Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
О‘qitishning hajm kо‘rsatkichlari
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. О‘qitishning iqtisodiy kо‘rsatkichlari
3. О‘qitishning hajm kо‘rsatkichlari
Yuqorida aytib о‘tilgan kо‘rsatkichlar о‘qitish hajmini hisobga olmaydi, shu sababli kompaniyada bir yil davomida о‘tkazilgan о‘qitish umumiy hajmining kompaniya xodimlari soniga nisbati kom- paniyada о‘qitish tizimining mos keladiganroq bahosi hisoblanadi. Bu kо‘rsatkich yil davomida kompaniyaning bitta xodimiga tо‘g‘ri keladigan о‘qitish hajmini tavsiflaydi. Uni kishi-soat yoki kishi- kunlarda о‘lchash mumkin. Alohida о‘quv tadbirlari bir kundan ham kam vaqt davom etishi mumkinligini hisobga olib, 1 kun 8 soatga teng deb olgan holda soatlarni kunlarga qayta hisoblash maqsadga muvo- fiq. Ikki xodimning 3 kun davom etadigan ochiq seminarga tashrif buyurishi 2x3 = 6 kishi-kun yoki 6x8 = 48 kishi-soatga teng bо‘lgan о‘qitish hajmini beradi. 143 15 xodim uchun ikki kunlik yopiq seminar 30 kishi-kun yoki 240 kishi-soatga mos keladi. Biroq 100 ta xodim uchun bir soatlik ma’ruza 100 kishi-soat yoki 12,5 kishi-kunga teng bо‘lgan hajm beradi. Eng yaxshi kompaniyalar amaliyoti bitta xodimga tо‘g‘ri keladigan о‘qitish hajmi bir yilda bita xodimga 3 dan 10 kishi- kungacha bо‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu erda shuni aytib о‘tish kerakki, oxirgi 3-5 yilda dunyoda masofaviy о‘qitish va kompyuter yordamida о‘qitishning kengayishi hisobiga nazoratoriyada о‘qitish hajmining pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. 4. О‘qitishning iqtisodiy kо‘rsatkichlari Bir qarashda eng oddiy va tushunarli bо‘lgan kо‘rsatkich – о‘quv tadbiri qiymati – haqiqatda kо‘p narsa haqida gapirmaydi. Bu kо‘rsatkich faqat tadbirning ikkita asosiy tavsifnomasi – qatnashchilar soni va davom etish muddatini hisobga olgan holda baholanishi mumkin. Shu sababli amaliyotda о‘quv tadbirining bir kuni (bir soati) qiymati va har bitta о‘qitilayotgan xodimning bir kuni (bir soati) qiymati kabi kо‘rsatkichlarni kо‘rib chiqsh maqsadga muvofiq. Aytib о‘tilgan kо‘rsatkichlarning birinchisi о‘qitishning guruh turlarini iqtisodiy baholash, ya’ni birinchi navbatda yopiq seminarlar uchun foydalaniladi. Ikkinchi kо‘rsatkich, ya’ni nafaqat har qanday о‘quv tadbirini, balki butun yillik о‘qitish rejasini ham iqtisodiy baholash uchun foydalanish mumkin bо‘lgan va har bitta о‘qitilayotgan xodimning bir kuni (bir soati) qiymati kо‘proq universal hisoblanadi. Ushbu kо‘rsat- kichni о‘qitish iqtisodiy samaradorligi umumlashtirilgan о‘lchovi deb atash ham mumkin. Bu kо‘rsatkich qanchalik kichik bо‘lsa, kamroq xarajatlar bilan shunchalik kо‘proq xodimlar о‘qitilishi mumkin bо‘ladi. О‘qituvchi va qatnashchilar о‘rtasida ineteraktiv о‘zaro aloqalarga asoslangan treninglar, qoidaga kо‘ra, 10-12 kishidan iborat bо‘lgan guruhlarda о‘tkaziladi, chunki a’zolar soni kо‘p bо‘lgan guruhlarda samarali о‘zaro aloqalarni ta’minlash juda qiyin. Kompyuterda ishlash kо‘nikmalariga о‘rgatishda о‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti, tasil olayotganlarning boshlang‘ich malakasiga qarab bitta о‘qituvchiga 4 kishidan 8 kishigacha tо‘g‘ri kelishi lozim. Qatnashchilar sonini oshirish yо‘li bilan yuqorida aytib о‘tilgan 144 о‘qitish turlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga harakatlar о‘qitish sifatining keskin tushib ketishiga sababchi bо‘ladi. Lekin shunga qaramay, о‘qitish samaradorligi va sifati ustidan doimiy monitoring mavjudligida ushbu kо‘rsatkichdan foydalanish tо‘g‘ri deb sanalishi mumkin. О‘qitish xarajatlarini ish haq fondi va foydaga nisbatan, shuningdek, bitta xodimga hisob-kitob qilganda baholash mumkin. О‘qitish iqtisodiy samaradorligi xuddi har qanday tovar yoki xizmatning narxi va sifati kabi nisbatda bо‘ladi. Chunonchi: narx qanchalik past bо‘lsa, qoidaga kо‘ra, sifat ham shunchalik past bо‘ladi. Xodimning manfaatlari nuqtai nazaridan nazoratorlik ekspertizasi ikki yо‘nalishda amalga oshiriladi: xodimning chuqur bilimga egaligini rivojlantirish (malakasini oshirish) va xizmat pillapoyasi bо‘ylab harakatlanish imkoniyati (karyera). Afsuski, kо‘plab firmalar о‘qitishda mablag‘ tejaydi, eng muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar esa mehnatga haq tо‘lash fondining 10%igacha bо‘lgan mablag‘larni ta’lim ehtiyojlariga ajratadi (13.1-jadval). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling