Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo
Er usti va er osti suvlari
Download 109.15 Kb.
|
DESSERTATSIYA YANGI
2.3. Er usti va er osti suvlari.
O‘rta Zarafshonning er usti suvlari Zarafshon daryosi va uning irmoqlari hamda kanallardan tarkib topgan. Zarafshon daryosiga qo‘shiladigan sersuv yirik irmoqlar yuqori Zarafshon qismida bo‘lib, ular baland tog‘lardagi mangu qor va muzliklardan boshlanadi. Dupuli po‘stida Zarafshonning o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi 155 m3/sek, Panjikent yaqinida esa 164 m3/sek ga teng. Bu Zarafshonning suvi quyi joyi hisoblanadi: Ravotxo‘ja (1 may) to‘g‘onida suv uchga bo‘linadi: chap tomonda Darg‘om, o‘ng tomonda Tuyatortar kanali daryodan boshlanadi. Qolgan suv esa tabiiy o‘zanda oqadi. Samarqand shahri yaqinida CHo‘ponota tepaligining shimolida Oqdaryo suv bo‘lgichida, daryo ikkiga bo‘linadi: shimoldagisi Oqdaryo, janubdagisi Qoradaryo. Bu ikki daryo Xatirchi yaqinida qo‘shiladi. Ikki daryo o‘rtasida Miyonqol orolini hosil qiladi. Uning uzunligi 100 km, eni 10-15 km, maydoni 1200 km2. Oqdaryoning uzunligi 131 km, Qoradaryoning -127 km. Oqdaryoda past qayirning kengligi 0,1-1,0 km, baland qayirniki – 1,5-2,0 km. +oradaryoda esa qayirning umumiy kengligi 3,0 km ga etadi. Hozirgi paytda daryo suvi asosan Qoradaryodan oqadi va sug‘orishga keraksiz paytda suv Qoradaryo orqali Kattaqo‘rg‘on suv omboriga tashlanadi. Xatirchidan Xazora qisihiga qadar daryo o‘zani goh torayib, goh kengayib o‘zgarib boradi. O‘zanning eng keng joylari Xatirchi yonida va Narpay tumanida bo‘lib, suv ko‘payganda o‘zanning kengligi 300-500 metrga, Qayirning kengligi esa 2,5-3,0 km ga etadi. Xazora qisig‘ida daryo vodiysi juda torayadi, kengligi 4,0 km gacha qisqaradi. Zarafshon daryosining suv oqimi u yildan bu yilga o‘zgarib turadi. Uning eng katta suv oqimi 212 m3/sek (1941 y.), eng kichik suv oqimi 117 m3/sek (1957 y.). Daryoda to‘lin suv aprel oyining oxirlaridan boshlanadi va eng katta suv iyul oyiga to‘g‘ri keladi. Iyun, iyul, avgust oylarida daryodan yillik suvning 55% oqib o‘tadi, yozda suvning ko‘payishi tog‘lardagi mangu muz va qorlarning erishi bilan bog‘liq. Zaroafshon havzasi har birining maydoni 0,1 km2 dan katta bo‘lgan 424 muzlik bo‘lib, ularning umumiy maydoni 557 km2 ni tashkil etadi. Zarafshon daryosining o‘rtacha yillik loyqa oqiziqlar miqdori Dupuli daryosi yonida 137 kg/m3 ga teng yoki yiliga 4310 ming tonnani tashkil qiladi. Suvning o‘rtacha loyqaligi 0,88 kg/m3. Zarafshon daryosining ham 1 km2 suv yig‘gich maydonidan o‘rta xisobida har yili 421 tonna oqiziq yuvilib ketiladi (SHuls, Mashrapov, 1969) loyqalarning daryo suvini tozalashdagi ahamiyati beqiyosdir. Suv qum-loylar orqali sizib o‘tganda u tabiiy tozalanadi. O‘rta Zarafshon va Turkiston tizmalaridan daryo tomon oqib turuvchi yuzlab katta-kichik soylar mavjud. Yirik soylarning suvlari, ilgarilari, daryoga etib kelgan. Suhoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi bilan soy suvlari daryoga etmay qolayotir. Soylar er osti suvlaridan, yomg‘ir va qor suvlaridan oziqlanadi. Ularda eng ko‘p suv aprel oyida (20-40%) oqadi. Eng kam suv iyun-oktyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Soylar ichida sersuvligi bilan CHaqilkalon va Qoratepa soylari ajralib turadi (Omonqo‘ton, G‘ussoy, Koflotunsoy va boshqalar). Soylarning oziqlanishida er osti suvlarining xissasi katta. Er osti suvlari yillik suv harajatining 40-71% ni tashkil qiladi (Siddiqov, 1980). O‘rta Zarafshon atrofidagi tog‘lardan Zarafshon daryosiga oqadigan soylarning oqim hajmi X.Sidiqov (1962) tomonidan hisoblab chiqilgan. Atrofdagi tog‘lardagi soy suvlarining o‘rtacha yillik oqim hajmi 1,82 km3 ni tashkil qiladi. Hamma soylarning o‘rtacha suv xarajati 57,8 m3/sekunddan CHaqilkalon - Qoratepa tohlariga (0,42 km3/sek, 13,2 m3/sek), Nurota va Oqtovning janubiy yonbag‘irlaridagi soylarga (1,12 km3/sek, 35,9 m3/sek) to‘g‘ri keladi. O‘rta Zarafshon er yuzasiga yaqin joylashgan er osti suvlarini uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) allyuvial-prolyuvial jinslardagi sizot suvlari;2) qatlamlar orasidagi suvlar; 3) tog‘lardagi toshlar yoriqlari va siniqlari orasidagi suvlar. Allyuvial va prolyuvial yotqiziqlaridagi sizot suvlari rayonda keng tarqalgan bo‘lib, ularning joylanishi joyning geologik tuzilishi, relefi va suv havzalariga yaqin uzoqligiga bog‘liq. Bu turdagi sizot suvlar asosan atmosfera yog‘inlaridan va daryo hamda kanallardan sizib o‘tgan suvlardan hosil bo‘ladi. Sizot suvlarining chuqurligi Zarafshon daryosi qayirida 0,5 metrdan 4-5 metrgacha o‘zgarib turadi. Terrasalarda esa chuqurlik oshib boradi 1- terrasada 2-3 metrdan 10 metrgacha, II-terasada 4-5 metrdan 20 metrgacha, III-terasada 6-10 metrdan 30-40 metrgacha o‘zgaradi. Sizot suvlari buloq shaklida er yuzasiga chiqib, oqim hosil qilgan. Bulardan eng kattasi Tayloq tumanining Qo‘tirbuloq qishlog‘i yaqinidan boshlanadi. Qorasuv nomi bilan atalgan bu suv Samarqand yaqinida katta oqim hosil qiladi va Zarafshonga qo‘shiladi. Gidrogeologik sharoitiga ko‘ra Zarafshon botihini N.M.Reshyotkina (1957) ikkita rayonga ajratgan: 1) Samarqand; 2) Kattaqo‘rg‘on. Samarqand rayonida har yili 1800 mln. m3 sizot suvi hosil bo‘ladi va shuning 1241 mln. m3 vegetatsiya davriga to‘g‘ri keladi. Suvning 20% ni Zarafshon daryosi, 45,6% ni kanallar va ariqlar, 26% tog‘ oldi rayonlari va shundan atmosfera yog‘inlariga faqat 6,8% to‘g‘ri keladi. Sizot suvning 13,3% Zarafshon o‘zaniga qaytadi, 57, 9% Qorasuv ko‘rinishida er yuzasiga chiqadi, transpiransiya va bug‘lanishga 22%, er osti yo‘li bilan qo‘shni rayonlarga ketish 11% ni tashkil qiladi. Kattaqo‘rg‘on rayonida er osti suvlarining umumiy zahirasi 941 mln.m3. Er usti suvlari, tuproqlar ximiyaviy jihatidan ifloslanganligi tufayli sizot suvlari ham ancha ifloslangan. Bu O‘rta Zarafshonning g‘arbiy qismlarida yaqqol bilinib turadi. Qatlamlar orasida suvlar 50-60 metrdan bir necha ming metr chuqurliklarda uchraydi. Bu suvlarning buloq shaklida chiqish-kamdan kam hol. Ular konglomeratlar, glinalar, margellar orasida joylashgan. Kattaqo‘rg‘on botig‘ida Ulus davlat xo‘jaligining Nagornaya qishlohida 602 metr chuqurlikdan chiqadi. Suv sarfi 15,6-18,9 m/sek, suv harorati 25,4-450, minerallanish darajasi 1,04-1,2 g/l, tarkibi – sulfat-gidrokarbonat, natriy-kalsiy (Beder, 1961). Qatlamlar orasidagi suvlarning ba’zilari o‘zlari otilib chiqadi. Bu gidrostatik bosimga yoki gaz bosimiga bog‘liq. Bulunhur rayonining Oktyabr jamoa xo‘jaligi, Ishtixon tumanining Guzan qishlog‘i yaqinida o‘zi otilib chiqadigan buloqlar topildi. Tog‘lardagi yoriqlari va siniqlari orasidagi suvlar turli xil bo‘lib, ularning joylashishi toshlar yoriqligiga, ularning chuqurligiga bohliq. Odatda oxaktoshlardan tuzilgan joylarda buloqlar kam bo‘ladi, chunki atmosfera yog‘inlari toshlar orasidagi yoriqlar bilan chuqurga suv o‘tkazmaydigan qatlamga qadar kirib boradi. Bunga oxaktoshlarning suvda eruvchanligi ham sharoit yaratadi. Oxaktoshdan tarkib topgan rayonlarda karst buloqlari uchraydi va ko‘p hollarda ularning debiti katta. Masalan, Nurota bulog‘iniki 200 l/sek, Maydonsoy va Dehibaland buloqlariniki 50-80 l/sek, Oqsoy, Mehnatkash, Ohaliklarda ham 40-50 l/sek debitli karst buloqlari mavjud. SAMARQAND VILOYATI EKOLOGIYA QO‘MTASI MA’LUMOTI ZARAFSHON DARYOSI O‘ RTA OQIMI SUVINING KIMYOVIY TARKIBI Namunalar har oyning boshida va oxirida olinib, tahlil qilingan. (mg/l. da)
2005 YILDA 2004 yil natijalari bilan taqqoslaganda Zarafshon daryosi 1-may to‘ g‘onida BPK5 1,2 marta ko‘ paygan, NO2 25 marta ko‘paygan, neft mahsulotlar 1,5 marta kamaygan. NH4 1, 14 marta kamaygan. YAngibozorda NO2 1, 25 marta kamaygan, neft mahsulotlari 2 marta kamaygan. NH4 1, 2 marta kamaygan. 2006 YILDA 2005 yil bilan taqqoslaganda 1-may to‘g‘onida BPK5 1,1 marta ko‘paygan, neft mahsulotlar o‘ zgarmasdan qolgan. NH4 1.1 marta kamaygan. YAngibozorda NO2 1,6 marta kamaygan, neft mahsulotlari 1,8 marta kamaygan. NH4 2, 49 marta kamaygan, BPK5 1,47 marta kamaygan. 1-may to‘ g‘onida ammoniy tuzlari 1,76 marta, muallaq zarrachalar 3,76 marta PDK dan ortgan. YAngibozorda muallaq zarrachalar 5,96 marta NH4 1,38 marta PDK dan ortiq. 2007 YILDA 2006 yil bilan taqqoslaganda 1-may to‘g‘onida BPK5 1,06 marta ko‘paygan, NO2 1,2 marta kamaygan, Neft mahsulotlari 1,1 marta ko‘paygan, NH4 2,9 marta kamaygan. YAngibozorda NO2 1,2 marta ko‘ paygan, neft mahsulotlari o‘zmarmagan. NH4 1,01 marta ko‘paygan BPK5 1,3 marta ko‘paygan. ZARAFSHON DARYOSI SUVINING INSON TA’SIRIDA MIQDOR VA SIFAT O‘ZGARISHILARI (Rahmatulaev A.R, Xushnazarov I, Abjalov,) Fan-texnika taraqqiyoti va geografiya. Ilmiy –amaliy anjuman materiallari (2007 y. 16-17 noyabr, 74-75 betlar, Samarqand) Zarafshon vodiysida aholi sonining ko‘ payishi, erdan intensiv foydalanish, kimyoviy moddalarning qishloq xo‘ jaligi ko‘ plab ishlatilishi, shaharlar va qishloqlarning yiriklashishi, turli korxonalarning ko‘ payishi daryo suvi sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Zarafshon daryosi suv sifati tahlili qilinganda, ko‘ p holatlarda 1- may to‘g‘onidagi ma’lumotlar daryo oqimi bo‘ yicha boshqa post ma’lumotlari Bilan taqqoslanadi. 1-may to‘g‘oni (Ravodxo‘ ja) O‘zbekiston va Tojikiston respublikasi chegarasida joylashgan bo‘ lib, shu to‘ g‘ondan daryo suvi uch qismga bo‘linadi. CHap tomonga Darg‘om kanali, o‘ ng tomonga Tuyatortar kanaliga ajraladi va qolgan suv daryo o‘ zanidan oqadi. Ana shu 1-may to‘g‘onidan o‘rta Zarafshon boshlanadi. Demak. 1-may to‘g‘onigacha bo‘lgan suvdagi mavjud ifloslovchilar moddalarning sababchilari Tojikiston respublikasidagi manbalar hisoblanadi. Ravodxo‘ ja to‘g‘onida suv mineralizatsiyasining o‘rtacha yillik miqdori 289,9 mg/l, maksimal miqdori 374,5 mg/l ni tashkil qiladi. Bu miqdorlar ruxsat etilgan me’yorga (REM) nisbatan 3 baravar kam. 1-may to‘g‘onida ammoniy nitrat, nitrat va kislotalar miqdori ham me’yorga etmaydi. Bu erda misning o‘ rtacha miqdori me’yordan 40 baravar, ruxniki 10 baravar, margimushniki 4 baravar ko‘ pligi qayt etilgan. Bu og‘ir metallarning ko‘ pligi Tojikiston hududidagi Anzob tog‘-metallurgiya kombinati va boshqa tog‘- ruda ishlab chiqaruvchi korxonalar Bilan bog‘liq. Bu postda fenollarning o‘ rtacha miqdori me’yoridan bir baravar (1 REM) va maksimal miqdori 3 REM ga etgan. Neft mahsulotlarining miqdori 0,40-0,70 REM ni tashkil qiladi. Fenol va neft mahsulotlarining suvda ko‘ pligi Panjakent, Ayniy shaharlari va yirik qishloqlaridan chiqindalar Bilan bog‘liq. Samarqand shahri yaqinida Siyob arig‘i daryoga kuyiladigan joyda suv sifatida keskin o‘zgarishlar boshlanadi: ammoniy azotning maksimal miqdori 0,39 mg/l (2 REM), nitrit azotining o‘ rtacha miqdori 3,01 mg/l (0,3 REM), maksimal miqdori 13,6 mg/l (1,5 REM), misning o‘ rtacha miqdori 0,6 mg/l (13 REM), Rux 2 mg/l (20 REM), margumush 1,4 mg/g (3 REM), fenollar 0,006 (6 REM), neft mahsulotlari 0,06 (1,1 REM), xrom 0,8 mkg/l (18 REM), GXST 0,001 mkg/g (10 REM), suvning minerallashuvi o‘ rtacha 484 mg/l, maksimal ko‘ rsatkichi 697,9 mg/l (0,4 va 0,7 REM) ni tashkil qilgan. Raqamlar suv juda ko‘ p ko‘ rsatkichlar bo‘ yicha kuchli ifloslangani ko‘ rinib turibdi. Buning sababi samarqand shahridan chiqadigan iflos suvlarning katta qismi Siyob orqali tozalanmasdan Zarafshon daryosiga tashlanishi bilan bog‘liq. Zarafshon daryosi quyi tomon suv qisman tabiiy yo‘ l bilan, ya’ni shag‘al-qumlar orasidan sizib o‘ tib tabiiy tozalanadi va ba’zi elementlar miqdori kamayadi, lekin suvdagi asosiy tuzlar ko‘ payib boradi. Masalan, Navoiy shahri yaqinida Navoiy azot ishlab chiqarish korxonasidan keyin kuzatuv postida suv mineralizatsiyasining o‘ rtacha darajasi 903,9 mg/l (0,9 REM), maksimal miqdori 1295 mg/l (1,3 REM) ga etadi. Ammoniy nitrat va nitrit azot birikmalari, neft mahsulotlari, fenollar, GXSG, og‘ir metallar REM dan yuqori darajada saqlanib qolgan. Faqat margimush miqdori keskin kamayadi. Metallardan xrom miqdori keskin ko‘ payib, uning miqdori 0,273 mkg/l (40 REM) ga ko‘ tariladi. Bu sanoat korxonalaridan suvga tushayotgan turli chiqindilar Bilan bog‘liq. Daryo, kanallar, ariqlar suvlarining ifloslanishi grunt suvlarinig ifloslanishiga sabab bo‘ lmoqda. Hozir quyi Zarafshonda grunt suvlarining mineralizatsiyasi REM dan oshib ketdi. O‘rta Zarafshonning ham 1-2 terrasalarida grunt suvlar sifati keskin o‘ zgardi va ularning ko‘ pchiligi davlat standarti talabiga javob bermaydi. Bu esa aholi o‘ rtasida turli kasalliklarning ko‘ payib ketishiga sabab bo‘ lmoqda. EKOLOGICHESKOE SOSTOYANIE VODЫ SREDNOGO ZARAFSHANA Razikova Z,E. Fan-texnika taraqqiyoti va geografiya. Ilmiy –amaliy anjuman materiallari (2007 y. 16-17 noyabr, 104 bet, Samarqand) Zarafshon daryosi yuqori oqimi havzasidagi kata maydondagi sug‘oriladigan erlar va yirik ishlab chiqarish korxonalar hissasi evaziga suvning minerallashuvi 250-300 mg/l. Oqim bo‘ ylab bu ko‘ rsatkich doimiy ravishda oshib boradi va Samarqand shahri yaqinida minerallashish 500-600 mg/l ni tashkil etadi. Daryoning minerallashishi uning yillik rejimiga bog‘liq. YOz oylarida baland tog‘ va muzliklardagi qorlarning erishi hisobiga daryo suvi ko‘ payadi. SHuning uchun Ravotxo‘ jadagi 1-may platinasida, Samarqand shahri yaqinida va Kattaqo‘rg‘onda avgust oylarida suvdagi minerallar miqdori REM dan sezilarli darajadan pasayib ketadi, ya’ni 250-500 mg\l ni tashkil etadi. Navoy shahridan chiqish joyida suvdagi minerallar miqdori REM dan 1,5 marta kamaygan. Bu holatni yoz oylarida daryoni Navoiy shahrigacha umuman muzlik va qor suvlaridan tuyinmasligi bilan izohlash mumkin. Qish oylarida daryo er osti suvlari hisobiga boyiydi, shuning uchun barcha puntlarda suvning minerallashuvi yoz oylariga nisbatan ancha yuqori bo‘ ladi. YOz oylarida daryo suvining kamayishi davrida aholi yashaydigan joylardan (shahar, qishloq, posyolka) iflos suvlarni tozalanmasdan daryoga qo‘ yib borishi natijasida neft mahsulotlari REM dan ikki marta oshib borgan. Samarqand shahridan oqib o‘tadigan Siyob arig‘ining Zarafshon daryosiga qo‘yiladigan joyidan olingan suv namunalarini tahlili shuni ko‘ rsatdiki, zararli kimyoviy elementlarning o‘ rtacha yillik miqdori REM dan 2-3 marta oshib borayotganini aytib o‘ tish zarur. Zarafshon daryosining 1993-1997 yillardagi gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari.
ZARAFSHON DARYOSI O‘ RTA OQIMINING GIDROKIMYOVIY REJIMI HAQIDA S.R. Saidova, Z. S. Sirliboeva, A.X. Zulpiqorov (254-bet) Zarafshon daryosi o‘ rta oqimining gidrokimyoviy rejimini o‘ rganish uchun Oqdaryo va Qoradaryo suv taqsimlovchi inshoot yaqinidagi gidropost bo‘ yicha 1983-2002 yillarga tegishli ma’lumotlardan foydalanildi. Quyidagi jadvalda mazkur post ma’lumotlari bo‘ yicha daryo suvi minerallashuvi va bosh ionlarning o‘ rtacha ko‘ p yillik qiymatlarining yil ichida taqsimlanishi keltirilgan. Daryo suvi minerallashuvi va undagi asosiy ionlarning yil davomida taqsimlanishi
Jadvaldan ko‘ rinib turibdiki, Oqdaryo va Qoradaryo gidrouzeli posti bo‘ yicha Zarafshon daryosi suvining tarkibida 28,2% ni gidrokarbonat, 24,4 % ni kalsiy va 18,6% ni sulfat ionlari tashkil qiladi. Demak, daryo suvi O.A. Alyokin tasnifi bo‘ yicha gidrokarbonatlar sinfi ikkinchi guruh, ikkinchi tipiga kiradi (SaII Sa). Suvning o‘ rtacha ko‘ p yillik minerallashuvi 294, 4 mg/l, eng miqdori 541 mg/l ni tashkil qiladi. Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryo gidroposti ma’lumotlariga ko‘ ra suvning o‘ rtacha minerallashuvi turli yillarda suvning miqdoriga mos ravishda tebranib turgan. Jadvalda Zarafshon daryosining Oqdaryo va Qoradaryo suv taqsimlovchi post ma’lumotlari bo‘ yicha suvning minerallashuvi (∑U, mg/l) va suv sarflari o‘ rtacha yillik qiymatlarining yillararo tebranish ko‘ rsatkichlari keltirilgan. Jadvaldan ko‘ rinib turibdiki, kam suvli 1986, 1990, 1996, 1999 yillarda daryo suvi minerallashuvining nisbatan ortganligini ko‘ rish mumkin.
() Qavs ichidagi sonlar boshqa manbadan olingan. Zarafshon suv tarkibida bosh oinlardan tashqari biogen, azot guruhiga kiruvchi fosfat, kremniy, organik moddalar (fenollar, neft mahsulotlar, SPAV, xlororganik va geksoxlorat) va erigan metallardan temir, mis, rux, xrom mavjudligi aniqlandi. Ko‘k rangli egri chiziq suvning minerallashuvi mg/l. da Qizil rangli egri chiziq suvning yillik sarfi Q, m3/s. Da RESURSЫ POVERXNOSTNЫX VOD SSSR. Tom - 14, Srednyaya Azii. Vыpusk 3. Basseyn r. Amudari. Gidrometeorologicheskoe izdatelstvo, Leningrad, 1971. Ma’lumoti
Download 109.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling