Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi auditining maqsadi, yо‘nalishlari va vazifalari
12-MAVZU: MEHNATGA HAQ TО‘LASH
JAMG’ARMASINING AUDITI Reja: 1. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi auditining maqsadi, yо‘nalishlari va vazifalari 2. Mehnatga haq tо‘lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi tulovlarning shakllanishini tahlili 3. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi mablag‘lari va ijtimoiy tо‘lovlaridan foydalanish auditi 4. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi mablag‘lari va ijtimoiy tо‘lovlardan foydalanish samaradorligini auditi 5. Mehnat unumdorligining о‘sish sur’atlari bilan mehnatga haq tо‘lash darajasi о‘rtasidagi nisbatni о‘rganish 1. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi auditining maqsadi, yо‘nalishlari va vazifalari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ish haqining о‘sish surati, moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish hamda qо‘shimcha mukofot va tо‘lovlar, okladlarni qattiq tartibga solish о‘zining samarasiz ekanligini amaliyot kо‘rsatdi. Davlat tomonidan ish haqi borasidagi audit eng avvalo, soliqlar tizimi orqali tartibga solish, mehnatga haq tо‘lash borasida tub iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning ustunvor yо‘nalishi qilib belgilangan. О‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Mehnatga haq tо‘lash auditi eng avvalo, tarif tizimi, minimal ish haqini belgilash orqali va byudjet tashkilotlarining ish haqini tartibga solish yordamida amalga oshiriladi. Harakatdagi mehnatga haq tо‘lash tizimi qо‘yidagi asosiy tamoyillarga tayanadi. Birinchidan, mulkchililik va xо‘jalik yuritishning turli shakllarida korxona va tashkilotlarga maksimal darajada erkinlik va mustaqillik berish, bunda ish haqi, uni oshirish faqat korxonalarning о‘z mablag‘lari asosida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga о‘tish davrida ishchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, milliy iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida tarif tizimi orqali minimal ish haqini tartibga soladi. 150 Minimal ish haqi mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar eng malakasiz mehnatni ham qayta takror ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib beradi. Aholining ijtimoiy himoyasini davlat minimal iste’mol byudjetini tartibga solish orqali ta’minlab beradi. Uchinchidan, mehnat jamoalarida uning natijasiga qarab, mehnatning miqdori va sifatiga asosan haq tо‘lashni tо‘la-qonli joriy etish, mehnatga haq tо‘lashdagi о‘rtachalikka chek qо‘yish va ish haqining oshib borish tо‘sig‘ini olib tashlashni taminlashdan iborat. Demak, kafolatlangan minimal ish haqini о‘rnatish davlat ahamiyatiga molik bо‘lsa, qolgan barcha muammo va savollar mehnatning sifatiga binoan mehnat bozoridagi talab va taklif qonuni asosida vujudga keladi. Korxonalarda mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasi nafaqat ish haqini о‘z ichiga oladi balki, asosiy ish haqiga qо‘shimchalar, individual egri tо‘lovlar, natural tо‘lovlar, sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat, sport va boshqa obyektlar uchun tо‘lovlarni ham о‘z ichiga oladi. Shunday qilib, ish haqi jamg‘armasi xodimlarning mehnatiga tо‘lanadigan korxona xarajatlarining yig‘indisini kо‘rsatadi. Bozordagi narh navoning holati, inflyatsiya darajasi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlab, xizmat va tovarlarga bо‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda korxonaning о‘zi ish haqi jamg‘armasi miqdorini belgilaydi. Shaxsiy tarkibning ish haqini tо‘lash chiqimlari xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarish umumiy harajatlarning bir qismini tashkil etadi, ular mahsulotlarni ayiriboshlash hisobiga qoplanadi. Har bir xodimning ish haqi, ish beruvchi korxonada mehnat faoliyatidan hosil bо‘lgan daromad yoki Mehnat Kodeksiga muvofiq, ish haqi korxona foydasidagi ulushi deb belgilangan. Haqiqatda ish haqi, xodimning ish beruvchi korxonadagi faoliyati evaziga oladigan pul birligi yoki mehnat haqidir. Mehnat haqini belgilaganda tadbirkor ishlab chiqari- ladigan mahsulot hajmini kamaytirmasdan, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan ish haqi miqdori va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan manfaatdordir. Ish haqi ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishdagi yagona xarajatlar emas. Ish beruvchi va xodim о‘rtasidagi shartnomada kо‘pgina qо‘shimcha imtiyozlar va ijtimoiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling