142
Yil davomida о‘qitilgan kompaniya xodimlari soni kо‘rsatkichi
nafaqat о‘qitish tizimining
rivojlanish darajasiga, balki kompaniya
hajmiga ham bog‘liq bо‘ladi: yirik tashkilotda boshqa barcha
sharoitlar bir xil bо‘lganda yiliga yirik bо‘lmagan
korxonalarga
nisbatan kо‘proq xodimlar о‘qitiladi.
Ushbu kо‘rsatkich bо‘yicha reja belgilash va uning bajarilishini
nazorat qilishda esdan chiqarmaslik kerakki,
kompaniyada yil
davomida turli о‘qishlarni bir martadan ortiq о‘tadigan xodimlar
guruhi mavjud. Odatda ular qatoriga tez-tez о‘zgarib turadigan
qonunchilik muammolari bо‘yicha
qisqa muddatli seminarlarga
yuboriladigan kompaniyalar rahbarlari, sotuv bо‘yicha mutaxassislar,
buxgalterlar va yuristlar kiradi.
Yil davomida о‘qitilgan kompaniya xodimlari soni –
uning
yordamida kompaniya kadrlari soni nisbatan barqaror bо‘lganda
kompaniyada о‘qitish hajmi dinamikasini baholash maqsadga muvofiq
bо‘lgan kо‘rsatkichdir. Agar kompaniya xodimlari soni yil sayin
jiddiy о‘zgaradigan bо‘lsa, о‘qitishning rivojlanish dinamikasini tahlil
qilish, shuningdek, boshqa shunga о‘hshash
kompaniyalar bilan
kompaniyada о‘qitish kо‘rsatkichlarini taqqoslashda yil davomida
о‘qitilgan kompaniya xodimlari sonini kompaniya umumiy xodimlar
soniga bо‘lish yо‘li bilan olingan kо‘rsatkichni qо‘llash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: