilardan va uskunalardan foydalani-layotganligidan 
dalolat beradi.
Ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish balansi va xodimga 
bо‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun ish joyidan reja-hisob birligi sifatida 
keng foydalanilayotgan sharoitda, xodim bilan komplektlashtirilganlik 
darajasi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin: 
Dn = S h : J h (12.12) 
bu yerda 
Dn - xodimning komplektlashtirilganlik darajasi; 
Sh - haqiqatdagi xodim soni; 
Jh -korxonadagi ish joylarining haqiqatdagi soni. 
Bitta ish joyida ketma-ket yoki parallel holda bir nechta ishchilar 
ishlashlari mumkin. Shu bois ish joylarini komplektlash uchun kо‘p 
ishchilar talab qilinadi. Ish joylarini tо‘liq komplektlashtirish uchun 
zarur ishchilar soni (Srej) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Srej =Jrej x Ksm x Ktо‘l (12.13) 
bu yerda 
J rej - reja davridagi ish joylar soni; 
Ksm - rejalik smenalik koeffitsiyenti; 
Ktо‘l - ish joylarining tо‘latilish koeffitsiyenti.


138 
Agar bir ish joyida bitta ishchi band bо‘lsa, unda Ktо‘l =1. 
Qolgan koeffitsiyentlar ushbu ish bilan band bо‘lgan vaqtning ish 
vaqti fotografiyasi va boshqa ishlangan vaqtni hisobga olish 
ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan holda umumiy ish vaqti 
jamg‘armasiga nisbati bilan topiladi.
Mehnatni 
mexanizatsiyalash 
– korxonalar iqtisodiyotini 
rivojlantirishning 
muhim 
muammolaridandir. 
Qо‘l 
mehnatini 
kamaytirishni tahlil qilish uchun mashina va mexanizmlar yordamida 
ishlovchi ishchilar salmog‘i, mashina va mexanizmlar yonida yoki 
faqat qо‘l mehnati bilan band bо‘lganlar salmog‘i hamda mashina va 
mexanizmlarni sozlash va ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar salmog‘i 
haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Mehnatning 
mexanizatsiyalashganligiga 
umumiy 
bahoni 
mehnatni mexanizatsiyalashganlik koeffitsiyenti beradi (Km). 
Mexanizatsiyalashgan ishlarda band bо‘lganlar sonining umumiy 
ishlovchilar soniga nisbati bilan aniqlanadi:
èø ÷è
m
m
m
C
C
C
K


(12.14.) 
bu yerda
S
m
- mexanizatsiyalashgan ishlarda band bо‘lgan ishchilar soni; 
S
ishchi 
- qо‘l mehnatida band bо‘lgan ishchilar soni. 
Xodimlar 
faoliyati 
auditida 
muayyan 
kо‘rsatkichlardan 
foydalaniladi.
Xodimdan foydalanish intensivligi korxona ishlab chiqarish 
quvvatlarining о‘zgarishiga qarab tahlil qilinadi. Bunday quvvat 
oshgan yoki uning ba’zi qismlari rekonstruksiya qilingan hollarda 
yordamchi hodimlar ham, ma’muriy-xо‘jalik xodimlari ham 
kо‘payishi aniq. Shunday ekan, bu kategoriyalarning oshishini ishlab 
chiqarish quvvatlari bilan bog‘liq holda о‘rganish zarur.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling