Samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov kadrlar konsaltingi
-chizma. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasini shakllanishi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
ac26c12acd39a124e7a5bdeecd0ed8f7 KADRLAR KONSALTINGI VA AUDITI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining shakllanishi tarkibi Individual iste’mol mablag‘lari Jamoaviy iste’mol
14.1-chizma. Mehnatga haq tо‘lash jamg‘armasini shakllanishi
Bundan tashqari, ish beruvchi ish haqi, ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlar bilan bog‘liq bо‘lmagan, lekin korxonada mashg‘ul bо‘lgan tarkib uchun tegishli qо‘shimcha xarajatlarni oldindan aniqlab olishi kerak. Bunday xarajatlar qonunchilik, korxonaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq talablardan kelib chiqadi va ixtiyoriy yoki majburan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu xarajatlar, pensiya jamg‘armasi, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, tibbiy sug‘urta jamg‘ar- masi, davlat ish bilan bandlik jamg‘armasi, bog‘dorchilik shirkatlariga yordam kо‘rinishidagi о‘tkazmalar va boshqalardan tashkil topadi. 9 Масалан, пенсияга кетаётган меҳнат ветеранларига корхона ҳисобидан тўланадиган бир марталик нафақалар; ходимларни дам олиш, даволаниш, экскурсия ёки саёҳатларга бориши учун йўлланмаларни қисман ёки тўлик тўлаш ва ҳ.к. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining shakllanishi tarkibi Individual iste’mol mablag‘lari Jamoaviy iste’mol mablag‘lar Iste'molga yo‘naltirilgan mablag‘lar Alohida mehnat sharoitlariga aloqador va qo‘shimcha xarajatlarni qoplash bo‘yicha korxona xarajatlari. Ijtimoiy himoyaga mo‘ljallangan iste'mol mablag‘lari Sof foyda hisobidan Tannarx hisobidan 152 Shunday ekan, ish beruvchining xodimlarga sarflanadigan xarajatlari bir xilda bо‘lmay, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan har xil bog‘langan. Bu о‘z navbatida ish haqi va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlarni aqsadga yо‘naltirilganligini tahlil qilish kerakligini kо‘rsatadi. Bunday tahlilni о‘tkazishdan maqsad, ish haqini tо‘lash, ijtimoiy tо‘lovlar va imtiyozlar uchun yо‘naltirilgan mablag‘lardan foydala- nishdagi kamchiliklarni aniqlash hamda korxona kadrlarini rivojlan- tirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishdan iborat. О‘z navbatida, tahlil natijalari shaxsiy ehtiyojlarini qondirish va xodimlarni rivojlanishi uchun yо‘naltirilgan ish beruvchi mablag‘larini oqilona sarflanishini ta’minlaydi. Bugungi kunda korxonani boshqarishda ehtiyojlarni qondirish uchun sarflanadigan mablag‘larni sobiq sovet ittifoqi tuzumida foydalanilgan metodlar yordamida tahlil qilish tо‘g‘ri kelmay qoldi, ish haqini vaqtida tо‘lamaslik, dividentlar, xodimlarga tо‘lanadigan sug‘urta tо‘lovlarining xilma-xilligi kabi bunday kо‘rinishlar, о‘tish davri xususiyatlaridan kelib chiqqan bо‘lib, ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlarning tashkil bо‘lishi va foydalanishini tahlil qilish metodlarini ishlab chiqishni qiyinlashtiradi. Tahlilni о‘tkazish ma’lum turdagi axborot bazasidan foydala- nishni nazarda tutadi. Bu statistik va buxgalteriya hujjatlari, tasdiqlan- gan mablag‘larni sarflash me’yorlari, boshqa turdagi rejali hisobot hujjatlari. Statistik va buxgalterlik hujjatlaridan tashqari hyech qaysinisi unifikatsiyalashtirilmagan. Tahlil qilish jarayonida qо‘yidagi hujjatlardan foydalanish kerak: shtatlar rо‘yxati, ish haqini tо‘lash tо‘g‘risidagi Nizom va korxonaning jamoa shartnomasi; rag‘bat- lantirish va ijtimoiy tо‘lovlar Nizomi; bir martalik tо‘lovlar, moddiy yordam kо‘rsatish, rag‘batlantirish hisob vedomostlari hujjatlari va boshqalar. Taxliliy ishlarni о‘tkazishda, tahlilning davriyligi va tо‘laligi belgilanadi. Xarajatlarning tahlilini bitta jihati bо‘yicha chorakda bir marta va ish haqini о‘zlashtirish va ijtimoiy tо‘lovlar bо‘yicha kо‘p tarmoqli tahlilni yiliga bir marta о‘tkazish maqsadga muvofiq. Tahliliy ishning qо‘yidagi yо‘nalishlarini ajratamiz: - ish haqi tо‘lashning umumiy xarajatlari, ijtimoiy xarakterdagi imtiyozlar va tо‘lovlar; 153 - asosiy yо‘nalishlar bо‘yicha mablag‘larning sarflanishini tahlili; - xodimlarning toifalari bо‘yicha ish haqini tо‘lash jamg‘armasi va ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlarni ishlatilishining tahlili. Taxlilning asosiy vazifasi ish haqi tо‘lanishi va ijtimoiy xarakterdagi mablag‘larning sarflanish dinamikasini о‘rganish, hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda erishilgan natijalar bilan taqqoslash orqali ish haqi miqdorlarini baholash. Buning uchun tahlil qilinayotgan davr uchun tо‘plangan haqiqatdagi ma’lumotlar: - bazis davridagi haqiqatdagi ma’lumotlar bilan; - rejadagi kо‘rsatkichlar bilan; - me’yoriy kо‘rcatkichlar bilan; - о‘tgan davrlarning yaxshi va yomon ma’lumotlari bilan; - tahlil uchun jalb qilinadigan boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Ish haqi, ijtimoiy tо‘lovlar, va imtiyozlar uchun mablag‘larning sarflanishini tahlil qilishning asosiy tamoyili axborot bilan ta’minlan- ganlikdir. Haqiqatda, ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlardagi о‘zgarishlar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalarida kо‘pgina omillar bilan birgalikda aks etib, omillarning ta’siri alohida olingan holda aniqlanmaydi. Masalan, xodimlar uchun umumiy xarajatlardagi ish haqi umumiy miqdori ulushining kamayishi bilan ijtimoiy xarakterdagi tо‘lovlarning oshishi, xodimning umumiy mikdordagi daromadining о‘zgarmaganligini belgilaydi. Biroq umumiy xarajatlar ichida ish haqi miqdorini kо‘paytirish nazarda tutilgan bо‘lsa axborot boshqacha tus oladi. Undan tashqari, ish haqi tо‘lash, moddiy rag‘batlantirish, xodimlarni rivojlanishi, mehnat unumdorligini о‘sishi bilan о‘rtacha ish haqining orasidagi nisbatni saqlab qolish xarajatlarini sifat kо‘rsatkichlari (kadrlar qо‘nimsizligi koeffitstenti; toifa darajalarini oshishi, о‘rta maxsus va oliy ma’lumotli bо‘lishi sababli ish joyining о‘zgarishi; sog‘liq uchun zararli sharoitlarda, og‘ir va qо‘l mehnati koeffitsiyentining kamayishi; mehnat jamoasining yosharishi va h.k.) asosida baholash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Hozirgi zamonda ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlar uchun shakllanadigan mablag‘larning xususiyati shundaki, bunday mablag‘larni hech kim ajratmaydi. Ular xodimlar soni, qonunchilikka mos ravishda haq tо‘lash shartlari, jamoa tomonidan tuzilgan shartnoma, miqdoriy kelishuvlar, mehnat shartnomalari, kontraktlar va 154 yollangan ishchilarning ish natijalari asosida aniqlanadi. Mehnat uchun tо‘lanadigan mablag‘larning tahlili tashkilotning ish faoliyatini mezonlar asosida baholash orqali mablag‘larning oqilona taqsim- lanayotganini tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. Mezon kо‘rsatkich- lari sifatida mehnatga haq tо‘lash mablag‘laridan oqilona foydalanish munosabati bilan daromad miqdorining о‘zgarishi dinamikasi, mahsulot va xizmat tannarxining pasayishini ish haqi va ijtimoiy tо‘lovlarning kamayishi bilan bog‘liqligi. An’anaviy kо‘rinishda mehnat haqi va ijtimoiy tо‘lovlar jamg‘armasini tahlil qilish metodikasi ularning absolyut va nisbiy о‘zgarishini aniqlashdan iborat. Absolyut о‘zgarishlarda haqiqiy va rejalashtirilgan (bazisli) ish haqi jamg‘armasi kо‘rsatkichi orasidagi tafovut aniqlanadi, "+","-" ishoralari tо‘lovlarning absolyut miqdorda oshganligi yoki kamayganligini tasdiqlaydi. Nisbiy tahlil ish haqi jamg‘armasining mahsulot ishlab chiqarish dinamikasiga ta’sirini kо‘rsatadi. Bunday tahlilni о‘tkazganda mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar hajmi bajarilishining foizlari hisobga olinadi, asos sifatida ish haqi jag‘armasi mablag‘lari va mahsulot hajmlari о‘rtasidagi tо‘g‘ri proporstional bog‘liqlik olinadi. Rejalashtirilgan yoki bazisli ish haqi jag‘armasi ishlab chiqarish hajmining foiziga о‘zgartiriladi. Zamonaviy sharoitlarda ishlatilmagan mablag‘lar qoldig‘ining nisbiy va absolyut tejalishi (kо‘p sarflanishi) tushunchalari о‘zining mazmunini yо‘qotadi va mablag‘lardan oqilona foydalanish, korxona ishini baholash mezonlari bо‘lmish daromad va mahsulot tannarxi tushunchalari bilan almashtirilmodda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling